• Sichqoncha yordamida belgilash
  • Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash




    Download 164 Kb.
    bet7/13
    Sana23.11.2023
    Hajmi164 Kb.
    #104193
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    1352544020 35297
    COMMENT LE MARKET MAKER TE MANIPULE, укувчига тавсифнома, 2-mustaqil sih, 3-laboratoriya ishi, 1702215668, xavf-xatarlarni-keltirib-chiqaruvchi-omillar-xavf-xatarlarni-aniqlash-usullari-muammo-va-yechim, reja, Mavzu Mobil ilova yaratish uchun dasturlash muhiti-fayllar.org, Anisxron elektr dvigatellarini ishga tushirish usullari., Abissial zona yotqiziqlari. , 1-ma\'ruza AL, tematik reja ekologiya huquqi, Презентация1, 786530
    Matnni o`chirish
    Ma`lumki, klaviaturaning Backspace va Del tugmachalari yordamida noto`g`ri kiritilgan harflarni o`chirsa bo`ladi. Matnning katta qismlarini o`chirish uchun bu tugmachalardan foydalansa ham bo`ladi. Ammo bu ishlarni bajarishiga vaqt ko`p ketadi. Bu amalni tez bajarish yullaridan biri matnning o`chirmoqchi bo`lgan qismini belgilab, bir marta Del tugmachasini bosishdir. Wordning filosofiyasi - bu belgilash va buyruqni bajarish.
    Matnni belgilash uchun bir necha usullar mavjud:
    Klaviaturaning Shift va kursorni boshqarish(yo`nalish) tugmachalari bilan. Shift, Ctrl va yoki ¯ tugmachalarini baravar bosilishi kursor turgan abzasni kursor turgan joyidan boshlab yuqoriga yoki pastga qarab belgilaydi.
    Sichqoncha yordamida belgilash:
    Harflarni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini birinchi harfning chap tamoniga olib borib, chap tugmachasini bosib turib, oxirgi harfiga olib boring.
    Keyin chap tugmachasini qo`yib yuboring.
    So`zni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini so`zning hohlagan harfiga olib borib, chap tugmachasini ikki marta bosing.
    Qatorni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini qatorning chap tamoniga olib boring (ko`rsatkich strelka shakliga o`tadi) va chap tugmachasini bosing. Кo`rsatkich strelkani yuqoriga yoki pastga qarab yurgizsak, keyingi qatorlarni ham belgilaydi.
    Gapni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini gapning hohlagan joyiga olib borib, Ctrl va sichqonchaning chap tugmachasini bosing.
    Abzasni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini abzasning chap tamoniga olib borib (ko`rsatkich strelka I shakliga o`tadi), chap tugmachasini ikki marta bosing. Yoki ko`rsatkich strelkani abzasning hohlagan joyiga olib borib, chap tugmachasini uch marta bosing.
    Ustunni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini ustunning birinchi harfiga olib borib, Alt tugmachasi bosing va sichqonchaning ko`rsatkich strelkasi yurgiziladi.
    Butun matnni Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini matnning chap tamoniga olib boring (ko`rsatkich strelka ì shakliga o`tadi), Ctrl tugmachasini, so`ng sichqonchaning chap tugmachasini bosing. Matnni belgilagandan keyin, Del tugmachasini bosib o`chirish mumkin.O`chirilgan matnni qayta tiklash mumkin. Buning uchun Ctrl va Z tugmachalari bosiladi yoki menyuning Pravka-Otmenit buyrug`idan foydalaniladi. Otmenit so`zdan keyin oxirgi bajarilgan buyruqni nomi chiqadi.
    O`chirilgan matnni tiklash
    Agar siz tasodifan matnning kerakli qismini o`chirgan bo`lsangiz, [Ctrl]Q[Z] tugmachalari yoki “PRAVКA” menyusining “OTMENIT” komandasi yordamida o`chirilgan matn qismini tiklashingiz mumkin. Uskunalar panelidagi - “OTMENIT” tugmasi ham qilingan xatoni bekor qiladi. Bekor qilishning o`zini bekor qilish, ya`ni xato qilingan joyga qaytish uchun uskunalar panelidagi - “VERNUT” tugmasini bosish kerak.
    Matnning qismlarini boshqa joyga ko`chirish va ulardan nusxa olish. Matnning biror bir qismidan nusxa olish yoki boshqa joyga ko`chirish uchun bir necha usul mavjud:
    I. Sichqoncha yordamida:

    • matnni belgilang,

    • sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini belgilangan matnga olib borib, chap tugmachasini bosib turing, sichqonchaning ko`rsatkich strelkasi punktir shakliga ya`ni I ko`rinishga o`tadi;

    • nusxa olish uchun Ctrl tugmachasini bosing, sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini tepasida "Q" belgi chiqadi;

    • sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini yurgizing va nusxa olish yoki ko`chirish joyiga olib boring.

    II. matnni belgilang;

    • matnni yurgizib, nusxa olish yoki ko`chirish joyini ekranga chiqaring;

    • Ctrl tugmachasini bosib turing;

    • nusxa olish uchun Shift tugmachasini bosib turing;

    • sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini nusxa olish yoki ko`chirish joyiga olib kelib, o`ng tugmachasini bosing.

    2. Klaviatura yordamida.
    - matnni belgilang;
    - ko`chirish uchun F2 tugmachasini bosing; nusxa olish uchun Shift va F2 tugmachalarni bosing;

    • kursorni kerakli joyga olib boring (bu ishlarni bekor qilish uchun Esc tugmachasi bosiladi);

    Enter tugmachasini bosing.
    3. Windowsning Bufer Obmena dasturi bor. Bufer Obmenaga kesib olingan yoki nusxa olingan matnning qismi yoki grafigi vaqtincha joylanadi. Matnni yangi qismi yoki grafigi joylanganda, eskisi o`chirilib ketadi.
    - Nusxa olish uchun:
    - matnni belgilang;
    - menyuning “Pravka-Кopirovat” buyrug`ini tanlang yoki CtrlҚS (Ctrl) +(Insert) tugmachalarini bosing;
    - kursorni kerakli joyga olib keling;
    - menyuning “Pravka-Vstavit” buyrug`ini tanlang yoki CtrlҚV (ShiftҚIns.)
    Ko`chirish uchun:

    • matnni belgilang;

    • menyuning “Pravka-Virezat” buyrug`ini tanlang yoki CtrlҚX (Shift+Del) tugmachalarini bosing;

    • kursorni kerakli joyga olib boring;

    • menyuning “Pravka-Vstavit” buyrug`ini tanlang yoki CtrlҚV (ShiftҚIns.).

    Agar bu ishlarni bajarishida hatolar yuz bersa, menyuning “Pravka-Otmenit” buyrug`i yoki Ctrl va Z tugmachalari yordamida qilingan ishlarni bekor qilish mumkin. Bajarilgan buyruqlar orqaga qarab bajariladi.

    Download 164 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 164 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash

    Download 164 Kb.