|
Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash
|
bet | 12/13 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 164 Kb. | | #104193 |
Bog'liq 1352544020 35297Dars uslubi
Dars o’tishning turli uslublari bor, shuningdek, darsning o’zining ham turlari
xilma-xil bo’ladi.
Dars o’tishning an’anaviy uslublari quydagi reja-ssenariy bo’yicha kechadi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik, davomatni aniqlash, doskaning tozaligi,
bo’r, lattaning borligiga ishonch hosil qilish va hokozo.
2. O’tilgan mavzuni so’rash – O’qituvchi “Avvalgi darsda qanday mavzuni
o’tgan ediik, uyga qaysi misol-masalalar berilgan ediқ”, degan savolni o’rtaga
tashlaydi. O’tilgan mavzuni 4-5 o’quvchidan so’raladi. Ular, odatda, doska oldida javob bedradilar, shunda uy vazifasini bajargan daftarlarini o’qituvchiga ko’rsatish uchun o’zlari bilan birga olib chiqadilar. O’qituvchi o’quvchilarning javobini eshitadadi va uy vazifalarini ko’radi, ularni baholaydi. O’quvchilar javoblari bo’yicha fikr mulohazalar aytiladi. Yangi mavzuni bayon qilish. Bundan oldin doskaga mavzu sarlavhasi yoziladi. Ba’zi o’qtuvchilar shu vaqtning o’zidayoq yangi mavzu darslikning qaysi paragrifida, nechanchi betlari ekanini, qaysi mashqlar uyga vazifa qilib berilishini, doskaning bir chetiga ( ko’pinch o’ng yuqori burchgiga) yozib qo’yadilar. So’ngra yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni o’quvchilar qanday
tushunadilar, darsdan ko’zlangan maqsad erishildimi-yo’qmi ekanini aniqlash, mavzuning asosiy g’oyasini, “nuqtalari”ni mustahkamlash uchun o’qituvchi mavzuga oid savol berib ko’radi, mashqlar ishlatadi. Bunda tajribali o’qtuvchilar sinfning faolligini oshirish, mavzu o’quvchining ongiga singib olish uchun turli uslublardan foydalanadilar. Masalan, tarqatma matriallar berish, o’quvchilarni
guruhlarga ajratish, har bir guruhga avvaldan tayyorlab kelingan topshiriqni berish
va hokazo.
O’qituvchi mashqlarni bajarish jarayonida sinfni aylanib, kim qanday
ishlayotganini kuzatadi, zarur hollarda yordam beradi. “Savollar bormi?”- deb so’rab turadi.
5. Darsni yakunlash, o’quvchilarning bilimini baholash. O’qituvchi
mashqlarni bajarilishini va jovoblarni tahlil qiladi. Mavzuning o’quvchilarga “etib
bormagan” joylarini aniqlaydi. Bu “joy”larini qayta tushuntirib, izohlab beradi.
Doskada faol qatnashgan, savollarga javob bergan, topshiriqni bajargan o’quvchilar baholanadi. Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol.
Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning
nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz. Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar. Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan.
“Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda
saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi.
Unga ko’ra mavzu bayonini;
• faqat eshitganda uning 10-20%i;
• eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30-
50%i;
• eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni
o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi. Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”.
Xulosa.
Hozirgi davrda kompyuter grafikasi qo`llanilmaydigan sohaning o`zi yo`q. Jamiyatning barcha jabhalarida kompyuter grafikasidan foydalaniladi. Ayniqsa, keyingi paytlarda matbaa sohasida rang-barang suratli adabiyotlar, o`quv qo`llanmalar, badiiy asarlarning paydo bo`lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanish rivojlandi. Dars jarayonida ham o`quvchi yoshlarni oddiy rang tasvir bilan e`tiborini jalb qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Sababi hozirgi kunda o`quvchi qo`lidagi telefon, kompyuter, planshet kabi texnikalarning dasturiy ta’minoti, dizayni, ilovalari yuksak darajada ishlab chiqilgan. Shu sababli o`quvchilar kompyuter grafikasi fanini yaxshi o`zlashtirishi, kelajakda sifatli tasvirlar yaratilishiga olib keladi. Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:
Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun ishlatiladi.
Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko`rsata bilish uchun xizmat qiladi.
Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashtirishni ta`minlaydi.
Illyustrativ grafika.
Xizmat ko`rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi.
Badiiy grafika. San`at asarlarini yaratishda keng qo`llaniladi. Ilmiy sohada izlanish natijalarini, ko`rsatkichlarini oson va qulay ko`rinishda tasvirlashda grafika foydalaniladi. Ayniqsa, matematika, geometriya, kimyo, biologiya kabi fanlarni o`qitishda turli shakllarni ikki, uch o`lchovli ko`rinishda tasvirlashda, tasvirni o`quvchi ko`z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda kompyuter grafikasining o`rni beqiyosdir. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin. Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi. Bu loyihadan ko`zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat. Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar, web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ushbu o`quv qo`llanmada tasvir turlari, kompyuter grafikasi turlari, grafik formatlar, rang modellari, proyeksiyalar, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari, tasvirlarni filtrlash, Adobe Flashda animatsiyalar kabi mavzular to`liq yoritib berilgan. O`ylaymanki, ushbu o`quv qo`llanma oliy o`quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o`rta maktab o`quvchilari va mustaqil o`rganuvchilarda kompyuter grafikasiga bo`lgan qiziqishini oshirishga, dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzishga, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratishga, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi. Grafika dasturlari dizaynerlar, fotosuratchilar, quruvchilar va boshqalar. Funktsiyalari soniga qarab qaysi orasida kasb-hunar, turli xil, ular Windows to'plami ichida bo'yoq kabi juda katta hajmni (grafik paketlar) va oddiy bo'lishi mumkin. Jami vektor grafika, shu narsa, bunday turdagi uch turi bor bitmap rasmlari, aniq, 3D-tasvirlarni olish uchun fayllar. Raster grafik dasturlari so'nggi va rangi hujjat har biri'rab, nuqta ustidagi rasm. A vektor bir butun chiziq, shakl, yoki bir kamon kerak. Filtrlar, va tasvirlar boshqa, bu chetiga qayta ishlash bir qancha ta'minlash, aralashtirish, bir a'zosi barqaror modellarini olish, rasm va qatlamlar o' hujjat uzatmoqchi yoki siq - Bundan tashqari, ular naqshinkor manip juda ko'p beradi.
|
| |