Mavzu: 1 O‘zgarmas tok qonunlari. Metal, vaukum va gazlardagi elektr toki




Download 62,16 Kb.
bet1/16
Sana06.12.2023
Hajmi62,16 Kb.
#112480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mavzu 1 O‘zgarmas tok qonunlari. Metal, vaukum va gazlardagi el-fayllar.org


Mavzu: 1 O‘zgarmas tok qonunlari. Metal, vaukum va gazlardagi elektr toki

Mavzu:1 O‘zgarmas tok qonunlari.Metal, vaukum va gazlardagi elektr toki. 
Elektr toki— elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
  • moddada erkin elektr zaryadlari;


  • ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon;


  • zanjir berk boʻlishi kerak.


Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.


Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:
  • issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi;


  • kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);


  • magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar);


  • kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);


  • yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.


Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan. elektr tokining ishi nima


Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi.
Elektr toki o’tadigan y o’ldagi turli elektr tuzilmalar yig’indisi elektr zanjiri deyiladi. Har qanday elektr zanjir uchta asosiy elementdan, tok manbaidan, iste’molchilardan va tutashtiruvchi simlardan tashkil topgan b o’ladi
Tok manbai elektr zaryadlarni berk zanjirda yurgizib ma’lum ishni bajaradi. Ayrim musbat zaryadni berk zan­jirda yurgizish ishi elektr yurituvchi kuchi (EYUK) deyi­ladi: EYUK ning birligi — Volt (V):
1 Volt =
1.Elektr yurituvchi kuch manbalarining bir necha turi bor:
2.Galvanik elementlar:
3.Akkumulyatorlar;
4.Elektr generatorlar;
Kremniyli yarim o’tkazgichli fotoelementlar (kuyosh batareyalari).
Elektr energiya iste’molchilari qatoriga elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr dvigatellar, yoritish lampalari, elektr energiyani issiqlikenergiyasiga aylantiruvchi isitish asboblari va hokazolar kiradi.Elektr zanjirlarda asosiy elementlardan tashqari uzgichlar, knopkalar, rele, kontaktorlar, himoya asboblari, masalan, saqlagichlar va avtomatlar, nihoyat kontrol o’lchov asboblari: ampermetrlar, voltmetrlar, schyotchiklar va hokazolar ishlatiladi.. Bu sxema tok manbai Е, uzgich В, reostat R va yoritish lampasidan tashkil topgan.
OM QONUNI
To’la zanjir uchun Om qonuni quyidagicha ifodalanadi: berk zanjirda tok qiymati elektr yurituvchi kuch qiymatiga tug’ri proportsional, ichki va tashqi qarshiliklarning yig’indisiga teskari proportsional bo’ladi: yoki
r0 — tok manbaining ichki qarshiligi, R — zanjirning tashqi qarshiligi, — tok manbaining ichki qarshiligida kuchlanishning tushishi,
— tok manbai­ning qisqichlar orasidagi kuchlanishi, I — tok kuchi.

Download 62,16 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 62,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: 1 O‘zgarmas tok qonunlari. Metal, vaukum va gazlardagi elektr toki

Download 62,16 Kb.