40
ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARINING XUSUSIY EHTIYOJ ELEKTR
ISTEMOLCHILARINI ULANISH SXEMALARINI TAQQOSLASH
U. Jonibekov,O’.B.G’opporov M12-20 ET guruh magistranti
Farg‘ona politexnika instituti
Ushbu tezisda issiqlik elektr stansiyalarining xususiy ehtiyoj elektr iste’molchilari tarkibi va
ulanish sxemalarini elektr ishonchliligi bo ‘yicha taqqoslash natijalari keltitilgan.
Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) o‘z ehtiyoj iste’molchilari
- ahamiyatli va ahamiyatli
bo‘lmaganlariga, ya’ni blokli va umumiy stansiyalarga bo‘linadi.
IES lardagi ahamiyatli va ahamiyatli bo‘lmagan iste’molchilarni ro‘yxati 1-jadvalda
keltirilgan.
Blok yuklamalari blokning o‘z ehtiyoj transformatorlaridan ta’minlansa, umumiy stansiya
yuklamalari esa imkon qadar bloklar o‘rtasida tekis taqsimlanadi (IES qurilishining birinchi
bosqichida 1 va 2 blok - umumiy stansiya yuklamalari o‘z ehtiyoj seksiyalari yoki qurilish
moydonchasida mavjud bo‘lgan 6-35 kV kuchlanishli mahalliy tarmoqdan ta’minlanadi).
O‘z ehtiyojni 6 kV kuchlanishli bloklari, generator va kuch transformatorlari
(avtotransformatorlari) orasidagi shahobchaga ulanuvchi ehtiyoj blok transformatorlari orqali
ta’minlanadi. Quvvati 190 MVt va undan yuqori bo‘lgan xar bir blok transformatorlari 6 kV
kuchlanishli ikkita o‘z ehtiyoj seksiyasiga ega bo‘ladi. O’z ehtiyoj
zahira tranformatori bilan
bog‘liq bo‘lgan seksiyalarni zahira ta’minoti, 6 kV kuchlanishli juflashtirilgan zahira magistrali
orqali amalga oshiriladi. Ishchi manba orqali eletr ta’minoti buzilgan taqdirda, avtomatik tarzda
(AVR orqali) ta’minot zahira manba orqali amalga oshiriladi. Zahira magistrallari xar ikki-uch
blokdan keyin uzgichlar orqali seksiyalarga bo‘linib, ular yordamida zahira transfarmatoriga
ulanadi. Texnologik loyixalanishni amaldagi me’yoriga asosan zahiradagi transformatorlar soni
quyidagicha: bloklar soni 1 yoki 2 ta bo‘lsa - bitta, 3 dan 6 gacha - ikkita, 7-8 ta bo‘lganda - uchta
(bittasi manbaga ulanmagan, ammo ishga tushirishga tayyor deb) belgilanadi.
1- jadval
IES ning o‘z ehtiyoji asosiy elektr qurilmalari
Ahamiyatli
Ahamiyati bo‘lmagan
1.
Ta’minlovchi,
aylantiruvchi
va
kondensatsion nasoslar
2.
Tutun tortuvchi va purkovchi venilyatorlar
3.
Birlamchi havo ventilyatorlari
4.
Oraliq bunkersiz
tizimidagi tegirmon va
tegirmon ventilyatorlari
5.
Chang ta’minlagichlar va yoquv panjarasi
6.
Shaxta
tegirmonlari
ko‘mir
ta’minlagichlari
7.
Turbinalarning moy nasoslari
8.
Generatorlarni sovitish ventilyatorlari
9.
Transformatorlarni sovitish ventilyatorlari
10.
Generatorlarni zahira qo‘zg‘at-gichlari
11.
Avariyali elektr yoritish
12.
Val burish kurilmasi
13.
Akkumulyator batareyalarini zaryadlovchi
agregatlari
14.
NO’A (nazorat o‘lchov asboblarining)
apparatlari
1.
Oraliq
bunkerli
tizimidagi
tegirmonlar
2.
Oraliq bunkerli tizimlardagi (agar ular
bir vaqtda birlamchi
havo ventilyatorlarni
vazifasini
bajar-masa)
tegirmon
ventilyatorlari
3.
Yoqilg‘i uzatuvchi mexanizmlar
4.
Kul chiqaruvchi mexanizmlar
5.
Ta’minlovchi
suv
tayyorlov
mexanizmlar
6.
Elektr
stansiyani
moy
xo‘jaligi
mexanizmlari
7.
