QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDA ISHLOVCHI ELEKTR




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/115
Sana14.05.2024
Hajmi5,65 Mb.
#230787
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Bog'liq
Materiallari

146 
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDA ISHLOVCHI ELEKTR 
STANSIYALARNING O‘ZBEKISTON ENERGETIKA 
TIZIMIDAGI AHAMIYATI 
 
F.N. Nasretdinova,B.B.Boynazarov. 
Farg‘ona politexnika instituti 
Oʻzbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan shamol energetikasini rivojlantirish 
boʻyicha hamkorlikni faollashtirilyapti. Oʻzbekiston 2030-yilga qadar qayta tiklanadigan energiya 
(QTE) manbalari ulushini 25 foizgacha oshirishni rejalashtirgan. 
Bugun mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmida qayta 
tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 10 foizgacha tashkil etadi, qolgan 90 foizi anʼanaviy 
manbalardan ishlab chiqarilyapti. 
Shamol energetikasi boʻyicha yetakchi mutaxassislarning fikriga koʻra, Oʻzbekiston 
geografik joylashuvi va iqlim sharoiti bois ushbu yoʻnalishda ulkan salohiyatga ega. 
2020-yil 8-iyun kuni Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Birlashgan 
Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi oʻrtasida investitsiyaviy shartnoma imzolandi. 
Mazkur hujjatga koʻra, Amirliklar kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini 
(SHES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va foydalanishni taʼminlaydi. 
Bu “Masdar” tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik loyihadir. 
Oʻtgan yil oktyabr oyida kompaniya davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt 
quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish boʻyicha tenderda gʻolib chiqqan edi. Mazkur 
loyiha boʻyicha tegishli kelishuvlar 2020-yil yanvar oyida imzolangan. 
Energetika vazirligi mutaxassislari Oʻzbekistonda shamol elektr stansiyasini qurish va 
undan foydalanish loyihasini amalga oshirish 600 million dollardan ortiq miqdordagi toʻgʻridan-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 1 ming 300 ta yangi ish oʻrnini yaratish 
imkoniyatini berishini taʼkidladi. 
Elektrostansiyaning foydalanishga topshirilishi yiliga 1,8 gVt /soat miqdorida arzon elektr 
energiyasi ishlab chiqarish hisobiga respublikaning energetika balansini diversifikatsiya qilish va 
mustahkamlashga imkon beradi. Bu 500 mingdan ziyod uy xoʻjaligining ehtiyojini qoplaydi 
deganidir. 
Zamonaviy QTE texnologiyalarini joriy etish elektr energiyasini ishlab chiqarishda 
ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 million kubometrgacha kamaytirish imkoniyatini 
taqdim etadi. Bu, shuningdek, tejab qolingan energiya resurslari boshqa ehtiyojlarga yoʻnaltiriladi, 
atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilari sezilarli darajada (yiliga 1,1 million 
tonna) kamaytiriladi, degani hamdir. 

Download 5,65 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDA ISHLOVCHI ELEKTR

Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish