-rasm. Quyosh va shamol elektr stansiyalari




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
Materiallari

1-rasm. Quyosh va shamol elektr stansiyalari



147 
Yangi obyektni qurish ishlarini 2021-yil oxiriga qadar boshlash koʻzda tutilgan. 2023-yil 
aprel oyida ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi bosqichi (250 MVtgacha) va 2024-yil oxiriga 
qadar barcha quvvatlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 
Joriy yil sentyabr oyida “Masdar” kompaniyasi Tomdi tumani mintaqasida shamol 
salohiyatini oʻrganish uchun toʻrtta meteorologik ustun oʻrnatdi. Bu Navoiy viloyatida 500 MVt 
quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi 
boʻldi. 
“Masdar” — Abu-Dabi hukumatining “Mubadala Investment Company” kompaniyasining 
shoʻba korxonasi hisoblanadi. U qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni rivojlantirishga 
ixtisoslashgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri.
Amirliklar kompaniyasi quyosh elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish uchun 
xorijiy investorni tanlash boʻyicha Oʻzbekiston tarixida birinchi marta oʻtkazilgan kimoshdi 
savdosining gʻolibi boʻldi. “Masdar” kompaniyasi bir kVt.s uchun 2,67 AQSH senti miqdorida 
dunyoda eng past tariflardan birini taklif qildi. 2019-yilning noyabrida Investitsiyalar va tashqi 
savdo vazirligi bilan imzolangan investitsiyaviy bitimga koʻra, “Masdar” kompaniyasi oʻz 
zimmasiga quyosh elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish hamda 25 yil davomida 
undan foydalanish boʻyicha majburiyatlarni olgan edi. 
Quyosh elektr stansiyasi 2021-yilning avgust oyida ishga tushirildi. 
Loyiha Oʻzbekiston hukumatining mamlakat energiya balansini diversifikatsiya qilish, 
jumladan, 2030-yilga borib respublikada quyosh energetikasi inshootlarining umumiy quvvatini 5 
GVt ga yetkazishga yoʻnaltirilgan dasturning bir qismidir. 
“Masdar” kompaniyasi loyihaga 100 million dollardan ortiq miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri 
investitsiyalar kiritdi va qurilish bosqichida 150 ta ish oʻrni yaratdi. Quyosh elektr stansiyasining 
ishga tushirilishi esa yiliga 260 million kVt.s miqdorida elektr energiyasini ishlab chiqarishni 
taʼminladi. 
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining joriy etilishi elektr energiyasini ishlab 
chiqarish uchun foydalaniladigan tabiiy gaz hajmini (yiliga 175 mln kub metrgacha) 
kamaytirishga, shuningdek, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini sezilarli 
darajada kamaytirishga yordam beradi (yiliga 1,1 mln tonnagacha). 
“Masdar” kompaniyasi Abu-Dabi hukumatining “Mubadala Investment Company”ning 
shoʻba korxonasi va dunyoning qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchi yetakchi xalqaro 
kompaniyalaridan biridir. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan investitsiyaviy loyihalar 
portfeli qayta tiklanadigan manbalardan quvvati 4000 MVt dan ortiq elektr energiyasini ishlab 
chiqaradigan inshootlarni oʻz ichiga oladi. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Quyosh va shamol elektr stansiyalari

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish