|
Mavzu: Adobe photoshop dasturining asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti menyusi. Instirumentlar paneli. Ranglar paletrasi. Xossalar paneli, holat qatori. Reja
|
bet | 10/11 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 114,78 Kb. | | #263130 |
Bog'liq adobe-photoshop-dasturining-asosiy-tushunchalari-dasturning-ishchi-muhiti-menyusi-instirumentlar-paneli-ranglar-paletrasi-xossalar-paneli-holat-qatoriRanglar bilan ishlash.
Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun to’rtta asbob ajratilgan :
OSNOVNOY TSVET. Ushbu oynasida qanday rang ko’rsatilgan bo’lsa, KOVSH, LINIYa, KARANDASH, KIST, AEROGRAF va shuningdek, Alt klavishi bilan birgalikda qo’llanganda PALETS oynasi uchun o’sha rang asosiy xisoblanadi. Osnovnoy tsvet oynasidagi rang PIPETKA yoki ushbu oyna ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali o’zgartiriladi.
TSVET FONA. Ko’satilgan rang LASTIK oynasi bilan ishlanganda qo’llaniladi. TSVET FONA oynasidagi rang OSNOVNOY TSVET oynasida rangni o’zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo’lsa, bunda ham huddi o’sha amalga rioya qilish lozim yoki PIPETKA oynasi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
PEREKLYuCHENIE TSVETOV, kursorni ushbu oyna usida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o’rin almashadi.
STANDARTNO’Y TSVET . kursorni ushbu oyna ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangini standart ranglar qora va oq rangga almashtiriladi.
Ranglarni tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches oynalaridan ham foydalanish mumkin. (rasm)
RGB (red, Green, Blue qizil, ko’k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorlarda aks ettiriladi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumakin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
CMYK – tabiatda mavjud bo’lgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson ko’zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o’ziga mujassamlashtirgan. quyosh nurlari biror – bir jismga tushganda uning ta’siri ostida inson ko’zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun binolarning o’t o’chirish burchaklariga osib qo’yilgan o’t o’chirgichlar to’q ko’k va zangori ranglar bilan bo’yalishiga qaramay, bizning ko’zimizga to’q qizil rangda ko’rinadi. Ranglarni bir biriga qo’shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
C – havorang, M – binafsharang, Y - sariq rang,
K - qora rang.
RGB ranglar majmui keng ko’lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko’p qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. SHu bois ham ko’plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYK sistemasiga o’tkazadilar. Ayrim mutahassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslaxat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiynchiliklar tug’diradi. Ayni shunday qiynchiliklardan biri – kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan bo’lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo’shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga mo’ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB sistemasida ishlaydi. SHuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval CMYK sistemasiga o’tkazib olish maqsadga muvofiq.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Adobe photoshop dasturining asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti menyusi. Instirumentlar paneli. Ranglar paletrasi. Xossalar paneli, holat qatori. Reja
|