Avestoda O’rta Osiyo o’lkasining mashg’ulotlar haqidagi malumotlar




Download 48.87 Kb.
bet5/8
Sana22.01.2024
Hajmi48.87 Kb.
#143360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholinig asosiy mashg’ulotlari dehqonchilik; hunarmandchilik chorvachilik ..1
Mavzu kirish, 1 kurs ishoi, Public Holidays in Uzbekistan with days, 1-маъруза
2. Avestoda O’rta Osiyo o’lkasining mashg’ulotlar haqidagi malumotlar

O‘zbek xalqi tarixi va etnik madaniyati ko‘p asrlardan beri mutafakkirlar, tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga jalb etib keladi. Muqaddas «Avesto»da va antik davr tarixchilari (Plutarh Strabon, Kutsiy Ruf va b.) asarlaridayoq ajdodlarimiz haqida ko‘plab ma'lumotlar uchraydi. Islom madaniyatining O‘rta Osiyoga tarqalishi bilan o‘lkamiz xalqlari etnik madaniyatiga oid ilmiy, ma'rifiy, falsafiy, tarixiy, diniy asarlar paydo bo‘ladi va ular jahon tafakko‘ri xazinalaridan munosib joy oladi. Xorijlik olimlar, sayoxatchilar esa o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatiga oid tadqiqotlar olib bordilar.


Madaniyat (xalq madaniyati) ichki tuzilishi va xususiyatlari, ijtimoiy borliqda namoyon bo‘lishi va tashkil etilishi, ma'naviy-tarbiyaviy hayotdagi o‘rni bilan murakkab, ko‘p qirrali, sotsiodinamik xodisadir. Etnik madaniyat esa ushbu xodisaning ma'lum bir xalq, millat ijtimoiy-tarixiy, ma'naviy hayoti, turmush tarzi bilan bog‘liq, etnosning tarixiy-madaniy paradigmasiga aylangan o‘zak qismidir.
Etnik madaniyat xalqning, millatning uzoq ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklari, turmush tarzi, tili, urfodatlari, tashqi dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish, o‘zini, o‘zligini idrok etish, anglash usullari, xullas, etnosning, millatning mavjudligini ifoda etuvchi ijtimoiy voqelikdir. Ma'lumki, har qanday ijtimoiy voqelik, ayniqsa inson va xalq hayotining barcha tomonlariga taalluqli madaniyat ko‘p omillilik, komplekslik, sinkretiklik, universallik, turg‘unlik va o‘zgaruvchanlik xususiyatlariga ega. Madaniyatning ushbu xususiyatlarini hisobga olmasdan uning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotdagi o‘rnini ham, ichki tuzilishi va fo‘nksiyalariga oid belgilarini ham to‘g‘ri anglash mumkin emas. «Jamiyat va madaniyat aynan bo‘lmasada, - deb yozadi S. Shermuhammedov va A. Ochildiyev, - jamiyatning hamma soxalarida madaniyat mavjuddir. Shunday ekan, jamiyatning madaniyat rivojlanishiga ta'sirini, bu ta'sir qanday shakllarda amalga oshishini tushunib olmay turib, madaniyat deb atalmish o‘lkan ijtimoiy xodisaning moxiyatini oxirigacha aniqlab bo‘lmaydi.»1
