Materialshunoslik book · September 020 citations reads 398 authors




Download 196,63 Kb.
bet10/55
Sana20.01.2024
Hajmi196,63 Kb.
#141823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
Materialshunoslik-fayllar.org
Оптималлаштириш назарияси, 1-laboratiriya, 3.4. шакл Dildora, Dildora, Introduction-to-Software (1), Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish Tabiiy resurslardan barqaror, Matlab, ~ (1), Foydalanilgan adabiyotlar, 13- variant Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat sohasidagi tarkibiy siljishlar va ularning samaradorligi., ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot, Ekologiya fanidan test savollari Ekologiya atamasi qachon va kim tomonidan taklif qilindi? Ekologiya javoblar, РЕЗЮМЕ-Буронбоев Хушнудбек Турсунали угли, таржимаи ҳол
1.4. Qotishmalarning xossalari
Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan
olingan murakkab jism qotishma deb aytiladi. Bunga misol
sifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va
boshqalarni keltirish mumkin.
Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning
kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan bu-
yumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan
ham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metall-
keramik detallar shu yo‘sinda olinadi.
Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining
diametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish
haroratiga ko‘ra: mexanik aralashma, kimyoviy birikma va

qattiq eritmaga bo‘linadi.
Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa,
qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq
holatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan
kristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi.
Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday ele-
mentlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviy
birikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha
metall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi.
Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa,
sof metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol
uchun, temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilan
qattiq eritma hosil qiladi.
Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysi
elementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element eri-

tuvchi element deb, kristall panjarasi saqlanmagan element esa

eruvchi element deb aytiladi va A (B), A — erituvchi, B —
eruvchi deb nomlanadi.
Qotishmalar tarkibiga kirgan elementlarning o‘zaro muno-
sabatlariga ko‘ra, elementlarning eruvchanligi turlicha bo‘ladi.
Misda nikel, nikelda mis xohlagancha eriydi.


15
Hamma metallar ham bir-birida yaxshi eriyvermaydi. Ba’zi


elementlar yaxshi, o‘rta, yomon va ba’zilari, umuman, erimas-
ligi mumkin. Rentgen nurlari yordamida tekshirilganda shu narsa
aniqlandiki, eruvchi element atomlari bilan erituvchi element
atomlari o‘rin almashuvi natijasida qattiq eritma hosil bo‘ladi.
Atomlarning bunday o‘rin almashuvi uchun A va B ele-
mentlarning kristall panjaralari bir xil bo‘lishi va atomlar
radiuslari bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak.
Odatda, qotishmani hosil qiluvchi asosiy komponentlar-
dan tashqari, qotishma tarkibida oz miqdorda boshqa element-
lar ham mavjud bo‘ladi va ular qo‘shimchalar deb yuritiladi.
Bu qo‘shimchalar qotishmaga rudani eritib olayotganda yoki
qotishma eritilayotganda tushadi. Ular qotishmaning xossala-
riga aytarli ta’sir etmaydi.


Download 196,63 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Download 196,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Materialshunoslik book · September 020 citations reads 398 authors

Download 196,63 Kb.