|
Mavzu: Adobe photoshop dasturining asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti menyusi. Instirumentlar paneli. Ranglar paletrasi. Xossalar paneli, holat qatori. Reja
|
bet | 6/11 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 114,78 Kb. | | #263130 |
Bog'liq adobe-photoshop-dasturining-asosiy-tushunchalari-dasturning-ishchi-muhiti-menyusi-instirumentlar-paneli-ranglar-paletrasi-xossalar-paneli-holat-qatoriKengaytirilgan funksiyalar
Adobe Photoshop Extended dasturining yangi versiyalaridan (CS4 dan) boshlab Adobe Acrobat 3D, Autodesk 3ds Max, Maya va Google Планета Земля dasturlarida yaratilgan 3D formatdagi tasvirlarni ochish hamda tahrirlash mumkin. Photoshop 3D fayllarning quyidagi formatlarini oʻqiy oladi: U3D, 3DS, OBJ, KML va DAE. Uch oʻlchamli suratlarni ikki oʻlchamli suratlarga qoʻshish mumkin. Tahrirdan soʻng ishni GIF-animatsiya yoki PSD koʻrinishida saqlash mumkin va uni Adobe Premiere Pro yoki Adobe After Effects video dasturlarida koʻrish mumkin.
CS versiyasidan boshlab PSda skriptlar bilan ishlash imkoniyati bor. Photoshop DIOCOM (Digital Imaging and Communications in Medicine) — tibbiyotdagi raqamli tasvirlar fayllarini oʻqiy oladi. PS Extended dasturi orqali MATLAB tasvirlar bilan ishlash mumkin.
Boshqa qurilmalar uchun koʻrinishlari
„Adobe Systems“ kompaniyasi „Adobe Photoshop“ grafik muharririning planshet kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyasini namoyish qildi. Ushbu dastur „Adobe Photoshop Touch“ deb nomlandi. 2010-yilda chiqarilgan „Adobe Photoshop Express“ mobil grafik muharriridan farqli oʻlaroq, yangi dastur koʻproq „Photoshop“ning desktop kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyasiga oʻxshab ketadi. Unda, xususan, „qatlamlar“ funksiyasi va barmoqlar bilan rasmlarning alohida fragmentlarini „belgilash“ imkoniyati mavjud. Ushbu dasturda qayta ishlangan rasmlarni Facebook ijtimoiy tarmogʻiga yuborish yoki kompaniyaning yangi „Adobe Creative Cloud“ bulutli servisiga joylashtirish mumkin. „Adobe Photoshop Touch“ ham kompaniyaning „Adobe Touch Apps“ ilova-dasturlar paketi tarkibiga kiradi. Paket 6 ta dasturdan iborat: rasmlarni tahrirlash uchun „Adobe Photoshop“, kollajlar yaratish uchun moʻljallangan „Adobe Collage“, tayyor ishlarni namoyish qilish uchun „Adobe Debut“, vektor grafikasini tahrirlovchi „Adobe Ideas“, ranglarni aralashtirish uchun „Adobe Kuler“ va veb-sayt eskizlarini yaratish uchun „Adobe Proto“ dasturlari.
Adobe Photoshop asboblar panelida turli xil ishni bajariadigan oynalar joylashgan. Har biri Adobe Photoshop dasturining biror-bir buyrug’ini anglatadi. Agar asboblar panelida biron-bir oyna bo’lmasa, menyu satring Okno punktida Vkl. Panel buyrug’ini tanlang.
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda oynada ko’zga tashlanib turadi. +olganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan oynaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu oyna tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili oyna ustida «sichqoncha» ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqariladi va kerakli oyna ustida kursorni qoldirib «sichqoncha» ning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Har bir oynaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning kanday vazifani bajarishi xaqidagi axborot paydo bo’ladi.
+uyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo’llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
Pryamougolnaya oblast: To’g’ri to’rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi. Ushbu oynaga qo’shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon xududi ortadi. Shift klavish o’rnida Alt klavishi qo’llanilgan taqdirda belgilangan maydon xududi qisqaradi. Ushbu amal Lasso va Volshebnaya palochka asboblari bilan ishlashda qo’llaniladi.
Ellipticheskaya oblast: Doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu oyna yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Adobe photoshop dasturining asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti menyusi. Instirumentlar paneli. Ranglar paletrasi. Xossalar paneli, holat qatori. Reja
|