Agar ushbu yondashuvni etnik madaniyatga tadbiq etsak, madaniyatni etnosning shakllanish jarayoni bilan retrospektiv bog‘lashga to‘g‘ri keladi, chunki etnos shakllanish jarayonisiz etnik madaniyat yo‘q. O‘zbek xalqining kelib chiqishi, etnogenezisi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. S.P.Tolstov yozganidek «Yir yuzidagi barcha xalqlar kabi o‘zbek xalqi ham tarixan qadimda va o‘rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan qabilalar va elatlardan shayutlangan».2 M.Ermatovning ta'kidlashicha, o‘zbek xalqi etnik madaniyatiga xos belgilar ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq ko‘zga tashlanib, keyingi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida yanada aniqroq ko‘rinishda namoyon bo‘ldi. Masalan, yarim ko‘chmanchi, va o‘troq turmush tarzi ana shunday belgilardir. O‘zbek xalqi etnogenezi masalalarini o‘rganishga qiziqish mustaqillik yillarida avj oldi. Ommaviy axborot vositalari va maxsus nashrlarda bildirilayotgan fikrlarni umumlashtirib, K.Sh.Shoniyozov yozadi: «Etnografiya fanida elatni (millatni ham) belgilovchi bir qancha alomatlar mavjud: xudud, til, iqtisod, madaniyat, tarixiy qismatning umumiyligi, ong tizimi, etnosning uyushqoqligi, ma'lum bir davlat doirasida bo‘lishi, o‘z etnik nomiga (etnomiga) ega bo‘lishi, din umumiyligi va bir qancha boshqa alomatlar.
Albatta, bu alomatlar etnosning shakllanish jarayonida ishtirok etishi kerak bo‘lgan Ammo, amalda esa bu alomatlarni barchasi elatning shakllanayotgan kezlarida muayyan bir vaqtda hozir bo‘lishi yoki bir davrda muxim rol o‘ynashi mumkin bo‘lmagan. Etnik alomatlarning biri, balki bir nechtasi bir vaqtda hosil bo‘lsa, boshqasi esa qeyiyaroq paydo bo‘lishi mumkin. Ma'lum bir etnosni tashkil topishida til bosh rol o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi bir elatning paydo bo‘lishida xo‘jalik, uchinchisida esa moddiy madaniyat yitakchi alomat bo‘lishi ehtimoldan holi bo‘lmasa kerak».
Demak, etnik madaniyat etnogenezda muhim omildir, biroq uning barcha komponentlari bir vaqtda to‘la namoyon bo‘lavermaydi. O‘zbek xalqi etnik madaniyati (etnik madaniyati)ni o‘rganishga qaratilgan ilmiy-nazariy konsepsiyalar va yondashuvlarni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin.

