MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Bog'liq
Materiallari

137 
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH 
ISTIQBOLLARI
 
D. Yu. Yusufjonov
Milliy tadqiqot universiteti, “Moskva energetika instituti”ning Toshkent filiali talabasi 
Qadim zamonlardan muqobil energiya manbalaridan foydalanib kelingan. Quyosh va 
shamol energetikasidan insoniyat yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan, shamol 
tegirmonlarida donlarni maydalash (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori va boshqalar), quyosh nurlarida 
meva va poliz ekinlari mahsulotlarini quritishda keng foydalanilgan [1]. 
Shubhasiz, energiyani samarali ishlab chiqarish va undan oqilona foydalanish tabiiy 
resurslarimizni asrab-avaylash va atrof-muhit yemirilishining oldini olish borasidagi eng qulay 
usuldir. Yangi energetika texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish (issiqlik va elektr 
energiyasini birgalikda ishlab chiqarish, yoqilg‘i elementlari, ko‘mirni gazlashtirish, suyuq 
sintetik yoqilg‘i turlari), yoqilg‘i va energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, keng 
miqyosda energiya ishlab chiqarish jarayonida qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 
oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda [2]. 
Hozirgi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanish dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. Muqobil energiya manbalari turlariga asosan shamol energetikasi, quyosh 
energetikasi, geotermal energetika

bioenergetika, okean va dengiz to‘lqinlari energetikasini misol 
tariqasida aytishimiz mumkin. 
Quyosh energetikasi. 
O‘zbekiston quyoshli o‘lka bo‘lib, yilning o‘rtacha 300 kunidan 
ziyodiquyoshli kunga to‘g‘ri keladi. Shuni inobatga olgan holda quyoshdan foydalanib elektr 
energiyasi ishlab chiqarish masalasi yurtimizda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
 
Quyosh energiyasini olishda quyosh bateriyalar va fotoelementlardan foydalaniladi. Quyosh 
batareyalari hozirgi paytda monokristall yoki polikristall kremniy asosidagi quyosh elementlaridan 
tayyorlanadi. Quyosh elementlari samaradorligini oshirish ustida tinimsiz ilmiy tadqiqodlar va 
izlanishlar davom etmoqda [3].

Download 5,65 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish