|
Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash
|
bet | 4/13 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 164 Kb. | | #104193 |
Bog'liq 1352544020 35297Microsoft Word darchasi
Word tahrirlagichiga kirsak ekranda uning dastur darchasi hosil bo`ladi. Dastur darchasining ichida hujjat darchasi joylashgan bo`ladi.
Word darchasining ko`rinishi quyidagicha
Word tahrirlagichida dastur darchasi boshqa darchalar kabi sarlavha satriga va menyu satriga ega. Darchaning ayrim belgilari Windows dasturlarining barchasiga tegishli. Sarlavha satrining chap qismida tizimli darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Menyu satridan pastda xohlasak qo`yib, xohlasak olib tashlaydigan uskunalar paneli joylashgan. Dastur darchasining pastki qismida holat satri joylashgan. Unda odatda kursorning joriy holati, joriy vaqt va tahrirlash takrtibi haqidagi ma`lumotlar chiqadi.
Hujjat darchasi ham sarlavha satriga ega. Sarlavha satrining pastida tizimli menyu va o`ng qismida darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Xujjat darchasining chap va yuqori qismlarida chizg`ichlar joylashgan. Bu chizg`ichlarni qo`yish yoki olib tashlash mumkin. Xujjat darchasining o`ng va pastki qismlarida o`tkazish yo`lakchalari mavjud. Ular yordamida xujjat darchasidagi ma`lumotning ko`rinmay qolgan qismlarini ko`rish mumkin.
Word ishga tushganda faylga “DOKUMENT 1” nomi beriladi. Bir necha xujjat bilan ishlaganda nomning raqami o`zgaradi, ya`ni masalan, “DOKUMENT 2” va xakazo. Bu nom xujjatning nomi o`zgartirilgandan so`ng o`zgaradi.
Microsoft Word taxrirlagichidan chiqish
Word tahrirlagichidan chiqish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1) [Alt] Q [F4] - tugmalari yordamida
2) “Fayl” menyusining “ВЎХОД” buyrug`i yordamida
3) Dasturlar darchasi sistemali menyusining “ЗАКРЎТЬ” buyrug`i yordamida
4) Dasturlar darchasi sarlavha satrining o`ng qismidagi yopish tugmachasi orqali.
Word ning dastur darchasida hujjat darchasini oldin yopib, keyin dastur darchasini yopish ham mumkin. Hujjat darchasini yopish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1) [Ctrl] Q [s] - tugmalari yordamida
2) Hujjat darchasi tizimli menyusining “ЗАКРЎТЬ” buyrug`i yordamida
3) Hujjat darchasi sarlavha satrining o`ng qismidagi yopish tugmachasi orqali
4) “Fayl” menyusining “ЗАКРЎТЬ ” buyrug`i yordamida.
Hujjat darchasini kichik holatga yoki yoyilgan holatga o`tkazish mumkin. Yoyilgan holatda hujjat darchasi sarlavhasi dastur darchasi sarlavhasining davomidan ko`rinib turadi.
Hujjat darchasini yopishda yoki birdaniga dastur darchasini yopishda o`zgartirilgan fayllarning diskka yozilganligini Word tekshiradi. Biror hujjat diskka yozilmagan bo`lsa, ekranda savol hosil bo`ladi. Savolga quyidagicha javob berishingiz zarur.
Ha (Da), agar siz faylni saqlab, dasturdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Yo`q (Net), agar siz faylni saqlamasdan dasturdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Bekor qilish (Otmenit), agar siz faylni saqlamasdan dasturdan chiqmoqchi bo`lmasangiz.
Word oynasining elementlari
Wordni ishga tushirilgandan keyin ekranga uning oynasi chiqadi.
Oynaning birinchi satrida quyidagi elementlar joylashgan:
a) sistema menyusining belgisi;
b) dasturning va faylning nomlari;
c) oynani yopish belgisi;
d) oynani o`z holatiga keltirish yoki oynani kattalashtirish belgilari.
Wordni birinchi marta ishga tushirganda, fayl nomini o`rnida siz ”DOKUMENT1” nomini ko`rasiz. Bu Wordda bir necha hujjatlar bilan baravariga ishlash mumkinligi va shulardan birini bildiradi.
”DOKUMENT 1” - matnga nom berilmagan bo`lsa va boshqa bir nom bilan saqlanmagan yangi matnga beriladi.
Ikkinchi satrda menyu joylashgan bo`lib, bu oynaning asosiy bo`limidir. Undan kerakli buyruqlar tanlanadi. Bu satrning chap tamonida hujjatning tizim menyusining belgisi joylashgan.
Menyu satrining tagida instrumentlar paneli joylashgan. Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini instrumentlar paneliga olib borib va chap tugmachasini bosib, biz kerakli bo`lgan instrumentni ishga tushiramiz. Agar oynada instrumentlar paneli yo`q bo`lsa, menyudan “Vid - Paneli instrumentov” buyruqini tanlab, uni o`rnatsa bo`ladi.
Instrumentlar paneli tagida va matnni chap tamonida, agar siz “rejim prosmotra razmetki stranis`” tartibida ishlasangiz, lineykalar joylashgan bo`ladi. Bu lineykalar yordamida “abzasno`y otstup”, matnni ekrandagi ko`rinish masshtabini, tabulyasiyani, matnni kengligini o`zgartirsa bo`ladi.
Oynaning o`rtasida hujjatni o`zi joylashadi.
Hujjatni o`ng tamonida va tagida kichkina to`rtburchak (begunok) bilan vertikal va gorizontal surgichlar (prokrutkalar) joylashgan. Bular matnni hammasi ekranda ko`rinmaydigan holatlarida ishlatiladi. Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini to`rtburchak ustiga olib borib, chap tugmachasini bosib turib to`rtburchakni tepaga-pastga yoki chapga-o`ngga qarab yurgiziladi. Shu yordamida butun matnni ko`rib chiqsak bo`ladi. Oynaning tagida holat satri (stroka sostoyaniya) joylashgan. Bu satr, kursor hujjatning qaysi joyida turganini, joriy vaqt va joriy tahrirlash tartibi to`g`risida axborot beradi. Agar bu satr yo`q bo`lsa, uni menyuning Servis-Opsii-prosmotr buyrug`i yordamida o`rnatsa bo`ladi. «Stroka sostoyaniya» oldiga x belgisini qo`yiladi.
3. Microsoft Word tahrirlagichi menyusi
Word tahrirlagichi menyusi 9 bo`limdan iborat. Menyuga kirish uchun sichqonchadan yoki klaviaturaning [Alt] tugmachasidan foyda-lanish mumkin. Menyu buyruqlarining qisqacha tavsifi quyidagicha.
|
| |