  1. Tarixiy-arxeologik yondashuv;

  2. Mifologik-diniy yondashuv;

  3. Sotsiolingvistik yondashuv;

  4. Folkloristik yondashuv;

  5. Jug‘rofiy-etnografik yondashuv;

  6. Ijtimoiy-pedagogik yondashuv;

  7. Badiiy-estetik yondashuv;

  8. Sivilizatsion yondashuv;

  9. Sotsiologik (sotsiodinamik) yondashuv; X. Falsafiy-madaniy yondashuv va b.

Eng avvalo shuni aytish zarurki, ushbu yondashuvlar ijtimoiy-tarixiy rivojlanishdan o‘ziga ta'lluqli yo‘nalishlarni tadqiq, etadi. Ularning har biri etnik madaniyatdan o‘z tadqiqot maqsadlariga ta'lluqli belgilarni, jarayonlarni, o‘zgarishlarni qidiradi va ularni ilmiy-nazariy baholaydi.Tarixiy-arxeologik yondashuv o‘zbek xalqi etnik madaniyatining ijtimoiy-tarixiy paydo bo‘lishi va rivojlanishini tarixiy-arxeologik manbalar, ashyolar, dalillar asosida tadqiq etadi. O‘rta Osiyo, I.Jabborov qayd etganidek, «o‘ziga xos tarixiy-etnografik va xo‘jalik-madaniy tiplar yaratgan mintaqa. Unda yashovchi xalqlarning kelib chiqishi va tarixiy taqdiri umumiy harakterga ega. Tarixda umumiy etnik ildizga ega bo‘lgan, muayyan xududda joylashgan, ammo turli til, madaniyxujalik tipdagi har xil elatlar doimo uzaro yaqin munosabatlarda bo‘lib, aralashib kelgan va uzoq murakkab tarixiy jarayonni boshidan kechirgan»3.Demak, o‘zbek xalqi etnik madaniyati, tabiiy ravishda, O‘rta Osiyo mintaqasida yashayotgan qardosh xalqlar etnik madaniyati bilan bir ijtimoiy-tarixiy negizga ega, moxiyatan yaqindir. Buni Janubiy Turkmaniston, Janubiy Qozog‘iston, Tyanshan-Pomir etaklari, Kaspiy dengiz soxillari, Markaziy Farg‘ona, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida topilgan arxeologik topilmalarning o‘xshashligi ham ko‘rsatadi.
Tarixiy-arxeologik topilmalar O‘rta Osiyoga aholi old Osiyodan paleolit davridayoq ko‘chib kela boshlaganidan darak beradi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq o‘lkamiz xalqlarining etnik xususiyatlarini ifoda etuvchi xo‘jalikmadaniy tiplari yuzaga kelgan. Maxalliy qabilalar va jamoalarning integratsion alokalari umumiy ko‘rinishdagi etnik madaniyatning shakllanishiga asos bo‘lgan natijada ovchilik, baliqchilik, keyinroq esa dexqonchilik va chorvachilikka asoslangan o‘lkamizning jug‘rofiy xususiyatlariga mos «xo‘jalik-madaniy tiplari» tashkil topgan. XIX asrning so‘nggi choragi va XX asr boshlarida N.I.Veselovskiy, A.A.Divayev, N.I.Mellitskiy, V.V.Bartold, B.L.Vyatkin, Akrompolvon Asqarov, T. Mirg‘iyosov olib borgan tarixiy-arxeologik qazishmalar o‘lkamiz xalqlariga, shu jumladan, o‘zbek xalqiga xos turmush tarzi, xo‘jalik yuritishi, savdo-sotiq ishlari, amaliy san'ati va og‘zaki ijodining etnik xususiyatlarini anglashga yordam berdi. Keyinchalik, tarixiy-arxeologik izlanishlarni A.Yu.Yakubovskiy, G.P.Chabrov, G.V. Grigoryev, A.P.Okladnikov, C.P.Tolstov, M.Ye.Masson, V.A. Shishkin, Ya.R.G‘ulomov, B.D.Jukov, G.A.
Pugachenkova, E.V. Rtveladze, V.V.Lunin kabi olimlar davom ettirdilar. Ushbu tadqiqotlarda O‘rta Osiyo sivilizatsiyasining jahon sivilizatsiyalarida tutgan o‘rni, uning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari va Yevropa qit'asi bilan integratsion aloqalari tarixiy-arxeologik manbalar bilan ochib berildi4. To‘g‘ri, ularda, ayniqsa sovet totalitar tuzumi davrida yaratilgan tadqiqotlarda Yevropotsentrizmga moyillik bo‘rtib turadi. Birok, ularda ham o‘zbek xalqi etnik madaniyatida o‘ziga xoslik va ob'yektiv sabablar ta'sirida shakllangan innovatsiyaga moyillik yitakchi xususiyat ekanligi yakdillik bilan qayd etiladi.
Mifologik-diniy yondashuv o‘zbek xalqi etnik madaniyatini afsonalar, rivoyatlar, gayrihayotiy xikoyalar - miflar, diniy tasavvurlar orqali tadqiq etishdir. Miflar kishilar ruxini, badiiy-estetik qarashlarini, olam haqidagi tasavvurlarini ifoda etadi. Ayniqsa, Sharq xalqlari uz orzu xayollari va utmishini mifologik obrazlarda, tasvirlarda ifodalashga o‘ta moyil ekanini kuzatamiz. Agar, Yangi Dunyo va Yevropa kishisi qadimdan g‘ayrixayotiy sovollarga ochiqdan-ochiq kurashib kelsa, Sharq xalqlarida mifologiyaga, g‘ayritabiiy kuchga ega valiylar, paygambarlar va avliyolarga ishonish hamon kuchlidir. Shuning uchun ham, miflardan foydalanilgan badiiy asarlar xalqimiz, kishilarimiz his-tuygulariga tez ta'sir kiladi. Hozir dunyoda, xalqlar xayotida global o‘zgarishlar kechmoqda. Sharq dunyosida yevropotsentrizm keng yoyilmoqda. Har yili Osiyo qitasidan Yevropaga 4 mln.ga yaqin kishi ko‘chib ketayotgani kuzatiladi. Bu jarayonlar tarixiy-madaniy paradigmalarga ta'sir etmay qolmaydi. Natijada xalqlar o‘z etnik madaniyatining o‘zagi (yadrosi) bo‘lgan mifologik-diniy tasavvurlarini ximoya qilishga o‘tishi tabiiy xoldir.
Shuning uchun ham Sharq xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi ham o‘zining diniy qadriyatlarini asrashga, zardushtiylik, islomga oid axloqiyma'naviy boyliklardan unumli foydalanishga intiladi. Mifologik-diniy yondashuvni tarixiy-madaniy, ma'naviy izlanishlarga N.Komilov, I.Karimov, I.Jabborov, X.Abdusamedov, A.Saidov, T.Maxmudov, M.Imomnazarov, A.Choriyev,
T.Karim kabi olimlar tadbiq etib keladilar.
Ularning izlanishlarida zardushtiylik va islom qadriyatlarining xalqimiz ma'naviyatiga ta'siri hamda undagi o‘rni milliy taraqqiyot nuqtai nazaridan ochib beriladi.
Xalqimiz ruxiy-ma'naviy komillik masalalariga muxim e'tibor bergan, lekin u xayotiy muammolarni esdan chiqarmagan. Bu o‘rinda Naqshbandiyning («Diling Olloxda bo‘lsin, qo‘ling- mehnatda») tarixni eslash o‘rinlidir. Mashrab esa barcha ruxiy-ma'naviy izlanishlar markazida inson ko‘rishini ifodalab, «Shariat ham, tariqat ham, haqikat ham mendadur» degan antropologik g‘oyani ilgari surgan. Ming afsuski, ushbu antropologik g‘oya keyinchalik, diniy mutaassiblikning ta'sirida rivojlantirilmadi. Sotsiolingvistik yondashuv xalq, millat tilining yuzaga kelishi va ma'lum bir xududlarda tarqalib, etnomadaniy xodisaga aylanishi qonunlarini, xususiyatlarini o‘rganishdir.
Shubxasiz, avvalo og‘zaki so‘zlashuv tili yuzaga kelgan. Qadimgi xorazmiylar, baqtriyaliklar, parfiyaliklar, marg‘inonliklar, sug‘diylar, chochliklar, boharistonliklar o‘ziga xos so‘zlashuv tillariga ega bo‘lgan Ular axmoniylar (er.av. IV-III asrlar), grek-makedoniyaliklar (er.av. III-er.I-asrlar), Turk xoqonligi (551-744 y.) davrlarida nafaqat xududiy keng tarqalgan, xuddi shuningdek, transformatsiyaga ham uchragan.
