|
O’zbekiston respublikasi bank tizimi rivojlanish bosqichlari
|
bet | 2/4 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 269,3 Kb. | | #271582 |
Bog'liq Презентация1 - 1) 1917-1930 yillar
- 2) 1932-1988 yillar
- 3) 1988-1991 yillar
- Mustaqillik yillari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMINING VUJUDGA KELISHINING ILK HUQUQIY ASOSI 1991 15- FEVRALDAGI ‘’BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TUG’RISIDAGI QONUN HISOBLANADI 2019 YIL 5- NOYABRDA YANGI TAHRIRI CHIQDI YANGI TAHRIR 12 TA BOB 83 MODDADAN IBORAT - 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
- 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimini yaratish bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashga qaratildi.
|
| |