Xonalar ventilyatorlari mexanizmlari
8.
Kompressor
kurilmalarning
mexanizmlari
9.
Elektroliz kurilmalarinig mexanizmlari
10.
Ko‘tarish kurilmalar va boshka
yordamchi mexanizmlar
41
Har bir 0,4 kV kuchlanishli blok yig‘ma, ishchi va avtomatik
tarzda ulanuvchi elektir
taminotiga ega bo‘ladi. Kuchlanishi 0,4 ki blokda yig‘masini ishchi ta’minoti o‘z blokini 6 kV
kuchlanishli seksiya orqali amalga oshirilib, zahiradagi esa ushbu IES ni biror bir bloki orqali
ta’minlanadi. Hozirgi paytda IES o‘z ehtiyoji iste’molchilarini ikkita eng maqbul ta’minoti va
zahiralash elekir sxemalarini (1.a,b- rasm) da ko‘rsatilgan.
1.a.b- rasmda keltirilgan xar bir blokni (A va B) ikkita o‘z ehtiyoj seksiyalari generatorni
chiqish qisimlari tarmoqlariga ulangan o‘z ehtiyoj transformatori bloklari orqali ta’minlanadi.
Ta’minotni zahiralash esa ishga tushirish-zahiralash tarnsformatoriga ulangan zahira
transformatorlari orqali amalga oshiriladi. O’z ehtiyoj ishchi transformatorlarini quvvati, blok
yuklamasi quvvati hamda blok seksiyalariga ulangani uchun, stansiya yuklamasi
ulashini hisobga
olgan holda tanlanadi. Agar umum stansiya yuklamasi asosan birinchi va ikkinchi bloklarni o‘z
ehtiyoj seksiyalariga ulangan bo‘lsa, u holda ularni o‘z ehtiyoj ishchi transformatorlarini quvvati
boshqa blok transformatorlari quvvatidan katta qilib tanlanadi. Ko‘rilayotgan sxemada o‘z
ehtiyoj
ishchi transformatorlarini blokdan ishga tushirish va to‘xtatishda o‘z ehtiyojini ta’minlay olmaydi.
Shuning uchun quvvati 160 MVt va undan yuqori bo‘lgan IES larda ishchi transformatorlarini bir
vaqtda ishga tushirish yoki shikastlanganda, ikkinchi blok to‘xtaganda ta’minlay oladigan ishga
tushirish-zahiralash (ZT) transformatorlari zimmasiga yuklatiladi. Ishga-tushirish zahiralashni
ta’minlovchi elektir nasoslari bo‘lgan blokli elektr stansiyalarda o‘z ehtiyoj zahira transformatori
quyidagi shartlarni biri bo‘yicha tanlanadi:
a) bir vaqtni o‘zida ikkinchi blokni ishga tushirish bilan, 100% li yuklama bilan ishlayotgan
blokni o‘z ehtiyoj ishchi transformatorini (turbo - ta’minlovchi nasosni) almashtirish;
b) bir vaqtning o‘zida ikkinchi blokni yoki yordamchi blokdagi
birorta qozonni ishga
tushirish bilan, blokni o‘z ehtiyoj ishchi transformatorini (ta’minlovchi elektr nasosida ishlaganda)
almashtirish.
Zahira transformatori ta’minot uzilgandagi hisobiy vaqti (max.2,5 s) ichida masulyatli
mexanizimlar elektr motorlarini o‘z-o‘zidan ishga tushib ketishini (masulyati bo‘lmagan
mexanizimlar uzilib qolishi mumkin) ta’minlay olishi kerak. Ushbu vaqt - rele ximoyasini ta’siri
vaqti bilan uzgichlarni o‘chirish vaqti va zahira tizimiga avtomatik ulashga (ZAU) ta’sir etish vaqti
bilan o‘lchanadi. O’z ehtiyoj elektr motorlarini o‘z-o‘zidan ishga tushishi,elektr motorlarni
pog‘onali ulanish tadbirlarisiz ta’minlangan bulishi lozim.
1.b- rasmda keltirilgan sxemada xar bir generator tizimida uzgich urnatilgan bulib, o‘z
ehtiyoj ishi transformatori bilan blok transformatori, uzgich orasidagi tarmoqqa ulanganligi bilan
farq qiladi. Bu yerda bu ishchi ehtiyoj transformatori o‘z blokini ishga tushirishi va to‘xtatishni
ta’minlay oladi, shuning uchun maxsus ishga tushirish zahira transformatorlariga va zahira
magistrallariga ehtiyoj qolmaydi.