Materiallari




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
Bog'liq
Materiallari

 
 
Energetika sistemasini qurish va uning ish sharoitlari bevosita tabiiy faktorlar 
(masalan, suv havzalarining mavjudligi, energetika resurslarining geografik joylashuvi va 
iste’molchilarning joylashuvi) bilan bog‘liqdir. Biosferaning holati, uni energetika qurilmalarining 
ishi bilan bog‘liq ifloslanganlik darajasi energetika sistemasining texnik xarakteristikalari va ish 
holatlariga nisbatan ma’lum cheklovlarni vujudga keltiradi. 
Energetika sistemasini boshqarish faqat uning biosferaga ta’sirini emas, balki 
yoqilgi bilan ta’minlash sistemasining sotsial funksiyalari, sanoat, transport va boshqa 
faktorlarning ham ta’sirini e’tiborga olib amalga oshiriladi. 
Energetika atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi manbalardan biri 
hisoblanadi. Shu sababli uning ta’sirini kamaytirish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish 
bugungi kunda ushbu soha olim va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. 
Foyadalanilgan adabiyotlar 
1. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана. Аналитический обзор. – Т.: Издательство 
«Молия», 2007. – 388 с. 
2. Gayibov T.Sh. Elektr tarmoqlari va tizimlari. – T.: VORIS-NASHRIYOT, 2010. – 160 b. 
 
ENERGIYA RESURLARINING TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH 
 
Sh. Qo‘shmatova M12-20 ET guruh magistranti
Email:
 
kusmatovasahnoza@gmail.com
  
Farg’ona politexnika instituti 
Ushbu ishda energiya resurslariningturlari keltirilgan bo‘lib, jahon miqiyosida energiya 
resurslaridan foydalanish to ‘g ‘risidagi statistik ma’lumotlar keltirilgan
Energiya
- tabiat hodisalari, madaniyat va insoniyat hayotining umumiy asosidir. Shu bilan 
bir qatorda energiya materiya harakati turli ko‘rinishlarining miqdoriy ko‘rsatkichidir. Turi 
bo‘yicha energiya ximiyaviy, mexanik, elektrik, yadro va h.k. larga bo‘linadi. Inson tomonidan 
foydalanish mumkin bo‘lgan energiya 
energiya resurslari 
deb ataluvchi moddiy obyektlarda 
mavjuddir. 
Barcha turdagi energiya resurslaridan amaliy ehtiyojlarda juda ko‘p miqdorda 
foydalanuvchilari
asosiy energiya resurslari 
deb yuritiladi. Ularga ko‘mir, neft, gaz kabi organik 
Sotsial 
faktorla

Biosfera 
Energiy
a-tizimi 
Yoqilg’i bilan 
ta’minlash 
tizimi 
Energiya 
iste’moli 
tizimi 


