46
ELEKTR DVIGATELLARINI FAZA YO‘QOLISHIDAN HIMOYALASH
QURILMALARI
B.B. Boynazarov
Farg‘ona politenika instituti
Elektr tarmoqlaridagi barcha kuchlanishlar bo‘yicha iste’molchilarni tahlil qiladigan
bo‘lsak asosan iste’molchilarning ko‘p ulishi uch fazali elektr iste’molchilariga to‘g‘ri keladi.
Bunda iste’molchilarning asosiy qismi asinxron dvigatellar ekanligi barchamizga sir emas. Yillar
davomidagi statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki bir kalendar yili davomida o‘rtacha 1-3 marta
faza yo‘qolish holatlari yuzaga kelishi mumkun ekan. Bu ko‘rsatkich asosan 0,4 kV li elektr
tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida esa uch fazali elektr dvigatellarda cho‘lg‘amlarining
kuyishi yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan biror bir dvigatelning faza yo‘qolishida yuzaga keluvchi
iqtisodiy zararni hisoblab ko‘rsak, faza yo‘qolishi iste’molchilarga qanchalik
katta iqtisodiy zarar
yetkazishini bilib olishimiz qiyin emas.
Masalan: 5,5 kVt li elektr dvigateli uchun tahminan 3,5-4,5 kg o‘tkazgich kerak bo‘ladi
(bu ko‘rsatkich turlicha o‘zgarishi mumkun dvigatel turiga qarab). Agar elektr dvigatelining
cho‘lg‘amlari kuygan holda kerakli maxsulot tan narxi o‘tkazgich uchun 600 000 so‘m,
qo‘shimcha xarajatlar 100 000 so‘m, cho‘lgamlarni qaytadan o‘rash uchun esa o‘rtacha 600 000
so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki bitta faza yo‘qolishidan keladigan zarar
o‘rtacha 1 300 000 so‘mni tashkil etmoqda. Biz bu hisoblarni bajarish davomida umumiy o‘rtacha
qiymatlardan foydalangan holda hisob ishlarini bajarishga urindik. Agar katta quvvatli elektr
dvigateli bo‘yicha hisob ishlari bajarilganda hisob ham katta qiymatni tashkil etgan bo‘lar edi.
Bundan tashqari elektr dvigateli ishlamasdan turgan vaqtidan keladigan
iqtisodiy zarar va
dvigatelni qaytadan cho‘lg‘am o‘rnatish uchun olib borish va qaytadan olib kelish xarajatlarini
inobatga olmagan holda hisob ishlarini bajarilsa keltirilgan zarar miqdori katta qiymatni tashkil
etadi.
Yuqoridagi hisoblardan ko‘rinib turibdiki faza yo‘qolishidan keladigan zararni oldini olish
asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda elektr dvigatellarni faza yo‘qolishidan
himoyalash uchun turli himoya vositalaridan foydalanib kelinmoqda. Masalan XJ3-G markali faza
yo‘qolishidan himoyalovchi qurilmaham juda soda ulanish sxemasiga va ishonchli ishlash
ko‘rsatkichiga ega himoya vositasi hisoblanadi 1-rasm.
1-rasm. Elektr dvigatellarni faza yo‘qolishidan himoyalovchi qurilmaning ulanish
sxemasi
47
Himoya vositasining bozor rastalaridagi tan tarxi 80 000 -100 000 so‘m atrofida. Himoya
vositasining ulanish sxemasiga etibor qaratadigan bo‘lsak ulanish uchun 8 ta klema berilgan bo‘lib
ularning 1,2,3,4 chi bog‘lanish qismlari pastki qisimda 5,6,7,8 bog‘lanish qisimlari esa yuqori
qisimda joylashgan. Qurilma ikki qisimga ajraladi, agar qurilmani
ikki qisimga ajratmasak
bog‘lanish qisimlarining raqamlarini ko‘rish mumkun bo‘lmaydi. Shuning uchun albatta qurilmani
yon tomonida joylashgan mahkamlovchi qismini ajratgan holda ikkiga ajratib olib, uning
bog‘lanish qisimlarini aynan joylashuv o‘rnini aniq belgilab olishimiz kerak bo‘ladi.
Shundan
kegin 1,2,3-bog‘lanish qisimlari mos holda har bir fazaga ulanadi, shu orqali esa xar bir fazani
himoya qilish imkonini beradi. 4,7,8 bog‘lanish qisimlari bo‘sh holatda qoldiriladi. 6 va 5
bog‘lanish qisimlari esa mos holda komutatsion qurilmaga bog‘lanadi. Shu soda sxema orqali
elektr dvigatellarini faza yo‘qolishidan himoya qilishimiz mumkun bo‘ladi.
Hulosa qiladigan bo‘lsak uch fazali elektr dvigatellari uchun faza yo‘qolishidan himoya
qurilmasi iqtisodiy samarador qurilma hisoblanib elektr dvigatellar uchun zarur himoya qurilmasi
hisoblanadi.