Mavzu: Aholining asosiy mashg‘ulotlari: dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik. Reja Kirish




Download 48.87 Kb.
bet7/8
Sana22.01.2024
Hajmi48.87 Kb.
#143360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholinig asosiy mashg’ulotlari dehqonchilik; hunarmandchilik chorvachilik ..1
Mavzu kirish, 1 kurs ishoi, Public Holidays in Uzbekistan with days, 1-маъруза
Xulosa.
Etnik madaniyat, xalq an'anaviy ijodi hozir zamonaviy san'at bilan uyg‘unlashib, modernizatsiyalashib, o‘z navbatida xalq ijodi ham zamonaviy san'atni xalqqa, ko‘pchilikka yaqin, tushunarli qilish orqali rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Shuning uchun etnik madaniyatni faqat uzoq o‘tmishga taalluqli, o‘zgarmaydigan san'at, ijod turlari, marosimlar, an'analar, bayram va tomoshalar deb qaramaslik, balki, uni xalq ijtimoiy hayoti bilan mudom dialektik bog‘liq u bilan birga transformatsiyaga uchrab, kishilarning ma'naviymadaniy qiziqishlari va innovatsiyalar ta'sirida modernizatsiyalashib keladigan voqelik sifatida qarash kerak. Lekin, etnik madaniyatdagi o‘zak, ya'ni o‘zbek xalqiga xoslik mudom saqlanib qoladi. Respublikamiz madaniyatshunoslari madaniyatda ikki, ya'ni, bir tomondan, o‘zgarmaydigan ichki (o‘zak qatlam) va ikkinchi tomondan, tashqi ta'sirlar, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish, ob'yektiv omillar ta'sirida o‘zgarib turadigan ustki qatlam mavjud deganida yuqoridagi jarayonlarni nazarda tutgan.
Ijtimoiy-madaniy infrastrukturani yangi talablar va ko‘rsatkichlar asosida qayta tashkil etmay, nodavlat madaniyat o‘choqlarini ma'naviy hayotimizning tarkibiy qismiga aylantirish qiyin. Xalqimiz madaniy-maishiy xizmat soxasida xususiy oshxona, kafe, kompyuterxonalar va videoxonalar ochmoqda. Ushbu izlanishlarni xalq etnik madaniyatiga ham tadbik etish maksadga muvofivdir. Birok, biz xalq etnik madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilish mutloq pullik madaniy xizmat-kommersiya orqali rivojlanadi, degan fikrni bildirishdan uzoqmiz. Xalq ijodi va san'atida azaldan ixtiyoriylik hamda pullik xizmat ko‘rsatish yonma-yon kelgan, ularning qachon pullik va kqachon ixtiyoriy bo‘lishini tomonlar o‘zaro kelishgan tarzda xal etgan. Ushbu etnomadaniy an'anaga amal qilish, bizning fikrimizcha, etnik madaniyatning o‘z ichki qonunlariga muvofiq rivojlanishini ta'minlaydi. Etnik madaniyatning rivojlanishini oilaviy yoki maxalla doirasi bilan cheklab, chegaralab bo‘lmaydi, aks holda etnik madaniyat oilaviy-maishiy marosimlardangina iborat bo‘lib qoladi. U butun jamiyatni, xalqni, millatni ijodiy-madaniy jarayonlar sub'yektiga aylanishini hamda maxsus ijtimoiy-madaniy institutlar (ma'naviyat va madaniyat saroylari, xalq ijodiyoti uylari, teatrlar va b.)ning faol ma'naviyma'rifiy va targ‘ibot ishlarini talab etadi.
O‘zbek etnik madaniyatini rivojlantirish xalqimizning nafaqat tarixiymadaniy qadriyatlarni sevishi, ulardan xabardor bo‘lishi, xuddi shuningdek, ularning etnomadaniy hayotda faol sub'yektlar sifatida qatnashishini
ta'minlaydigan ijtimoiy omillarga am bog‘lashdir. Ushbu omillarga kishilarning ma'lumoti, bo‘sh vaqti va undan foydalanish ko‘nikmalari, madaniy qiziqishlari, ijtimoiy- madaniy institutlarga qatnashi, uy-joy sharoiti kabilar kiradi.
Madaniyat bilan sivilizatsiya o‘rtasida umumiylik ya'ni birlik mushtaraklik bor. Ular orasida yana tafovutlar (farq)lar ham mavjud. Umumiylik shundaki, ikkisi ham tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq ommasi yaratgan, tarixan tarkib topgan, moddiy va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar yig‘indisi negizida rivojlanadi.
Madaniyat bilan sivilizatsiya orasidagi tafovut shundaki, sivilizatsiya inson bilan insoniyat jamiyatining madaniy o‘zgartiruvchilik moddiy va ma'naviy madaniyatni yaratuvchilik faoliyatining bir bosqichi, darajasidir.
Xulosa qilib aytganda o‘zbek etnomadaniyati jahon sivilizatsiyasidagi roli beqiyosdir.


Download 48.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 48.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Aholining asosiy mashg‘ulotlari: dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik. Reja Kirish

Download 48.87 Kb.