|
Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash
|
bet | 6/13 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 164 Kb. | | #104193 |
Bog'liq 1352544020 35297Wordning yordam dasturi
Ish maboynida kompyuterdan foydalanuvchi shunday vaziyatlarga duch keladiki, u qaysidir funksiyani ishlatishni biladi, lekin shu funksiya menyuning qaysi bo`limida joylashganini bilmaydi. Bu vaziyatlarda ekranda holat satri o`rnatilgan bo`lsa, menyuning bir bo`limini faol qilsak va shu bo`limning bir punktni tanlasak, holat satrida menyuning shu punkti to`g`risida qisqacha axborot chiqadi.
Ammo ish davomida to`liq axborot ham olsak bo`ladi. Buning bir necha usullari bor.
F1 tugmachasi
Agar ish jarayonida F1 tugmachasi bosilsa, ekranga joriy tartib to`g`risida Spravka Word oynasi chiqadi. Masalan, menyuning bir punktini faol qilsak va F1 tugmachasini bossak shu punktto`g`risida to`liq axborot olamiz.
Shift va F1 tugmachalarini baravar bosing.
Sichqonchanini ko`rsatkich strelkasi so`roq belgisi bilan paydo bo`ldi.
Menyuning sizga kerakli bo`lgan buyrug`ini tanlang yoki oynaning bir elementini ustiga sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini olib borib chap tugmachasini bosing.
Ekranga Spravkaning oynasi chiqadi. Spravka dasturi- bu Windowsning dasturi bo`lib u o`zining oynasiga ega.
Shift va F1 tugmachalari o`rniga instrumentlar panelidagi ? tugmachasini bosak ham bo`ladi.
Dialog (muloqot) oynasi bilan ish olib borish mobaynida F1 tugmachasini bosak ham bo`ladi.
Word tahrirlagichida matnlar bilan ishlash
Word tahrirlagichi ishga tushgach unda hujjat darchasi “DOKUMENT1” nomi bilan beriladi. Siz u erda matn kirita boshlashingiz mumkin.
Agar matn kiritayotganingizda so`zda biror harf qolib ketsa, uni kiritish uchun kursorni o`sha erga olib borib harfni bosish kifoya. Natijada harf o`sha erga o`rnatiladi va qolgan harflar bittadan o`ngga siljiydi. Shriftni qalin, qiya yoki tagiga chizilgan qilib yozmoqchi bo`lsangiz mos ravishda uskunalar panelining uskunalaridan foydalanish kerak. Agar har bir abzasni tartibli raqamlab yozmoqchi bo`lsangiz uskunasidan foydalanasiz. Agar har bir abzasni ro`yxat qilib, ya`ni har bir abzas oldidan nuqtacha qo`yilgan qilib yozmoqchi bo`lsangiz uskunasidan foydalanasiz. Agar hujjatlarni ikkita yoki undan ko`proq kolonka (ustun) lar shaklida yasamoqchi bo`lsangiz uskunasidan foydalanasiz.
Matn kiritayotganda [Enter] tugmasi bosilishi yangi abzas ochadi. Matnni chap tomonga, markazga, o`ng tomonga taqab yoki ikki tomonini ham tekislab yozish uchun mos ravishda uskunalardan foydalanasiz. Odatda matn ikki tomondan tekislab yoziladi.Matnda abzas qo`ymoqchi yoki qatorlar o`rtasidagi intervalni o`zgartirmoqchi bo`lsangiz menyuda “FORMAT” bo`limining “ABZAS...” buyrug`ini ishlatasiz. Ekranda quyidagicha darcha hosil bo`ladi.
Oynaning tagida va o`ng tamonida vertikal va gorizontal surgichlar joylashgan. Vertikal surgich yordamida kursorni matn bo`ylab yuqoriga va pastga yurgizish mumkin, gorizontal surgich bilan esa - o`ng va chap tamonga yurgizish mumkin.
|
| |