TEXNIKA TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
Materiallari

29 
TEXNIKA TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI 
dots. M. Nabiyev, Sh. Qo‘shmatova M12-20 ET guruh magistranti
Email: 
kusmatovasahnoza@gmail.com 
Farg’ona politexnika instituti 
Ushbu ishda texnika taraqqiyotida energiyaning o‘rni haqida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 
jahon miqiyosida energiyadan foydalanish hamda energiyanin aholi soniga to‘g‘ri kelishi 
haqidagi ma’lumotlar tahliliy ko‘rib chiqilgan.
 
Insoniyat jamiyati va uning yutuqlari taraqqiyoti bevosita ishlab chiqarish darajasi va 
kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan bog‘liqdir. Ilmiy-texnikaviy va 
sotsial taraqqiyot odatda iste’mol qilinuvchi energiyaning ortishi, energiyaning yangi yanada 
samarali turlaridan foydalanishni o‘zlashtirish bilan bir vaqtda amalga oshadi. 
Hozirgi zamon mashinalarida iste’mol qilinuvchi energiya juda ko‘p miqdorni tashkil 
etadi. Buni qo‘yidagi taqqoslash asosida ifodalash mumkin. Jahonning barcha ishga yaroqli aholisi 
bir yil davomida har sutkada 8 soat to‘liq fizik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi zamon 
issiqlik va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariluvchi energiyaning yuzdan biri miqdoridagi 
energiyani ishlab chiqara olmaydi. Energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish 
darajasini o‘sishini ta’minlagani holda oshib boradi. 
Iqtisodiy taraqqiyotni fizik va aqliy bo‘lmagan ishlarni bajaruvchi mukammal avtomatik 
boshqariluvchi mashinalar asosida faqat iste’mol qilinuchi energiyani va ishlab chiqarish 
darajasini oshirish orqaligina tezlashtirish mumkin. 
Energiyaga ehtiyoj uzluksiz ravishda ortib bordi. Bu o‘z navbatida yangi energiya 
resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishning yangi usullarini 
ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, 
organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik 
energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro 
energiyasidan foydalanish an’anaviy hisoblanadi.
1- rasmda 19- asrning so‘nggi 20 yili va 20- asr davomida jahon miqyosida insoniyat 
faoliyatining turli jabhalarida energiya resurslaridan foydalanishning dinamikasi tasvirlangan. 
Undan barcha turdagi energiya resurslaridan foydalanish intensiv ortib borganligini kuzatamiz. 
Bunda ko‘mirdan foydalanishning nisbiy o‘sib borishi yildan-yilga nisbatan bir tekis bo‘lib, 20- 
asrning oxirida umumiy foydalanilgan energiya resurslarining taxminan 30% qismini tashkil etsa, 
gaz va neftdan foydalanishning nisbiy o‘sishi keskin ortib borganligini ko‘ramiz. Buning asosiy 
sababi ularni masofaga uzatish va ishlatishning kam xarajatlarni talab etishidir. 
1- rasm. Jahon miqyosida energiya resurlaridan foydalanish dinamikasi 


30 
So‘nggi ikki asr davomida yer yuzida aholi soni va energiyaga bo‘lgan talab shiddat bilan 
ortib bordi. Bunda yer kurrasining aholisi olti marta, energiyaga bo‘lgan talab esa, aholi jon 
boshiga besh marta o‘sdi.
2- rasmda 19- asrning oxiri va 20- asr davomida jahon miqyosida birlamchi energiya 
iste’moli uning aholi jon boshiga to‘g‘ri miqdorining o‘zgarishi tasvirlangan. 
2- rasm. Jahon miqyosida birlamchi energiya iste’moli va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri 
kelish miqdorining o‘zgarishi. 
Energiyaga bo‘lgan talabning bunday tarzda intensiv o‘sib borishi yangi energiya 
resurslarining yangi zahiralarini qidirib topish, ulardan samarali foydalanish, muqobil energiya 
manbalarini aniqlash kabi vazifalarni bajarishni taqozo etadi. 
Hozirgi davrda yer kurrasida mavjud barcha energiya resurslarining potensiali 
shartli yoqilg‘i birligida qo‘yidagi miqdorlarda baholangan (t.sh.yo.): 
- organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi – 1,77*10
13

- yadro energiyasi – 0,67*10
14

- termoyadro energiyasi – 1,22*10
17

- geotermal energiya – 1,0*10
14

- quyoshning yer kurrasiga tushuvchi energiyasi – 0,82*10
14

- daryolarning energiyasi (bir yillik) – 0,4*10
10

- shamol energiyasi (bir yillik) – 2,1*10
11

- o‘rmonlarning bioenergiyasi (bir yillik) – 0,5*10
10

- oqim energiyasi (bir yillik) – 0,86*10
14

Elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqaruvchi energetika tizimi o‘z taraqqiyoti 
jarayonida boshqa bir qator tizimlarning ta’sirida bo‘ladi va aksincha, ularga ta’sir etadi 3-rasm.


31 
(a)
 
 
(b)
 
3-rasm. Energetika tizimining boshqa tizimlar bilan bog‘liqlik sxemasi 

Download 5,65 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  TEXNIKA TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish