• Eneolit - Mis-Tosh
  • Bronza davru
  • Nmanapati
  • Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda dehqonchilik hunarmandchilik chorvachilik




    Download 48,87 Kb.
    bet6/8
    Sana22.01.2024
    Hajmi48,87 Kb.
    #143360
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Aholinig asosiy mashg’ulotlari dehqonchilik; hunarmandchilik chorvachilik ..1

    3.Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda dehqonchilik hunarmandchilik chorvachilik
    Milodimizdan awalgi III ming yillikning oxirlariga kelib, Markaziy Osiyo hududida tosh davri tugadi, u o'z o'rniii eneolit va keyinchalik bronza asriga bo'shatib berdi. Arxeologiyaga oid qazilma manbalarning guvoh lik berishicha, ibtidoiy odam metall olamiga dastlabki misni ixtiro qilish orqali kirgan. Odamlar misdan uncha katta bo’lmagan pichoqlar, bigiz, ignalar, boltalar, uzuklar, munchoqlar, isirg'alar tayyorlaganlar. Shuning uchun metallii qo'llashning bu ilk davri Eneolit - Mis-Toshdavri deb ataldi.
    Bu davrda dehqonchilik va chorvachilikda ham birmuncha malaka hosil qilingan; yashash uchun zarur bo’lgan o'simliklarni suntiy o'stirishga o'ta boshlanganlar. Batzi ov qilingan hayvonlarni qo'lda boqish o’tdi tusiga kira borgan.
    Sekin-asta mehnat qurollari takomillashtirilib, rudali metallar, mis, qalay, kumush, oltinni ixtiro qilganlar va ularni eritish, quyish, ulardan foydalanish yo’llarini o’rganganlar.
    Bronza mis va qalay aralashmasidan iborat bo’lib, u misga qaraganda katta afzalliklarga ega. Ishlab chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida Bronza davruboshlangan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo'jaliri, texnika va madaniyat sohasidagi erishilgan yutuqlar ana shu davr bilan bog'liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko'lida va Sarazmda o'tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar haq ekanligiga guvoh lik beradi. Zamonbobo ko'li atrofidagi qabrlar ochib, qo'rilgan. Ularda bittadan, ikkitadan va hatto uchtadan ko'milgan mayit qoldiqlari naqshli sopol idishlar va har xil buyumlar topilgan. Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, pichoqsimon yapasqi buyumlar topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-kichik kurakchalar ham da lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan bezaklar; tosh bezaklari va hatto oltindan yasalgan marjonlar bo’lgan.
    Kuzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi dehqonchilik_bilan, chorvachilik bilan ham shug'ullangan, degan xulosaga kelingan. Bunday madaniyat yodgorliklari O'zbekistonning Surxondaryo (Sopollitepa, Jarqo'ton), Xorazm (Tozabog'yob), Toshkent (Achikul, Yangier tumani, Toshkent kanali atrofi, Burg'yluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin tepa), Qashqadaryo (Yerqo'rg'on, To'rtko'ltepa) va boshqa viloyatlarida ham kuplab topilgan.
    So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shahar larning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, Ko’p oilaviy jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko'rsatadi.
    Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham ota mulki xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.
