• 8.1- mavzu. Alohida xossali po’latlar va ularning qo’llanilishi Reja
  • Tayanch iboralar
  • 8.1.1. Elektr toki o’tkazuvchi materiallar.
  • 8.1.1-rasm. Metall va ularning qotishmalaridan yasalgan o’tkazgichlar.
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi




    Download 24,24 Mb.
    bet35/157
    Sana16.12.2023
    Hajmi24,24 Mb.
    #120531
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157
    Bog'liq
    6,20 mavzulr slayd

    savollar:

    1. Temir –uglerod asosli qotishmalar nima?

    2. Po’latlarning sinflanishini aytib bering.

    3. Oddiy sifatli po’latlarning markalanishi qanday?

    4. Sifatli po’latlar haqida ma’lumot bering.

    5. Avtomat po’latlar qanday po’latlar?

    6. Uglerodli asbobsozlik po’latlarining markalanishi.

    8.1- mavzu. Alohida xossali po’latlar va ularning qo’llanilishi
    Reja:



    1. Elektr toki o’tkazuvchi materiallar.

    2. Po’latlardan yasalgan o’tkazgichlar.

    3. Radiattsiyaga chidamli (bardoshli) materiallar..

    4. Sovuqqa chidamli materiallar.

    5. Magnitli materiallar.



    Tayanch iboralar: po’lat, cho’yan. yuqori uglerodli po’lat, o’rta uglerodli, kam uglerodli, yuqori legirlangan, o’rta legirlangan, kam legirlangan, oddiy sifatli po’lat, sifatli po’lat, o’ta yuqori sifatli po’lat, avtomat po’latlar, uglerodli asbobsozlik po’latlari..


    8.1.1. Elektr toki o’tkazuvchi materiallar.
    Materiallar elektr xossalari bo’yicha 3turga bo’linadilar: o’tkazuvchilar, yarim o’tkazgichlar, dielektriklar.
    O’tkazgichlarning nisbiy elektrik qarshiligi 10-8-10-5 Om*m bo’ladi va xarorat ko’tarilishi bilan u ham ortadi.
    Yarimo’tkazgichlarniki 10-5-10-8 Om*m bo’ladi va xarorat ko’tarilishi bilan u kamayadi. Bular tokni to’g’rilash, elektr signallarini ko’paytirish,xar-xil turdagi energiyalarni elektr energiyasiga aylantirish uchun ishlatiladi.
    Dielektriklarning nisbiy elektr qarshiligi -10-8-10-16 Om*m ga teng. Bular izolyator sifatida ishlatiladi.

    8.1.1-rasm. Metall va ularning qotishmalaridan yasalgan o’tkazgichlar.

    Texnikada, ayniksa aviatsiyada tokni yuqori darajada o’tkazadigan yuqori o’tkazgich metallari va qotishmalari keng qo’llaniladi: oltin, kumush, mis, bronza, latun va x.k. Bular yuqori elektr o’tkazuvchanlik;etarli mustaxkamlik, plastiklik atmosfera sharoitida korroziyabardoshlik qobiliyatlariga ega.


    Metallar qancha toza bo’lsa (qo’shimchalar-primeslar va nuqsonlardan) shuncha ularning o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi.
    Oksidlanmaydigan o’tkazgichlar, yuqori va o’ta yuqori chastotali asboblar-priborlarning kontaktlari va pechatli mikrosxemalar uchun kumush ishlatiladi. Kumush xavoda oksidlanmaydi. Lozim bo’lganda mis,latun va tok o’tkazmaydigan materiallar (keramika,oyna,kvars,polimer)ustiga maxsus usul bilan kumush qoplama beriladi. Ba’zi xollarda kumush oltin bilan almashtiriladi.
    Mis amaliyotda juda keng ishlatiladi. U yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega, mexanik xossalari yaxshi,arzon. Induksiya usulida vakuumda olingan (kislorodsiz) mis yuqori o’tkazgichlik va plastiklik qobiliyatiga ega. “Nagartovka” qilingan mis-MT yuqori puxtalikka ega.
    Yumshoq mis-MO,M1 kabellarning ichaklarini, “obmotka”-o’rama simlarni yasash uchun ishlatiladi.
    M2,M3,M4 markali simlar asosan qotishma olish uchun ishlatiladi. Mexanik xossalari yuqori bo’lishligi talab qilingan mahsulotlar uchun latunlar,kadmiyli va berilliyli bronzalar ishlatiladi.
    Kadmiyli bronzadan “trolley”lar, sirpanuvchi kontaktlar, membranalar yasaladi. Latunlardan xar-xil tok o’tkazuvchanli detallar yasaladi.
    Alyuminiy yuqori elektr o’tkazuvchanligi,plastikligi va kam zichligi bilan xarakterlanadi.O’ta toza alyuminiy-A999,A995 va yuqori tozlikdagi alyuminiy A99,A95 ishlab chiqariladi. Bulardan elektrolitik kondensatorlar,kabellarning ximoya qobiqlari yasaladi. Texnikaviy alyuminiydan-A85,A7 kabellar va tok o’tkazuvchi shinalar yasaladi. Elektr o’zatuvchi liniyalar uchun alyumin qotishmasi-Al-Mg-Su ishlatiladi,yuqori puxtalikka ega. Ko’pchilik xollarda bilitollar ishlatiladi,tok o’tkazish simlari,o’zagi po’latdan qobig’i esa mis yoki alyuminiydan. Qobiq galьvanik usulda yoki plakirovka usulida olinadi.
    Temirning o’tkazuvchanligi ancha past. Lekin mustaxkam (Ϭ=300+700MPa). Bu uni oqlaydi. Asosan kam uglerodli (S=0,1-0,15%)va oddiy sifatli po’latlar (St0,St1,…..St6) ishlatiladi. Bulardan tok shinalari,tramvay,metro temir yo’llari (elektropoezd\u) relьslari yasaladi.



    Ko’rsatgichlar

    Ag

    Au

    Cu

    Al

    Zichlik,kg/m3

    10500

    19300

    8900

    2700

    Erish xarorati,ºS

    960

    1063

    1084

    658

    Elektr qarshilikning haroratli koeffitsenti, αp103 ºC-1

    3,6

    0,4

    4,5

    4,3

    Nisbiy elektroqarshilik, , mkOm*m

    0,016

    0,024

    0,018

    0,027

    Qo’shimchalarning borligi tok o’tkazuvchanlikni ancha pasaytiradi.


    Masalan misning o’tkazuvchanligini kremniy va marganetsning ozgina miqdori ham ancha pasaytiradi. Puxtalanish ham (naklep) o’tkazuvchanlikni ancha pasaytiradi: masalan: shtamplash,kiryalash usullarida olingan mahsulotlar.

    Download 24,24 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157




    Download 24,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

    Download 24,24 Mb.