Fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Matematika mazmuniga oid kompetensiyalar:
B1
kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni bajara oladi;
o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq va taqribiy yecha oladi;
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlay oladi;
murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlarga, kombinatorikaga oid amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi.
B1+
sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi;
nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi ;
sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi ;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi;
kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.
|