32 
yoqilg‘ilar, Shuningdek daryolar, dengizlar va okeanlar, quyosh, shamol, yer tubining issiqlik 
(geotermal) energiyalari kiradi. 
Energiya resurslari 
qayta tiklanuvchi
va 
qayta tiklanmaydigan 
turlarga bo‘linadi. 
Yangilanuvchi energiya resurslariga uzluksiz ravishda tabiat tomonidan tiklanib turuvchi energiya 
resurslari (suv, shamol va h.k.) kiradi. Yangilanmas energiya resurslariga oldindan tabiatda 
jamlangan, ammo hozirgi geologik sharoitlarda paydo bo‘lmaydigan energiya resurslari (masalan, 
ko‘mir) kiradi. 
Tabiatda bevosita olinuvchi energiya (yoqilgi, suv, shamol, yerning issiqlik energiyasi, 
yadro energiyasi va h.k.) 
birlamchi energiya
, uni inson tomonidan maxsus qurilmalarda 
o‘zgartirish natijasida paydo bo‘lgan energiya 
ikkilamchi energiya 
deyiladi. 
O‘z nomlanishida elektr stansiyalari foydalanuvchi birlamchi energiya turini ifodalaydi. 
Masalan, issiqlik elektr stansiyasi (IES) issiqlik energiyasi (birlamchi energiya)ni elektr 
energiyasi (ikkilamchi energiya)ga aylantiradi, Shuningdek, gidroelektr stansiyasi (GES) suv 
energiyasini elektr energiyasiga, atom elektr stansiyasi (AES) atom energiyasini elektr 
energiyasiga aylantiradi.
Lozim bo‘lgan turdagi energiyani olish va u bilan iste’molchilarni ta’minlash 
energetik 
ishlab chiqarish 
jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayonni besh bosqichga ajratish mumkin. 
1. Energiya resurslarini olish va konsentratsiyalash: yoqilg‘ini qazib olish va tayyorlash, 
gidrotexnik inshoatlar yordamida naporni vujudga keltirish va h.k. 
2. 
Energiya resurslarini ularni o‘zgartiruvchi qurilmalarga uzatish: bu quruqlikda va 
suvda tashish orqali yoki suv, gaz va h.k.larni trubalarda haydash orqali amalga oshiriladi. 
3. 
Birlamchi energiyani ikkilamchi mavjud sharoitlarda taqsimlash va iste’mol qilish 
uchun qulay bo‘lgan energiya turiga (odatda elektr va issiqlik energiyalariga) o‘zgartirish. 
4. 
O‘zgartirilgan energiyani uzatish va taqsimlash. 
5. 
Energiyani u uzatilgan va o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda iste’mol qilish. 
Agar qo‘llaniluvchi birlamchi energiya resurslari energiyasini 100% deb qabul qilsak, unda 
foydali ish bajaruvchi energiya faqat 35-40% ni tashkil etadi, qolgan qismi isrof bo‘ladi. Isrofning 
asosiy qismi issiqlik energiyasiga to‘g‘ri keladi. 
Energiya isrofi hozirgi davrda mavjud bo‘lgan energetik mashinalarning texnik 
xarakteristikalari bilan belgilanadi. 
Turli energiya resurslari Yer sharining mintaqalari va davlatlarida nojinsli joylashgan. 
Ularning ko‘p mavjud bo‘lgan joylari ko‘p iste’mol qilish joylari bilan mos kelmaydi. Jahonda 
mavjud neft zahiralarining yarmidan ko‘pi Yaqin va O‘rta Sharq mintaqalarida joylashgan bo‘lib, 
u yerdagi iste’mol jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 4-5 baravar pastdir. 
O‘zbekiston Respublikasi hududining 60% qismi neft va gaz zahiralari va ulardan 
foydalanish bo’yicha istiqbolli hisoblanadi. Uzoq yillardan buyon olib borilgan qidiruvlar hamda 
geologiya-geofizika izlanishlari asosida Respublika xududi beshta neft-gazlilik mintaqalarga 
(Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Xissaroy, Surxandaryo va Farg‘ona) bo’lingan bo’lib, 
ularda neft va kondensatning umumiy resursi 5780 mln. tonnani tashkil etadi. 
O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi orasida uglevodorodli yoqilg‘i 
mahsulotlarini qazib olish suratini pasaytirmagan, balki ularni ishlab chiqarish hajmini mustaqillik 
yillarida yanada oshirgan yagona davlatdir.
1991 yilgacha Respublikaning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabining 75% qismi import 
hisobiga qoplangan bo‘lsa, 1995 yilga kelib neft va kondensatni yillik qazib olish 1,5 mln. 
tonnadan 7,6 mln. tonnagacha oshirilgan. 


33 
Respublika bo‘yicha qazib olinayotgan neftning 90% qismi Buxoro-Xiva mintaqasiga 
to‘g‘ri kelmoqda. 
1-jadval 
Dunyoning ba’zi davlatlaridagi tabiiy gaz qazib olish va uning zahirasi 
Davlat 
Qazib olish, mlrd m
3
Zahira, mlrd m

Rossiya 
560,90 
48140 
AQSH 
539,07 
4711 
Kanada 
167,83 
1840 
Indoneziya 
74,23 
2045 
O‘zbekiston 
54 
5000 
Malayziya 
38,52 
2258 
Meksika 
33,06 
1808 
Avstraliya 
29,54 
550 
Xitoy 
20,11 
1160 
Tailand 
16,33 
198 
Vetnam 
10,313 
170 
Yangi Zelandiya 
5,65 
68 
Yaponiya 
2,28 
39 
Jahon miqiyosida tabiiy gazning yillik iste’moli 2005 yilga kelib diyarli 3 trln m
3
ni tashkil 
etdi. Tabiiy gazning dunyoning yoqilg‘i-energetik kompleksidagi ulushi 22% tashkil etmoqda. 
O‘zbekiston respublikasining tabiiy gaz zahirasi taxminan 5 trln m

ni tashkil etib, bu 
dunyo zahirasini 1,3% tashkil etmoqda (1.1- jadval). 
Ma’lumotlarga ko‘ra Respublikamizda 2004 yilda 187 ta uglevodorodli hom ashyo konlari 
aniqlangan va ochilgan, shulardan 91 tasi gaz va gaz kondensatlaridir. Hozirgi kunda 
mamlakatimiz 25 ta kompressor stansiyalariga egadir. Yirik stansiyalarimizdan biri bo‘lmish 
«Kokdumoloq» kompressor stansiyasida kuniga 4,2 mln. m
3
gaz ishlab chiqarilmoqda. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish