|
Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash
|
bet | 9/13 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 164 Kb. | | #104193 |
Bog'liq 1352544020 35297Matnni bosmaga chiqarish
Matnni bosmaga chiqarishdan oldin, matnni boshidan oxirigacha ko`rib chiqing. Buning uchun "rejim predvaritelnogo prosmotra" tartibini ishlatsa bo`ladi. Bu tartib, matnni bosmaga qanaqa chiqadiganini ekranda ko`rsatadi. Uni ishlatish uchun menyuning «Fayl-prosmotr» buyrug`ini tanlang yoki instrumentlar panelidagi tugmachani bosing.
Hujjatni bosmaga chiqarish uchun bir necha usul bor:
1. Instrumentlar panelidagi printer ko`rinishdagi tugmachani bosing.
2. Menyuning «Fayl-pechat» buyrug`ini tanlang.
3. Ctrl va R tugmachalarini bir vaqtda bosing.
Ekranga "Pechat"(Bosma) muloqot oynasi chiqadi. Bu oynaning ba`zi bir elementlarini ko`rib chiqaylik.
Printer. Bu satrda joriy printer va uning ulangan porti ko`rsatiladi.
pechat. Bu erdagi ro`yxatdan hujjatning qaysi axborot turini bosmaga chiqarishini ko`rsatish kerak.
Kopii. Hujjatni nechta nusxa bilan chiqarish ko`rsatiladi.
Diapazon stranis. Bu erda, hujjatning qaysi betlarini bosmaga chiqarishni tanlasa bo`ladi.
Pechat. Bosmaga chiqarish tartibni tanlasa bo`ladi ya`ni tanlangan betlarning hammasini yoki tanlangan betlarning faqat toqlarini yoki tanlangan betlarning faqat juftlarini.
Jadvallar va rasmlar bilan ishlash
Word yordamida ikkita usul bilan jadvallarni yaratish mumkin. Birinchi usul bu - kiritilgan matnni jadvalga aylantirish. Ikkinchisi esa bu - bo`sh jadvalni kiritib, uni to`ldirish.
Matnni jadvalga aylantirish uchun quyidagilar bajariladi:
matnni tabulyasiya yordamida bo`lib, kiriting
matnni belgilab oling
menyuning Tablisa-Preobrazovat tekst buyrug`ini tanlang
- paydo bo`lgan muloqot oynasidagi "Razdelitel" satrida Tabulyatorni tanlang
OK tugmachasini bosing
Jadvalni yaratish uchun, kursorni jadvalning kiritilayotgan joyiga olib boring va menyuning “Tablisa-vstait tablisu” buyrug`ini tanlang. Paydo bo`lgan muloqot oynaga kerakli satrlarni va ustunlarni sonini ko`rsating. Bu ishlarni, instrumentlar panelidagi jadval ko`rinishidagi tugmachani bosib, bajarsa bo`ladi.
Kursorni jadvalning katakchalari bo`yicha yurgizish uchun klaviaturaning quyidagi tugmachalari ishlatiladi:
Tab -bir katak o`ngga
Shift+Tab - bir katak chapga
Ctrl+Tab - tablyasiya belgisini qo`yish
Home - jadvalni boshiga
Alt+Home - satrni birinchi katagiga
End - jadvalni oxiriga
Alt+ End - satrni oxirgi katagiga
Alt+PgUp - ustunni birinchi katagiga
Alt+PgDn - ustunni pastgi katagiga
Jadvaldagi matnni belgilab olish uchun klaviaturaning Shift va kursorning boshqarish(yo`nalish) tugmalaridan foydalaniladi. Кataklarning ichidagi matnni belgilab olish uchun sichqonchani ishlatish mumkin. Bitta katakni belgilab olish uchun sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini olib kelib, chap tugmasini uch marta bosing. Bitta ustunni belgilab olish uchun sichqonchaning ko`rsatgich strelkasini ustun ustiga olib kelib (sichqonchaning ko`rsatkich strelkasi shaklda bo`ladi), chap tugmachasini bosing. Jadval satrini belgilash oddiy matnning satrini belgilashiga o`xshaydi. Bu ishlarni menyuning «Tablisa-Vo`delit stroku» va «Tablisa- Vo`delit stolbes» buyruqlari yordamida qilsa ham bo`ladi.
Jadvalning oxiriga satrni qo`shish uchun kursorni jadvalning oxirgi katagiga olib kelib, klaviaturaning Tab tugmachasini bosing. Satrni jadvalning hohlagan joyiga qo`shish uchun quyidagilarni bajaring:
kursorni jadvalning qaysi satriga qo`ymoqchi bo`lsangiz, shu satrga olib keling
menyuning «Tablisa-vstavit stroki» buyrug`ini tanlang
Bir necha satr qo`yish uchun:
kursorni jadvalning qaysi satriga qo`ymoqchi bo`lsangiz, shu satrga olib keling
kursor turgan satrdan qancha satr qo`ymoqchi bo`lsangiz, shuncha satr pastga qarab belgilab oling
menyuning «Tablisa- vstavit stroki» buyrug`ini tanlang
Jadvalga ustun qo`shish uchun:
qaysi bir ustunning chap tarafiga yana bir ustun qo`shmoqchi bo`lsangiz, shu ustunni belgilab oling
menyuning «Tablisa- vstavit stolbso`» buyrug`ini tanlang
Bir necha ustun qo`shish uchun:
sichqoncha yordamida qancha ustun qo`shmoqchi bo`lsangiz shuncha ustunni belgilab oling; qaysi ustunning chap tarafiga ustunlar qo`shilsa, shu - ustun belgilab olingan ustunlar orasida birinchi bo`lib turadi.
menyuning «Tablisa- vstavit stolbso`» buyrug`ini tanlang
Menyuning «Tablisa- vstavit yacheyki» yordamida jadvalning hohlagan joyiga kataklar qo`shsa bo`ladi. Bu buyruqni tanlashdan oldin, suriladigan kataklarni belgilab olish kerak. Menyuning «Tablisa-udalit yacheyki» yordamida kataklarni yo`q qilsa bo`ladi. Кataklarni qo`shishga o`xshab ular ni yo`q qilishdan oldin qolgan kataklar qaysi joyga surilib ketishini ko`rsatish kerak.
Jadvalni yoki kataklarni o`lchamlarini menyuning «Tablisa-Vo`sota i shirina» buyrug`i yordamida o`zgartirsa bo`ladi. Bu buyruqni faqat kursor jadval ichida turganda tanlasa bo`ladi. Jadvallarni formatlash abzaslarni formatlashiga o`xshashdir.
Rasmlar bilan ishlash
Matnni hohlagan joyiga rasm o`rnatish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajaring:
kursorni kerakli joyga olib keling
menyuning «Vstavka-Risunok» buyrug`ini tanlang
«Tip» satrida rasmning formatini ko`rsating
faylning nomini tanlang
«OК» tugmachasini bosing
Kiritilgan rasmni hohlagan o`lchamini o`rnatish mumkin. Rasmni ustiga sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini olib kelib, chap tugmachasini bosing. Rasmni perimetri bo`yicha 8ta qora to`rtburchak paydo bo`ladi. Sichqoncha yordamida to`rtburchaklarni yurgizib, kerakli o`lchamni o`rnating. Holat satrida rasmning joriy masshtabi ko`rinib turadi.
Rasmni ramkaga olish mumkin. Buning uchun:
sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini rasmning ustiga olib kelib va chap tugmachasini bosib, rasmni belgilang
sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini belgilangan rasmni ustiga olib kelib, o`ng tugmachasini bosing chiziqlarni kerakli turini va rangini tanlang «OK» tugmachasini bosing
|
| |