O‘lkamizda yozuv tili er.av. bir minginchi yillarda finikiy yozuvining oromiy yozuvi orqali paydo bo‘lgan. E'tiborli manbalarga qaraganda, xatto o‘lkamizdagi xorazmiylar, baktriyaliklar, sug‘diylar o‘ziga xos tillarda, laxjada gapirishgan bo‘lsalar-da, rasmiy ishlarini oromiy yozuvida olib borganlar. Er. av. VI-IV asrlarga kelib eron (fors) yozuvi axmoniylar davlati (O‘rta Osiyo ham unga qarashli edi) ning tiliga aylanadi. Er. av. III-I-asrlarda o‘lkamizda baqtriylar yozuvi, greklar yozuvi, hind (braxmo ) yozuvi, paxlaviy (o‘rta fors) yozuvi, suriy-nestorian yozuvi va hozirgacha kelib chiqishi aniqlanmagan, yozuvi, fors- sug‘diylari yozuvi amalda bo‘lgan. Xullas, uch ming yillar ichida
O‘rta Osiyo va Eron xududida fors-tojik va turk xalqlarining yozuv tili shakllangan. Hozir yozuvlarning o‘zgartirilishi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud bo‘lsa-da, barcha yozuvlar boshqa xalqlar bilan madaniy aloqalarning kengayishiga olib kelganini, natijada o‘zbek xalqi etnik madaniyatiga xos nnovatsiyaga moyillikni yangi bosqichga ko‘targanini inkor qilib bo‘lmaydi.
Folkloristik yondashuv etnik madaniyatni xalq og‘zaki ijodining ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiqlar kabi ko‘rinishlari orqali o‘rganishdir. N.Raxmonov va B.Sarimsoqovlarning fikriga ko‘ra, qadimgi turkiy xalqlarda yirik epik folklor janri bo‘lmagan, ular dastlab qaxramonlik qo‘shiqlari, ixcham bayon qiluvchi xikoyalar shaklida bo‘lgan5. Bu esa folklor asarlarini yodda saqlab qolishni, bir avloddan ikkinchi avlodga yitkazishni, jug‘rofiy tarqalishini osonlashtirgan. Folklor asarlarida o‘zbek xalqining ezgulik va yovuzlik, ijtimoiy adolat, farovon hayot, mehr-muxabbat kabi umuminsoniy g‘oyalari ifoda etilganki, aynan ular bois etnik madaniyatda «boqiy mavzular» shakllangan. Xalq qo‘shiqlarida,- deb yozadi Iso Jabborov, - «insonning yuksak tuyg‘ulari, pok sevgisi, sadoqatlilik, do‘stlik kabi fazilatlari bilan birga og‘ir ijtimoiy axvoli, jabr-zulmlar, bevafolik, tushkunlik, alam-sitamlari qayg‘uli ravishda kuylanadi. Ayniqsa, xazil qo‘shiqlar xotin-qizlar axvoliga oid bo‘lib, ularning oilada va jamiyatdagi fojiali turmushi tasvirlangan. Keng tarqalgan ashulalarda ijtimoiy jabr-zulm va adolatsizliklar o‘z ifodasini topgan».
Demak, xalqimiz tarixiy-madaniy hayoti o‘tmishda har doim ham «go‘zal», farovon bo‘lmagan. Folklor asarlari xalq qalbidagi uy, fikr, orzular bilan hamoxang bo‘lgani uchun ularda etnik madaniyatning eng muxim qirralari aks etadi. Shuning uchun ham mustakillik yillarida folklor asarlarini to‘plash, o‘rganish, xalq og‘zaki ijodidagi progressiv g‘oyalardan milliy tiklanishda, ayniqsa, yosh avlodni tarbiyalashda foydalanishga qiziqish oshmoqda.
Jug‘rofiy-etnografik yondashuv xalq madaniyatidagi xududiy rang-
barangliklarni, har bir xududda yashovchi kishilarning xayot tarzi, urf-odatlari, kiyinishi, bo‘sh vaqtlardagi mashg‘ulotlari, tabiiy olam bilan bog‘liqlik jihatlari, xo‘jalik yuritish usullari kabilarni o‘rganishni nazarda tutadi.