    Ibtidoiy jamoa tuzumi yillar va asrlar osha rivojlana borib, o'z o'rnini sinflardan tashkil topgan davlat hokimiyati hukmron bo’lgan jamiyatga bo'shatib berdi. Bu taraqqiyot davomida urug'chilik jamoasi ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug' ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan edi. Bu davrda jamoa onalar hukmronligi -matriarxatga asoslangandi. O'sha davrning urf-odatlariga ko’ra bir jamoa atzolari o'rtasida oila qurish, ya’ni er-xotin bo’lish mumkin emasdi. Albatta bir jamoa erkaklari boshqa bir jamoa ayollari bilan «oila» qurishlari lozim edi. Ammo ayol bilan «oila» qurgan erkak bamisoli mehmon edi, ishi bitgach o'z jamoasiga qaytib ketardi. «Oila»ni boshqarish, uni boqish, bola tarbiyasi va taqdiri bilan uning ishi bo’lmasdi. Bu ishlar bilan asosan ona shug'yllanar edi. Tug'ilgan bola xolasini, tog'asini taniganu, ammo otasini tanimagan. Shu boisdan bola oldida ota nufuziga qaraganda tog'a mifuzi e’tiborliroq va qimmatliroq bo’lgan. Chunki, tog'a ona urug'i jamoasini nafaqat moddiy jihatdan, balki barcha sohalarda himoya qiluvchi va qo'uriqlovchi shaxs bo’lgan. Bunday tartib-qoida natijaeida urug' jamoasida ortiqcha iste’molchilar Ko’paygan va barcha qiyinchiliklar ona zimmasiga tushgan. Jamoani boqish, ularni oziq-ovqat bilan tatminlash albatta oson ish emas edi. Buning ustiga dehqonchilik va chorvachilik ixtiro etilgan, onalar uchun xo'jalikni boshqarishda yana ham katta qiyinchiliklar kelib chiqardi. So'zsiz, bunday tartib uzoq davom etishi mumkin emas edi. Sabr-toqatlari to'lib-toshgan onalar farzandlarining otalari oldiga o'z talablarini qo'yganlar va haqiqiy oila muammolari bilan shug'ullanish, bolalarni boqish ho'jalik ishlarini bajarishni ulardan talab qilganlar. Ana shu tariqa ikki jamoa urug'idan er-xotindan iborat juft oila shakllanadi. Bu hodisa jamiyat hayotida o'ziga xos burilish nuqtasi bo’ldi. Chunki juft oilaning tashkil topishi bilan jamoa mulkchiligiga asoslangan ibtidoiy urug'chilik jamoasi zaminiga zil ketdi. Nega deganda urug' jamoasidan tash qarida tashkil topgan bu oilaning iqtisodiy zamini xususiy mulkchilikka asoslanar edi. Oila manfaati bilan urug' jamoasi manfaati o'rtasida o'ziga xos kelishmovchilik nomuvofiqlik va ziddiyat paydo bo’lardi. Urug' jamoalaridan tashqarida juft oilalar jamoasi tarkib topdi. Ularni o'zaro birlashtiradigan manfaat omili albatta ishlab chiqarish edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, olimlar bunday juft oilalarni «oilalar jamoasi» yoki «ishlab chiqarish jamoasi» deb ataganlar. Shunday qilib, taraqqiyotning bu bosqichiga kelib urug' jamoasi yemirilish sari yo’l tutdi, u o'zining tub matnodagi ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo'qota bordi.
    Juft oilalar negizida ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishida birinchi va asosiy omil - jamoa ixtiyorida ortiqcha mulkning hosil bo’lishi va jamoalararo mahsulot ayirboshlashning vujudga kelishi hal qiluvchi o'rin tutdi. Albatta, bu jarayon chorvachilik va dehqonchilikning kashf etilishi oqibatida oilalar ixtiyorida ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarining to'planishi bilan bog'liqdir. Endi har bir oila o'zidagi ortiqcha maxsulot va buyumlarni qo'shni oiladagi o'zida yo'q maxsulotlar bilan almashlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunday jarayon dastlab ikki urug' jamoalari o'rtasida olib borildi. So'ngra bu jarayonga urug' jamolari ham faol qatnasha bordilar. Ammo juft oila mulki bilan jamoa mulki endi sig'isha olmay qoldi. Bu o'zaro ziddiyatlar oilalar bilan oilalar, urug' jamoalari bilan urug' jamoalari o'rtasida o'zaro janjal, to'qnashuv va hatto urushlar darajasiga yetib borardi. Bu to'qnashuvlar oqibatida yengilgan oila va urug' jamoaning boyliklari g'oliblar qo'liga o'tardi. G'oliblar bu boyliklarni o'z mulklariga va boylikoariga qo'shar edilar. yengilgan va tobe bo’lgan oila urug' jamoasi vakillarni esa asir etib olib, ularni qulga aylantirar edilar. Bu qullar ham g'oliblarning mulki hisoblanganlar va ular ustidan o'z bilganlaricha hukmronlik qilganlar. Ana shu tariqa shaxsiy mulk sekin-astalik bilan rivojlanib, xususiy mulkka aylangan, haq-huquqsiz qullar kelib chiqqan. Birok bu mulkni qo'riqlash, qullrani itoatda saqlash va zo'rlab ishlatish uchun zo'rikka tayanuvchi qo'shimcha qurollangan kuchlarga ehtiyoj ham kelib chiqqan. Bunday ehtiyoj ni oilalar va urug' jamoalarining matlum bir qismi qoplagan. Ana shu tariqa jamiyatda mulkdorlar, xujayinlar, quldorlar, tobelar, mazlumlar, qullar va zo'rlikka tayanuvchi qurollangan kuch - yatni ibtidoiy davlat ko'rinishi elementlari vujudga keladi. Bu urug'chilik jamoasi o'z boshidan ikkinchi taraqqiyot bosqichini kechirish davriga kirganligini ko'rsatadi. Bu davrda endi urug'chilik jamoasi yemirilib, sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanadi. Jamoaning ijtimoiy tarkibida tub sifat o'zgarishlar sodir bo’ladi. Ijtimoiy va oila hayotida erkaklarning o'rni va aham iyati oshadi. Matriarxat - ona hukmronligi o'rnini Patriarxat -ota hukmronligi egallaydi. Xuddi mana shu davrda jamoadagi ortiqcha daromad -xususiy mulk va uni ayirboshlash jarayoni bilan bog'liq va mushtarak tarzda birinchi ijtimoiy mehnat tahsimoti kelib chiqdi. Chunki jamoa atzolari bir vaqtning o'zida ham chorvachilik, ham dehqonchilik bilan shug'ullana olmas edilar. Shu bois ular o'zlariga qulay va maqul sohani tanlab ola boshladilar. Albatta, bu narsa jamoa joylashgan hududning tabiiy-geografik jihatdan xo'jalik yuritishning qaysi sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligi bilan bog'liq edi.
    Xulosa shuki, jamiyat taraqqiyotining matlum bir rivojlanish bosqichida chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi. Bu
    hoi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy avoslarining, tezkorlik bilan rivojlanishiga olib
    keldi. Buni arxeologiyaga oid tarixiy tadqiqotlar ochiq-oydin isbotlaydi. Jumladan,
    bronza davrining yodgorligi bo’lgan Sopollitepada yuqoridagi fikrni tasdiqlovchi
    ashyolar keragicha topilgan. Bu yerdan topilgan manbalarning guvoxlik berishicha,
    Sopollitepa 8 ta oilaning manzilgohi bo’lgan. Ularni birlashtirgan narsa urug' jamoasi
    bo’lmagan, balki eng avvalo ishlab chiqarish manfaatlari edi. Bu manzildagi 8 ta katta oila tarkibida patriarxal tizim asosida qurilgan yuzdan ortiq juft oilalar uyushgan, har bir katta oila jamoasini boshqarish ishi ular orasidan saylangan oqsoqol ixtiyorida bo’lgan. 8 ta katta oila jamoalari oqsoqollari oliy oqsoqollar kengashiga birlashganlar. Oqsoqollar kengashining atzolari, qadimgi diniy kitob «Avesto»da aytilganidek, Nmanapati nomi bilan yuritilganlar. Nmana katta oila jamoosi demakdir, Nmanapami katta oila boshlig'i matnolarini anglatadi. Agar ana shu tizimga asoslana-digan bo'sak, Sopollitepa 8 ta nimanadan tashkil topgan VIS ekanligini ko’ramiz. VIS -qabila jamoasi, katta qishloq degani. Vis - pati esa ana shu nimanalarni birlashtirgan oliy kengash boshlig'i, qabila oqsoqoli, katta qishloqning boshlig'idir. Bu Shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish mo'ttabar zotlar - oqsoqollar (nmanapatilar) qo'lida bo’lgan, ular jamoa hayoti bilan bog'liq, bo’lgan barcha muammolarm oo'soqollar kengashi orqali amalga oshirganlar.
    Oqsoqollar kengashi katta kuchga ega bo’lgan. Ularning qulida diniy va dunyoviy hokimiyat birlashgan. Katta oila jamoasining oqsoqoli ayni vaqtda o'sha oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustoz va murabbiy ham edi. Qabila - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining ana Shunday boshlig'i bo’lgan. Ularning topshirio' va buyruo'lari jamoa atzolari uchun qonun hisoblangan. Xususiy mulk pay do bo’lishi bilan iqtisodiy va sinfiy tabaq.alanish tezlashib bordi. Mulk eng avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'ttabar shaxslar qo'lida to'plangan. Sinfiy tabaqalanish jarayoni kuchaygani sari jamiyatni boshqarish og'irlashib boradi. Bunga sabab jamoa boyligini taqsimlash, jamoani boshqarishda demokratik prino'iplar buzilib bordi, adolatsizliklar kelib chiqdi. Bu tarixiy jarayonlar bronza davrining oxiri va ilk temir davriga to'g'ri keladi. Markaziy Osiyoda ilk temir davri miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu paytga kelib ibtidoiy jamoa tuzumi uzining oxirgi bosqichini o'tayotgan edi. Odamlar birinchi bor temirdan xom ashyo sifatida mehnat qurollari ishlab chiqarishda foydalanganlar. Temir ibtidoiy jamoa tarixida buyuk texnik inqilobga sabab bo’ldi. U dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishiga katta tatsir kursatdi. Temir ibtidoiy jamoa tuzumini buzib yubordi va xo'jalik tabaqalanishini tezlashuviga olib keldi. Temir tufayli. chorvachilik dehqonchiliqdan uzil-kesil ajraldi, Ko’plab hayvonlarning egalari bo’lgan aslzodalar paydo bo’ldi, xususiy mulkni mustahkamladi, jamiyatni sinflarga bo’lishni tezlashtirdi. Temir tufayli xo’'jalikda ikkinchi mehnat taqsimoti kelib chiqdi, endi hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Xunarmandchilik ixtisoslashuvining sodir bo’lish natijasida ilk shahar larning belgilaridan biri sifatida bozor vujudga keldi, keng ko'lamdagi mol ayirboshlash kuchaydi. Ayrim shaxslar qo'ulida boylik to'planish jarayoni tezlashdi. Temirning qishloq ho'jaligiga keng ko'lamda kirib borishi tufayli yerga xususiy egalik qilish paydo bo’ldi, Avvallari yerga egalik qilish shartli bo’lib, uniig egasi yerni sotib yubora olmas edi. Endi yer egasining xuquqi cheklanmagan bo’lib, u o'z egasining abadiy mulki bo’lib qoldi. So'nggi bronza davri yodgorliklari Farg'ona va Surxondaryo viloyatlari hududida devorlar bilan o'ralgan qishloqlar paydo -bo’lganligiga guvoxlik beradi. Bu Markaziy Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kela boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo'jaliklarning taraqqiy etganlimi, Ko’p oilaviy jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko'rsatadi.
    Rivojlanib borayotgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta ilali jamoalarda erkaklarning mavqeyi Osha borgan va matriarxat yemirilib, ota-huquqi, patriarxat qaror topgan. Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo’lgan. Bolalar ham ota mulki xisoblanib merosni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo'riqlash extiyoji harbiy qabila ittifoqlarini qujudga keltirgan.
    Yangi tosh asriga kelib O’rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bo’lishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashagan hunarmandchilik xO’jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Ko’payib, mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xO’jalikning paydo bo’lishi va jadallik bilan rivojlanishi O’z navbatida ijtimoiy hayotdagi O’zgarishlarga sabab bo’ldi.
    Ma`lumki, O’rta Osiyo, umuman O’zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo’lishi masalalari tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo’lib kelmoqda. Bu O’rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo’lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza davridayoq sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosini tashkil etgan. Sug’orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi O’zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo’shimcha mahsulot va xususiy mulk kO’rinishlari paydo bo’ldi.
    Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun`iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza davrida, Toshkent vohasi, Farg’ona vodiysi hududlarida esa ilk temir davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun`iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, O’rta, quyi) oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar -Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
    Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi ham dastlabki davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O’rta Osiyoning juda Ko’plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Qiziltepa, Anov, Ko’zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, CHust, Dalvarzin va boshq.) ishlab chiqaruvchi xO’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib O’rganilgan. Mehnat qurollarining metaldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
    So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining keng ishlatila boshlanishi natijasida turli shakldagi yuqori sifatli sopol idishlar ishlab chiqarila boshlanadi. Kulolchilikning rivojlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo’ton, Afrosiyob kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo’ladi. Shuningdek, hunarmandchilikning toshga, metalga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot Ko’payishiga turtki bo’ldi.


    Download 48,87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 48,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda dehqonchilik hunarmandchilik chorvachilik

    Download 48,87 Kb.