O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI
MATN TAHLILI USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTRISH
(umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)
Samarqand 2023
J.Xudoyqulov- Pedagogika- psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi. Matn tahlili ustida ishlash orqali o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantrish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand VPYaMO‘MM, 2023- yil 24 bet
Muharrir: Muharrir: F.Abdullayev - Samarqand VPYaMO‘MM
o‘qituvchisi
Taqrizchilar: SamDU “Boshlangich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchi, M.Hazratqulov
Samarqand VPYaMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va
maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi H.Qoraboyev
Ushbu uslubiy ko‘rsatma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, boshlang‘ich ta’lim yonalishida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrantlar foydalanishlari mumkin. Ushbu uslubiy ko‘rsatmada boshlang‘ich sinflarda didaktikmateriallarni tayyorlash va uardan foydalanishning shakl, metod va vositalari sharhlangan va metodik tavsiyalar berilgan.
Uslubiy ko‘rsatma pedagogika markazi Ilmiy- metodik kengashining 2023- yil ___- ______dagi № ____ sonli yig‘ilish qarori bilan nashr etishga ruxsat berilgan.
Munjadarija:
Kirish.
1. Matn taxlili ustida ishlashning asosiy bosqichlari.
2. Har xil janrdagi matnlarni o‘qitish metodikasi.
3. Badiy asar matni ustida ishlash orqali o‘quvchilar savodxonligini rivojlantirish.
Xulosa.
Adabiyotlar ro‘yhati.
Kirish
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri to‘g‘ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o‘qituvchining savoli o‘quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar.
O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o‘zaro bog‘liqlikni yoritishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalanadi: ayrim faktlarni o‘zaro bog‘laydi (sintezlaydi), bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko‘pincha boshang‘ich sinf o‘quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama yuritadigan, ularni o‘zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi lozim. O‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko‘z oldigan keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
|