Foyadalanilgan adabiyotlar




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
Materiallari

Foyadalanilgan adabiyotlar 
1. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана. Аналитический обзор. – Т.: Издательство 
«Молия», 2007. – 388 с. 
2. Gayibov T.Sh. Elektr tarmoqlari va tizimlari. – T.: VORIS-NASHRIYOT, 2010. – 160 b. 
 
ELEKTR TA’MINOTI UZLUKSIZLIGIDA GIDROELEKTR STANSIYALARDAN 
FOYDALANISH
 
dots, T.K. Jabborov, F. Asqarova M12-20 ET guruh magistranti 
email:
 
fasqarova3@gmail.com
  
Farg’ona politexnika instituti 
Ushbu ishda gidroelektr stansiyalarning ishlash prinsiplari, turlari keltirilgan bo‘lib 
elektr ta’minoti uzliksizligini ta’minlash tutgan o’rni misollar bilan keltirilgan.
Taraqqiyotning istiqbolli bosqichiga o‘tayotgan yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli 
islohotlar qatorida milliy iqtisodiyotimizning muhim quvvat manbai hisoblangan gidroenergetika 
tarmog‘i ham izchil rivojlanmoqda. 
Qayd etish joizki, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan jadal va keng 
ko‘lamli islohotlar qatorida energetika tarmog‘ining ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan 


34 
gidroenergetika sohasida ham islohotlar izchil ravishda bosqichma-bosqich olib borilmoqda. 
Bunga misol qilib 1-jadvalda keltirilgan gidroelektr stansiyalaning (GES) misol qilib keltirish 
mumkin.
GESning quvvati suv oqimining bosimi va GESning FIKga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, 
tabiat qonunlariga mos holda suv miqdorining doimiy o‘zgarib turishi, fasl o‘zgarishi va boshqa 
bir qancha sabablarga bog‘liq. Shu sababli GESlarning ish holatlarini rejalashtirish va boshqarish 
yillik, oylik, haftalik va sutkalik sikllarda amalga oshiriladi. 
1-jadval 
O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarining belgilangan quvvatlari 
№ 
GES nomi 
Belgilangan 
quvvati 
MVt 
№ 
GES nomi 
Belgilangan 
quvvati 
MVt 

O‘rta chirchiq GESlar 
kaskadi 
951 
11 
To ‘palang GES 
30 

Chirchiq 
GESlar 
kaskadi 
192 
12 
Toshkent GESlar kaskadi 
29 

Tuyamo‘yin GES 
150 
13 
Shahrixon GESlar kaskadi 
28.6 

Andijon GES 
140 
14 
Ohangaron GES 
21 

Farhod GES 
126 
15 
Katta Farg ‘ona kanalida 
Kichik GESlar kaskadi 
12 

Quyi Bo ‘zsuv GES 
kaskadlari 
50.9 
16 
Tuyabo ‘g ‘oz GES 
11.4 

Andijon GES-2
50 
17 
Kudosh GES 


Hisorak GES 
45 
18 
Ertoshsoy GES 


Qodiriya 
GESlar 
kaskadi 
44.6 
19 
Zomin mikro GES
0.2 
10 Samarqand 
GESlar 
kaskadi 
43.1 
GESlar quvvatiga bog‘liq holda bir necha turga bo‘linadi. Bular 

katta quvvatli – 25 MVt va undan yuqori

o‘rtacha quvvatli – 5 MVtdan 25 MVtgacha; 

kichik GESlar – 1000 kVtgacha quvvatli GESlardir. 
GESlar quriladigan joylarda tabiiy sharoitlarning turlichaligi ularda o‘rnatiluvchi 
turbinalarning tuzilishlarini turlicha bo‘lishini belgilaydi. Turbinalarning quvvatlari bir necha 
kilovattdan yuzlab megavattlargacha, aylanish chastotalari esa, 16
2
/
3
dan 1500 ayl./min. gacha 
o‘zgaradi. 
So‘nggi 30-40 yil davomida ayrim GESlarda gorizontal qobiqli agregatlar ham 
qullanilmoqda. Bunday agregatlarning elektr generatori atrofidan suv oqib o‘tuvchi germetik 
yopilgan qobiqning ichida joylashtiriladi. Gidravlik sharoitlarning yaxshiligi hisobiga bunday 
agregatlarning FIK 0,95-0,96 dan kattadir. 
GESning prinsipial sxemasi 1- rasmda tasvirlangan. 


