138
har kuni chiqindilarni hosil qiladi, uni achitish yo‘li
bilan biogaz hosil qilib, energiya ishlab
chiqarishda foydalansak ham bo‘ladi.
Gidroenergetika
– gidroelektr stansiyalar yordamida suvning oqimidan foydalanib elektr
energiyasi ishlab chiqariladigan yo‘nalish hisoblanadi.Tog‘lardan
daryoga va balandliklardan
dengiz va ko‘llarga oqib tushadigan suvlar doimiy qayta tiklanuvchi tabiat energiyasiga ega.
Bizning sharoitimizda suvdan foydalangan holda elektr energiyasi olish qulay hisoblanadi.
Yurtimizdagi mavjud anhor va kanallarda suvning uzluksiz ravishda oqishi hisobiga undan elektr
energiyasi olish maqsadida foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Xulosa qilib aytganda, shamol energetikasi, quyosh energetika, bioenergetika va geotermal
energetika muqobil energiyalari manbalari hisoblanib, elektr energiyasi olishda katta manba bo‘lib
xizmat qiladi. Umuman olganda muqobil energiya manbalari turlaridan foydalanish ekologik
jihatidan toza, energetik jihatidan samarali va xavfsizligi jihatidan ham qulay hisoblanadi.