3-nazorat ishi. (1 soat, B1+: 1 soat)
V BOB. Fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikularligi
(9 soat)
23-30-mavzular: Fazoda perpendikular to‘g‘ri chiziq va tekisliklar; fazoda perpendikular, og‘ma va masofa; uch perpendikularlar haqudagi teorema; fazoda tekisliklarning perpendikularligi; amaliy mashq va tatbiq.
B1+: Bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi. (6 soat)
Yakuniy nazorat ishi. (1 soat, B1+: 1 soat)
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
B1
fazoviy geometrik shakllar (jismlar); ikki yoqli va ko‘pyoqli burchaklar; ko‘p yoqliklar: prizma, parallelepiped, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida va ularning elementlari; ba’zi ko‘p yoqliklarning yon sirti va to‘la sirtini hisoblash formulalaridan foydalana oladi;
kesishuvchi, parallel va ayqash to‘g‘ri chiziqlar; kesishuvchi va parallel tekisliklar, fazoda to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari; ko‘pyoqliklarning sodda kesimlarini yasay oladi;
fazoda ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi; fazoda tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi; fazoda ikki tekislikning o‘zaro joylashuvi. Parallel to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari; fazoviy jismlarni tekislikda tasvirlay oladi;
fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikularligi tushunchalari; perpendikular to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari. Perpendikular va og‘ma. Fazoda masofalarni aniqlash; nuqtadan to‘g‘ri chiziqgacha va tekislikkacha bo‘lgan masofalarni hisoblash; fazoda ortogonal proyeksiya va undan texnik chizmachilikda foydalana oladi.
B1+
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi.
|