Chor Rossiyasining o‘lkamizga bo‘lgan qiziqishi paydo bo‘lgan XVI asrdan beri O‘rta Osiyoni jug‘rofiy-etnografik tadqiq etish davom etib keladi. Bu o‘rinda A.Jenkinson (1558-y.), knyaz A.Bekovich-Cherkasskiy va I.Buxgolts (1718 y.), F.Benevi (1725 y.), D.Gladishev va I. Muravin (17401743 y.), F.Yefremov (1774-1782 y.) ekspeditsiyalarini eslash mumkin. O‘zbek xalqi etnografiyasini ilmiy asosda o‘rganishga venger Sharqshunosi A. Vamberi, rus olimlari N.N.Muravyov, N.V.Xanikov, G.I.Danilevskiy,
P.P.Semyonov, N.Ye.Simakov, V.P.Nalivkin, M.S. Andreyev, Ye.D.Polivanov, L.P.Potapov... kabi olimlar beqiyos xissa qo‘shdilar. Ushbu olimlarning tadqiqotlari, birinchidan, o‘zbek xalqi tarixi va etnik madaniyatini ilmiy o‘rganishni boshlab berdi, bu borada turli fikrlar, g‘oyalar, talqinlar paydo bo‘ldi. Ikkinchidan, milliy mutaxassis-kadrlarning (tarixchilar, arxeologlar, etnograflar, geograflar va b.) shakllanishiga turtki bo‘ldi, natijada, o‘zbek xalqi tarixi va etnik madaniyatini nafaqat «tashqaridan», shu bilan birga «ichdan» o‘rganish imkoni yaratildi. Biroq o‘sha davrdagi izlanishlarda Chor Rossiyasining maqsadlari ifoda etilmasligi mumkin emas, chunki ekspeditsiyalarga zarur sarf-harajatlarni podsho xukumati ajratar edi. Ijtimoiypedagogik yondashuv madaniyatning tarbiyaviy va ma'rifiy funksiyalaridan kelib chiqib etnik madaniyatdagi kishilarning ongi, dunyoqarashi va tarbiyasiga samarali ta'sir etuvchi vositalarni, usullarni, pedagogik texnologiyani o‘rganadi. Keyingi yillarda etnopedagogika yoki xalq pedagogikasi aloxida fan soxasi sifatida shakllanayotganini kuzatamiz. Bu aslida etnik madaniyatning bir yo‘nalishidir. «O‘zbek pedagogikasi antologiyasi» mualliflarining tan olishicha, «Xalq pedagogikasini o‘rganish va uni zamonamiz nuqtai nazaridan qayta ishlab chiqishga ulgurmadik va amaliy faoliyatda qo‘llay olmadik»1.
Bu manbalarning kamligi bilan emas, balki ilmiy muxitning, ushbu soxani o‘rganishga hamda mavjud tarbiya sistemasining xalq pedagogikasini jiddiy qabul qilishga tayyor emasligi bilan izoxlanadi. Ammo, xalq pedagogikasidagi deyarli barcha g‘oyalar, fikrlar, usullar etnomadaniy xodisa sifatida qaralishi darkor, chunki har qanday pedagogik jarayon madaniy taraqqiyot natijasidir. Badiiy-estetik yondashuv xalq etnik madaniyatini nafosat prinsiplariga binoan bunyod etilgan inshootlar, kishilarning olam haqida tuyg‘ularini, qarashlarini ifoda etuvchi musiqa, tasviriy va amaliy san'at asarlari orqali o‘rganishdir. Ilk arxeologik topilmalardayoq o‘zbek xalqining badiiy-estetik madaniyatiga oid tasavvurlar, g‘oyalar va an'analarga duch kelamiz.
O‘rta Osiyo xalqlari qadimgi san'atini maxsus o‘rgangan L.I.Rempelning ta'kidlashiga ko‘ra, ilk topilmalardayoq ajdodlarimiz o‘zining dunyo haqidagi tasavvurlarini ma'lum belgilar (krest, yarim krest, doyra yarim, doyra), xayvon-belgilar (naqshga o‘xshash xayvonlar, arslon, echki boshlari, ilon), antromorf xudolar (yarim odam, yarim totem, xo‘kiz boshli boltalar),

