|
Mavzu -1: Axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari. Axborot uzatish usullari. O`qitishda axborot texnologiyalari. Reja
|
bet | 27/29 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 481,5 Kb. | | #119447 |
Bog'liq Axborot texnologiya mavzulariWWW— «Jaxon urgimchak turi» aloqa tarmog’i (qisqacha Web) tizimida ma’lumotlar gipermatnli xujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli xujjatlarga yul ko’rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar kaysi mamlakatning serverida turi-shidan katьi nazar) tezda utish imkoniyatini beradi. Matnlar bilan bir qatorda WWW xujjatlarida mulьtimedia ma’lumotlarini xam kurish mumkin. Matndan tashkari boshqa shakldagi ma’lumotlarni xam beruvchi xujjatlar gipermedia xujjatlari deyiladi.
Multimedia— kompyuterda axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli fafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chikishi va sintezlangan musikalar, annimatsiya, shuningdek tulaqonli videokliplar, xatto videofilmlar bilan ishlashdir.
Sayt— grafika va mulьtimedia elementlari joylashtiril-gan gipermedia xujjatlari ko’rinishidagi mantikan butun axbo-rot xajmidir.
Savollar:
Internet nima?
HTML tili qanday til?
HTML da gipermatn, gipermedia, multimedia, sayt yaratish qanday amalga oshiriladi?
Elektron pochta nima?
Mavzu-_: Kompyuterlashtirish istiqbollari va muammolari. O’zbekiston kompyuter tarmoqlari.
Reja:
O’zbekistonda kompyuterlashtirish istiqbollari va muammolari.
O’zbekiston kompyuter tarmoqlari.
O’zbekistonda kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari
Respublikamizda kompyuter texnikasi bilan bog’liq muassasa-larning tashkil kilinishi, ularning yunalishlari bu soxada faoliyat ko’rsatayotgan vatandoshlarimiz haqidagi maьlumotlar xamda «O’zbekiston Respublikasida ma’lumotlarni uzatish Milliy tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi»da nazarda tutilgan vazifalar bobning mazmunini tashkil etadi.
Kompyuterlashtirish istiqbollari va muammolari
O’zbekiston Respublikasida tarmoqlarni avtomatlashtirish ishlari muntazam olib borilgan. O’rtaOsiyo respublikalari ichida birinchi marta 1956 yilda UzFA matematika instituti kotila xisoblash texnikasi bulimi ochildi. 1958 yil 30 dekabrda O’rtaOsiyoda birinchi bulib «Ural» elektron-hisoblash mashinasy (EXM) ishga tushirildi. Keyinchalik 1962 yilda Toshkent shaxrida M20 rusumli (Qozon avtomatlashgan mashinalar zavodi mahsuloti), yarim utkazgichli M220 rusumli, «Minsk 22», «Ural 2», «BSM6—1», «BSM6—2» rusumli EXM lar ishga tushirildi.
Toshkent shaxri sobiq shurolar davridayoq elektron-hisoblash mashinalari soxasidagi markazlarning biriga aylangan edi. 1966 yilda markaziy xisoblash bulimi negizida «Kibernetika» il-miy ishlab chiqarish birlashmasi ochildi. Bu birlashmada xukumat va jamoat tashkilotlarining buyurtmalariga kura ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilar edi. 1978—79 yillarda «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida markazlashgan konst-ruktorlik-texnika byurosi, shuningdeq tajriba — sinov zavodi ochildi. Bu ilmiy-amaliy muassasalarda respublikamizda kuzga kuringan olimlar (V. Q. Qobilov, F. A. Abutolipov, T. B. Buriev, B. M. Bondarenko, T. Komilov, T. F. Bekmuratov, R. R. Sa’dullaev, S. Ortiqova, X- 3. Iqoomova, S. Karimberdieva va boshqalar) faoliyat ko’rsatmokdalar.
Respublikamizda informatika fanining uqitilishi buyicha xam katta yutuklarga erishilmokda.
Sizga ma’lumki, «Informatika va xisoblash texnikasi asos-lari» predmetini o’rtamaktablarning X—XI sinflarida urga-nish 1985—86 o’quv yilidan boshlab joriy kilingan edi. Ushbu predmetni 8-sinfdan boshlab o’qitish MDX mamlakatlari ichida birinchilardan bulib respublikamizda yulga kuyildi (1993—94 o’quv yili). Ushbu predmetni o’qitish uchun dastur, o’quv rejalari ishlab chikilib, 1993 yilda 8- sinf uchun (A. A. Abduqodirov, T. Azlarov va boshqalar muallifligida), 1994 yilda 9- sinf uchun (A. A. Abduqodirov, T. Azlarov va boshqalar muallifligida), 1996 yil 10- sinf uchun (A. A. Abduqodirov muallifligida), 1999 yil 11-sinf uchun* (B. Boltaev, M. Mahkamov muallifligida) dars-liklar yaratildi, 8 va 9-sinflar uchun predmetni o’qitish sama-radorligini ta’minlovchi mashklar tuplamlari (A. A. Abduqodi-rov va A. R. Xayitov muallifligida) nashrdan chiqarildi. SHuningdeq respublikamizda informatika o’qitish mazmunini takomillashtirishga karatilgan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmokda.
2001 yil aprel oyida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufida yangi axborot texnologiyalari markazi tashkil etildi.
Mustaqil respublikamizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni samarali va sifatli darajada kullash, xududimizdagi kompyuterlar bozorini kengaytirish va shunga uxshash yunalishlarda qator tadbirlar utkazildi va yangi-lari rejalashtirilmokda.
Yangi iqtisodiy mexanizmlarga utish davrida uzining texno-logik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini kullash orqali amalga oshiriladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan chet el firmalarining boshida Amerikaning COMPUTERLAND firmasi turadi (bu firma respublikamizda 1991 yildan buyon faoliyat ko’rsatadi). CHet el firmalarining vazifasiga nafaqat kompyuter va boshqa texnika-larni sotish, balki resiublikamiz mutaxassislari bilan birga-likda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chikish kiradi. Xozirgi kunda diyorimizda faoliyat ko’rsatayotgan kompyuterlar soni 100 mingdan oshib ketdi va ular, asosan, IBM, COMPAQ, HEWLETT PACCARD, EPSON, DAEWOO, SONY firmalarining mahsulotlari hisoblanadi. Resiublikamiz poytaxti Toshkent shahrida COMPUTERLAND/MBL firmasining O’rta Osiyodagi shtabi joylashgan. Bu esa vatanimizda madaniyat, ilm-fan rivojlanishi, avlodlarning keng miqyosda bilim olishida muhim rolь uynaydi. Vatanimizda chet el firmalarining faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish yulida «Uzekspomarkaz» ning roli katta. Xar yili bu markazda kompyuter va biznes soxasidagi unlab xalqaro kurgazma va ilmiy-amaliy anjuman, seminar, simpoziumlar utka-ziladi. Ularning amaliy axamiyati, yoshlarimizning bu soxalarda bilim olishlaridagi hissasi bekiyosdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu -1: Axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari. Axborot uzatish usullari. O`qitishda axborot texnologiyalari. Reja
|