35 
1- rasm. GESning prinsipial sxemasi: 1- to‘g‘on poydevori; 2- to‘g‘on 3- suv qabul qilgich; 4– 
suv qabul qilgichning zatvorrlari; 5- suv qabul qilgich zatvorlarining kranlari; 6- mashina zali; 7- 
mashina zali kranlari ; 8- gidroturbin kamerasi; 9- gidroturbina; 10- suvni chiqarib yuborish 
kanali; 11- gidrogenerator; 12- gidrogeneratorning qo‘zg‘atkichi; 13- blokning oshiruvchi 
transformatori; 14- izolyatorlar shodasi; 15- elektr uzatish linyasi; 16- avtomobil yo‘li; 17- 
yuqori bef; 18- quyi bef. 
Tekis hududlarda oquvchi daryolarda to‘g‘onli GESlar ikkita turga bo‘linadi: o‘zan va 
to‘g‘onorti GESlar. Odatda napor 30 m gacha bo‘lganda stansiyaning binosi daryoning o‘zanida 
qurilib, ular to‘g‘on singari naporni o‘ziga qabul qiladi. Bunday GESlar 
o‘zan GES
lar deb 
yuritiladi. Napor 25-30 m dan katta bo‘lgan hollarda stansiyaning birosi to‘g‘onning ortida 
quriladi. Bunday GESlar 
to‘g‘onorti GES
lar deb yuritiladi. 
Gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyasi (GAES) – boshqa elektr stansiyalarida ishlab 
chiqarilgan elektr energiyasini qabul qilib, uni suvning potensial energiyasiga va zarur vaqtda bu 
potensial energiyani qayta elektr energiyasiga aylantirishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar 
majmuyidir.
Shunday qilib, GAES odatdagi nasos va gidroelektr stansiyalari rejimlarida ishlovchi 
inshoot hisoblanadi. 
GAES turli balandliklarda joylashib, bir-biri bilan quvurlar orqali bog‘langan ikkita suv 
havzasidan iborat bo‘lgan gidrotexnik inshootlarga ega. Yuqorida joylashgan suv havzasi sun’iy 
yoki tabiiy (masalan, ko‘l holida), quyi suv havzasi esa to‘g‘on yordamida to‘silgan suv havzasi 
holida bo‘lishi mumkin. GAES binosi quvurining quyi qismida joylashtiriladi. GAESning 
prinsipial sxemasi 3.5- rasmda tasvirlangan.
Energotizimning sutkalik yuklama grafigini keskin o‘zgaruvchanligi, odatda, uni qoplash 
uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Bu xarajatlar, birinchi navbatda, issiqlik elektr 
stansiyalarining yuklamalarini o‘zgarishi, katta yuklamalarda solishtirma yoqilg‘i sarfining 
nisbatan kattaligi, zaruriy zahirani saqlab turish zarurligi bilan bog‘liqdir. Bunday xarajatlarni 
kamaytirishning samarali yo‘llaridan biri yuklama grafigini tekislash, ya’ni grafikning 
o‘zgarishidagi keskinlikni bartaraf etishdir. GAES energotizimda aynan shunday vazifani bajaradi. 
Energotizimning yuklamasi kam bo‘lgan soatlarda (odatda, sutka davomida 7-12 soat) 
GAES nasos stansiyasi rejimida ishlaydi. 
Natijada energotizimning yuklamasi GAESning 
quvvatiga teng bo‘lgan miqdorga ortadi. Bunda GAES tarmoqdan oluvchi elektr energiyasi 
hisobiga suvni quyi havzasidan yuqori havzaga haydaydi. Shu tariqa bunday rejimda tarmoqdan 
olingan elektr energiyasi suvning potensial energiyasiga o‘zgartiriladi.
Energotizimning yuklamasi katta bo‘lgan soatlarda (odatda, 2-6 soat) GAES odatdagi GES
rejimida ishlaydi. Natijada u energotizim yuklamasining bir qismini qoplaydi va tizimdagi boshqa 


36 
stansiyalarning umumiy yuklamasini GAESning quvvatiga teng bo‘lgan miqdorga kamaytiradi. 
Bunda u yuqori havzadagi suvning potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantirib, tarmoqqa 
elektr energiyasini uzatadi.
Gidroagregatlarni ishga tushirish va ish rejimini o‘zgartirish jarayonlari bir necha daqiqa 
vaqtni oladi. Bu esa GAESni yuqori darajada manevrlanganlik xususiyatiga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. 
2- rasm. Gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyasining prinsipial sxemasi. 
 
GAESlarda alohida generator va nasoslar to‘plamidan yoki ham generator, ham nasos 
rejimida ishlay oladigan qaytar rejimli gidroelektragregatlardan foydalaniladi. 
Har ikkala rejimda ham GAESning foydali ish koeffitsienti 100%dan kam bo‘lganligi 
sababli, sutka davomida olib qaralganda u elektr energiyasini iste’mol qiladi, ya’ni rasmiy jihatdan 
foyda keltirmaydi. Biroq bu vaqt davomida energotizimning yuklama grafigini tekislanishi 
hisobiga yuqorida qayd etilgan xarajatlarning bartaraf etilishi natijasida tizim miqyosida salmoqli 
darajadagi texnik-iqtisodiy samaraga erishiladi. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish