|
Mavzu: Aholining asosiy mashg‘ulotlari: dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik. Reja Kirish
|
bet | 1/8 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 48,87 Kb. | | #143360 |
Bog'liq Aholinig asosiy mashg’ulotlari dehqonchilik; hunarmandchilik chorvachilik ..1
Mavzu: Aholining asosiy mashg‘ulotlari: dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik .
Reja
Kirish
Yurtimiz hududida eng qadimgi davrda aholining eng asosiy mashg’ulotlari.
Avestoda O’rta Osiyo o’lkasining mashg’ulotlar haqidagi malumotlar
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda dehqonchilik hunarmandchilik chorvachilik
Xulosa
Foydalanilgan adabyotlar
Ilovalar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O‘zbekiston dadil va shaxdam qadamlar bilan jahon hamjamiyati a'zosi bo‘lmish mamlakatlar orasida o‘zining munosib o‘rnini topib, ildamlab bormoqda. U o‘zligini namoyon etishga istiqlol va hurriyat sharafi ila erishdi. Mustaqil rivojlanish ijtimoiy voqelikka aylangan hozirgi kunda o‘zbek xalqi etnik madaniyatining taraqqiyot yo‘llarini aniqlab olish, ilmiy va amaliy kuchlarni uyg‘unlashtiro‘vchi dasturlar ishlab chiqish talab etiladi. Madaniyatni rivojlantirish va prognozlash muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bu soxada aniq bir metodologiya xali ishlab chiqilmaganini, madaniy jarayonlarni o‘lchash, rivojlanishning samarali yo‘llarini topish murakkab vazifa ekanligini yakdillik bilan qayd etadilar. Etnik madaniyat xalqning, millatning uzoq ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklari, turmush tarzi, tili, urfodatlari, tashqi dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish, o‘zini, o‘zligini idrok etish, anglash usullari, xullas, etnosning, millatning mavjudligini ifoda etuvchi ijtimoiy voqelikdir. Ma'lumki, har qanday ijtimoiy voqelik, ayniqsa inson va xalq hayotining barcha tomonlariga taalluqli madaniyat ko‘p omillilik, komplekslik, sinkretiklik, universallik, turg‘unlik va o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga ega.
Madaniyatning ushbu xususiyatlarini hisobga olmasdan uning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotdagi o‘rnini ham, ichki tuzilishi va fo‘nksiyalariga oid belgilarini ham to‘g‘ri anglash mumkin emas
Birinchidan, mustaqil jamiyatning barcha jabhalarida chuqur islohotlarni amalga oshirishni tabiiy ravishda kun tartibiga qo‘ydi. Yoshlar bu jarayonning mohiyatini to‘g‘ri anglamog‘i, ijtimoiy faol bo‘lmog‘i uchun madaniyat tarixini o‘rganmog‘i va bilmog‘i lozim.
Ikkinchidan, mustaqillik sharofati bilan yoshlarimiz xorijda tahsil olmoqdalar, o‘zga xalqlar madaniyati, udumi, an'analari bilan tanishmoqda. Bunday sharoitda o‘z madaniy-ma'rifiy merosini yaxshi bilmaslik kechirilmas hol.
Ular jahonni hayratga solgan ajdodlar merosini bilmog‘i va unga munosib voris bo‘lmog‘i kerak.
Uchinchidan, milliy g‘oya, milliy mafkurani shakllantirish, g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni millat va istiqlol manfaatlariga zid g‘oyalar, qarashlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish vazifasi milliy-ozodlik g‘oyalarini, buyuk mutafakkirlarimizning merosi va asarlarini bilishni talab etadi.
To‘rtinchidan, yosh avlodlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning samarali usullarini ishlab chiqish va tegishli tavsiyalarni berish zamon talabi sanaladi. Yuqorida ta'kidlanganlarning barchasi tanlangan mavzuning dolzarbligini, uning jiddiy talablar bilan uyg‘un kelishini alohida qayd etish joiz.
|
| |