|
Adobe Creative Suite paketi tarkibida
|
bet | 3/11 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 114,78 Kb. | | #263130 |
Bog'liq adobe-photoshop-dasturining-asosiy-tushunchalari-dasturning-ishchi-muhiti-menyusi-instirumentlar-paneli-ranglar-paletrasi-xossalar-paneli-holat-qatoriAdobe Creative Suite paketi tarkibida
2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmogʻi mahsulotlariga tegishli edi. 2007-yilgi Photoshop 10.0 dasturi Photoshop CS3 deb nomlandi. CS3 — dastur Adobe Creative Suite dasturlar paketining uchinchi versiyasiga moslashganini bildiradi. Eski CS va CS2 versiyalari dasturning yangi tarmoqqa mansubligini bildirish va oldingi versiyalaridan farqlantirish maqsadida dasturning bosh ramzida 3 dan 7 versiyasigacha mavjud boʻlgan koʻz chiroyli patlar bilan oʻzgartirildi. Yangi versiya yangi imkoniyatlarga ham ega boʻldi. Photoshop CS3 ramzida esa koʻk chegarali toʻrtburchak ichidagi PS yozuvi aks etadi.
Adobe Creative Cloud paketi tarkibida
2013-yil iyunida ishlab chiqilgan Photoshop 14 Photoshop CC nomiga ega. CC qisqartmasi dastur Adobe Creative Cloud dasturlar paketi tarmogʻiga moslashtirilganini bildiradi. 2014-yildan boshlab mahsulot versiyalari yangi nomlanishga ega boʻldi: endi uning nomida qachon ishlab chiqilgani ham yoziladi (Photoshop 2014.0.0). Yangi versiyaga Adobe Camera RAW plagini ham oʻrnatildi, endilikda dastur koʻplab fotokameralardan suratlarni toʻgʻridan toʻgʻri ola oladi.
Eng koʻp qoʻllaniladigan formatlar:
BMP (Windows Bit map — Windows ning vit xaritasi) — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qoʻllovchi dastur Microsoft Paintda keng qoʻllaniladi.
JPEG, JPG (Joint Phonographic Experts Group) — hozirgi kunda eng koʻp qoʻllaniladigan formatlardan biri boʻlib, uning asosiy afzaliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida oʻzgarish boʻladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.
TIFF (Tagger Image File Format) — bu formatdagi fayllar ham keng qoʻllanadi. Lekin Tiff formatidagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilari ravishda kamayishi mumkin.
RGB (red, Green, Blue — qizil, koʻk, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorlarda aks ettiriladi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
CMYK — tabiatda mavjud boʻlgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson koʻzlari ajrata oladigan barcha ranglarni oʻziga mujassamlashtirgan.
Quyosh nurlari biror — bir jismga tushganda uning taʼsiri ostida inson koʻzlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning oʻt oʻchirish burchaklariga osib qoʻyilgan oʻt oʻchirgichlar toʻq koʻk va zangori ranglar bilan boʻyalishiga qaramay, bizning koʻzimizga toʻq qizil rangda koʻrinadi.
Ranglarni bir biriga qoʻshilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: S — xavorang, M — binafsharang, Y — sariq rang, K — qora rang. RGB ranglar majmui keng koʻlamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning koʻp qismi (ayniqsa, yorkinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois xam koʻplab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYKsistemasiga oʻtkazadilar.
|
| |