Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash




Download 164 Kb.
bet5/13
Sana23.11.2023
Hajmi164 Kb.
#104193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1352544020 35297

FAYL menyusi
Fayl - menyuning bu bo`limida, hujjatlarni hosil qilish, ochish va saqlash buyruqlari joylashgan. Bu erda hujjatlarni butun qattiq disk bo`yicha qidirish, sahifa o`lchamlarini o`rnatish, hujjatlarni printerga chiqarish va Word ishini yakunlash mumkin.
Pravka - menyuning Pravka bo`limi bilan hujjatlarni tahrirlash mumkin. Bu: belgilash, o`chirish, nusxa olish, matndagi kerakli joylarni berilgan model bo`yicha qidirish, kerakli betga o`tish va noto`g`ri berilgan buyruqlarni bekor qilish.
SERVIS menyusi
Servis - cervis bo`limi yordamida, orfografiyani tekshirish, sinonimlarni topish, avtokorreksiya tartibini yoqish, Wordning har xil rejim opsiyalarini o`rnatish, makrokomandani yozish mumkin.
Hujjatni ko`rish tartiblari
Menyuning Vid bo`limi buyruqlari yordamida, hujjatni har xil tartibda ko`rish mumkin. Bular: normalno`y rejim prosmotra, rejim prosmotra razmetki stranis, rejim prosmotra strukturo` dokumenta. Bitta tartibdan ikkinchiga o`tish uchun gorizontal surgichning chap tamonidagi uchta tugmacha yordamida yoki menyuning Vid bo`limining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Microsoft Word ning uskunalar paneli
Uskunalar paneli- tugmachalar majmuidan iborat bo`lgan menyu. Bunda tugmachani bosish natijasida biror buyruq bajariladi. Har bir tugmacha aniq vazifa va nomga ega. Uskunalar panelidagi tugmachalar menyuda bajariladigan ishlarning ekvivalentidir. Bular yordamida tugmachaga mos menyu buyrug`ini menyuga kirmasdan bajarish mumkin. Uskunalar panelini olib tashlash yoki o`rnatish mumkin. Agar uskunalar paneli o`rnatilmagan bo`lsa, uni o`rnatish uchun menyuning “Vid” punktida “paneli instrumentov” buyrug`ini ishlatish kerak. Natijada ekranda quyidagi (rasmdagi) darcha hosil bo`ladi.
Darchaning chap tomonida uskunalar panellarining ro`yxati keltirilgan. Кerakli uskunalarni sichqoncha tugmachasi yordamida tanlasangiz, tanlangan uskuna nomlari oldidagi katakchasida belgi paydo bo`ladi. Кatakcha bo`sh bo`lsa, shu uskuna tanlanmagan hisoblanadi. Darchaning «Ok» tugmasini ishlatsangiz, tanlangan uskunalar Word ning uskunalar panelida paydo bo`ladi.
Agar uskunalar paneli o`rnatilgan bo`lsa, sichqoncha strelkasini uskunalar paneli joylashgan maydonchaga olib borib sichqonchaning o`ng tugmasini bossak u erda uskunalar ro`yxati hosil bo`ladi. U erdan kerakli uskunani o`rnatish yoki olib tashlash mumkin.
Uskunalar panelida eng ko`p ishlatiladigan uskunalar “Standartnaya” va “Formatirovanie” bo`limlari hisoblanadi. Bu bo`limlardagi uskunalarni bo`limdan olib tashlash yoki bo`limga yana uskuna qo`shish mumkin. Buning uchun uskunalarni o`rnatish darchasida “Nastroit...” buyrug`ini ishlatish kerak va u erdan kerakli uskunalarni olib uskunalar paneliga o`rnatish mumkin. Yoki uskunalar panelida sichqonchaning o`ng tugmachasi bosilganda hosil bo`lgan ro`yxatda “Nastroyka...” buyrug`ini ishlatib ham shu ishni bajarish mumkin.
Masshtablash
Masshtab - bu o`ziga xos bir funksiya. Uning yordamida matnning ekrandagi ko`rinish masshtabini o`zgartirsa bo`ladi.
Buning ikkita yo`li bor:
menyuning «Vid-Masshtab» buyrug`i bilan,
instrumentlar paneli yordamida.
Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini instrumentlar panelining joriy masshtab faktori yonidagi, pastga qaragan strelkaga olib borib, chap tugmachasini bosib masshtab faktorlari ro`yxatini chiqaramiz. Shu ro`yxatdagi kerakli masshtabdan foydalanamiz yoki joriy masshtab faktorining ustiga sichqonchaning ko`rsatgich strelkasini olib borib chap tugmachasini bir bosib kerak bo`lgan masshtabni yozish mumkin.

Download 164 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 164 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash

Download 164 Kb.