1 1 Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi. -T.: O‘qituvchi, 1994. -24 b
mifologik, yarim xudo qaxramonlar (ajdaxo bilan kurashayotgan shox va
b.)da ifoda etganlar. Ularda xali badiiy usulga ega bo‘lmay turib, ma'lum bir qarashlar o‘z aksini topgan.
Inson o‘z faoliyati davomida o‘zi va boshqalar faoliyatini nafosat mezonlari bilan o‘lchanadigan ijtimoiy baxolashga harakat qiladi. Baxolash voqeaxodisalarning qadrini yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqelikka estetik munosabati aslida voqelikka baxo berishning aloxida turi, voqea-xodisalarni estetik qadrlash usulidir. Biroq, baxolash, barcha ong shakllari singari, o‘zining milliy jihatlariga, etnomadaniy belgilariga ega. Masalan, yaponlardek cho‘kkalab o‘tirib ovqatlanish yevropaliklar uchun qiyin xolatdir. Yoki nafaqat yevropaliklar, shuningdek, O‘rta Osiyo xalqlari ham janubiy afrikaliklarning bir oyoqda uxlashini tasavvur qilolmaydi. Shuning uchun deyarli barcha tadqiqotchilar madaniyatni internatsionalizatsiyalashni nomuvofiq xol hisoblab, har bir etnik madaniyat o‘ziga xosligini saqlab qolishi lozim degan fikrni yoqlaydilar. To‘g‘ri, ba'zi etnomadaniy belgilar yo transformatsiyaga uchraydi yoki iste'moldan chiqadi, bu ijtimoiy-madaniy voqelikka xos xususiyatdir.
Agar, yaponiyaliklar uchun cho‘kka tushib ovqatlanish, ayollarning mayda qadam tashlab yurishi, zulular uchun bir oyoqda uxlash estetik madaniyat belgisi hisoblansa, o‘zbek xalqining chordona qurib o‘tirishi, katta kishiga o‘rnidan turib joy berishi estetik qadriyatdir. Demak, har bir xalq o‘zining tarixiy-madaniy an'analarida badiiy-estetik qarashlarini ifoda etadi. Sivilizatsion yondashuvni ilm-fanga ingliz faylasufi va tarixchisi A. Dj. Toynbi olib kirgan. Uning fikriga ko‘ra, insoniyat lokal sivilizatsiyalar orqali rivojlangan. Ushbu sivilizatsiyalar o‘ziga xos bosqichga kirguncha va o‘z paradigmalarini yaratguncha bir-birlari bilan aloqada bo‘lmagan.
Sotsiologik yondashuv etnik madaniyatni jamiyat xayotida, tizimlarida, institutlarida, qatlamlarda kechayotgan ijtimoiy jarayonlarning tarkibiy qismi sifatida qaraydi. Keyingi paytlarda ushbu jarayonlarni maxsus tadqiq etuvchi madaniyat sotsiologiyasi yuzaga keldi va etnosotsial tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.
Ularda ijtimoiy-madaniy xayotning ichki tizimlari, sistema tarzida kelishi, etnik madaniyatning millatlararo munosabatlarga ta'siri, maorif, maishiy turmush va shaxs kamoloti bilan bog‘liq muammolar o‘rganiladi.
Jamiyat xayoti va taraqqiyotining madaniy omillarga bog‘liqligi, ijtimoiy munosabatlar bilan etnik madaniyat dialektikasi, shaxs-jamiyat-madaniyat sistemasida antropologik va etnologik masalalarning uyg‘unlashib kelishi, regional (Yevroosiyo va Markaziy Osiyo) muammolarning ijtimoiy-madaniy modellari taxdil qilinadi. Falsafiy-madaniy yondashuv etnik madaniyatning inson va borliq, inson va jamiyat sistemalari bilan bog‘liqligini, xalq ommasining ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi o‘rnini, milliy madaniyatning jamiyatni transformatsiyalash va modernizatsiyalashga ta'sirini, shaxs ma'naviy kamolotida urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar, din, ilm-fan, axloqning tarbiyaviy funksiyalarini o‘rganadi. Yuqoridagilardan ma'lum bo‘ladiki, o‘zbek xalqi etnik madaniyatiga bo‘lgan qiziqishning doirasi juda keng, ularda, birinchidan, milliy, xududiy, ma'naviy-ruxiy, maishiy va umuminsoniy belgilar butun O‘rta Osiyo xalqlariga xos voqelik sifatida tadqiq etiladi. Ikkinchidan, o‘zbek xalqi etnik madaniyati azaldan o‘zida innovatsiyalarga moyillikni saqlab, uni rivojlantirib kelgan. Bu esa unga dunyo xalqlari bilan integratsiyaga kirishib taraqqiy etish imkonini bergan. Uchinchidan, o‘zbek xalqi o‘zining harixiy madaniy paradigmalarini asrab kelgan, ularni tashqi tazyiqlar tufayli yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymagan.

Download 48.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 48.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avestoda O’rta Osiyo o’lkasining mashg’ulotlar haqidagi malumotlar

Download 48.87 Kb.