|
Mavzu: Adobe photoshop dasturining asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti menyusi. Instirumentlar paneli. Ranglar paletrasi. Xossalar paneli, holat qatori. Reja
|
bet | 2/11 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 114,78 Kb. | | #263130 |
Bog'liq adobe-photoshop-dasturining-asosiy-tushunchalari-dasturning-ishchi-muhiti-menyusi-instirumentlar-paneli-ranglar-paletrasi-xossalar-paneli-holat-qatoriDasturning boshlanishi
1987-yilgacha John Noll „Lucasfilm“ firmasining Industrial Light and Magic (ILM) boʻlimida „Star Wars“ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Thomas bu vaqtda „Tasvirlar bilan ishlash“ toʻgʻrisidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Thomasning Apple Mac plus monitorli kompyuteri „Grayscale Images“ tasvirini namoyon qilmadi. Thomas vaziyatni oʻzgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizigʻi shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini koʻrgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Birinchi versiya 1987-yil Michigan universiteti talabasi Thomas Noll tomonidan Macintosh platformasi uchun yaratilgan. John oʻzining „Kompyuter grafikasi asoslari“ kitobida shunday yozadi:
“
|
Men Thomas ishlarining natijasini koʻrganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga oʻxshashligini koʻrib hayron qoldim
|
”
|
. Oʻshandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan koʻp vaqt oʻtmay John yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini koʻchirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni oʻylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalgʻitdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt oʻtmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini oʻylab topdi va ishlov berish asboblar toʻplamini tuzdi. Keyinchalik bular „Plug-ins“ deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va toʻyinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam boʻldi. Oʻsha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda boʻlgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da boʻlgan. 1988-yilda Tomas „Display“ning nomini „ImagePro“ deb oʻzgartirdi. Dastur oʻsha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni oʻylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas oʻz dissertatsiyasini tugatmagan, toʻliq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga oʻxshash dasturlarni analiz qilishib, oʻz dasturlari „Image Pro“ ni boshqalardan oldinga oʻtib ketganligini aniqlashdi.
„Image Pro“dan „Photoshop“ga oʻtilishi
Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo boʻlganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop koʻringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ koʻringanday. Qizigʻi shundaki, koʻp dastur tuzuvchilar oʻz yoʻnalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur boʻlgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni oʻz mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon oʻz dasturiga eʼtiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga oʻz dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-direktor ga namoyish etildi. Direktorga maʼqul boʻldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Adobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur toʻla sotilmadi, faqat litsenziyalandi. 1988-yili Adobe Inc. firmasi dastur uchun huquqlarni sotib oldi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli boʻlib qoldi. 1989-yili dastur „Photoshop“ deb nomlandi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan toʻxtab qolishmadi. Oldinda juda ham oʻgir ish — Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni koʻrishdi. Qizigʻi shunda ediki, baʼzi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi hodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga toʻgʻri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni toʻgʻri ishlatish koʻp foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni oʻzgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qoʻllab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. Soʻzsiz 1-versiyaning chiqishi, koʻp xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli boʻldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u oʻsha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi.Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini taʼkidladi. Oʻsha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ boʻlishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letrasetʼs ColorStudio dasturi edi. 2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizigʻini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan baʼzi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qoʻshildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qoʻl keldi. Sotish boʻyicha birinchi menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo boʻlgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Koʻp miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo boʻldi. 3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida boʻlib, ular qavatlar(Layers) ni taʼminlovchi dasturni rivojlantirdilar. Layers ni koʻpchilik qoʻllab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, koʻpgina rassom va dizaynerlarni oʻziga jalb qildi. Layers oʻsha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qoʻllardi. Meta Creations juda katta xatoga yoʻl qoʻygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx qoʻyib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi versiyalarda Layers ga oʻxshash katta oʻzgarishlar boʻlmadi, lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning sanʼat imkoniyatlari oshdi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Adobe photoshop dasturining asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti menyusi. Instirumentlar paneli. Ranglar paletrasi. Xossalar paneli, holat qatori. Reja
|