Ichki nazorat tizimini o’rganish




Download 52.95 Kb.
bet5/6
Sana19.11.2023
Hajmi52.95 Kb.
#101384
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Auditorlik tashkiloti va Unga qo\'yilgan talablar
ммр, ilk orta asrlarda ustrushona-1, Xoja Ahmad Yassaviyning o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni, 2-topshiriq, kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk, algoritmlarni loyihalash Narzullayev Nodirbek, Narzullayev Nodirbek MB 3-ish
8.4. Ichki nazorat tizimini o’rganish.

Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi. Nazorat tizimining ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan, shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat. Agar auditorning fikricha, ichki nazorat tizimi ishonchli bo’lsa, bunda u tekshiruv ob’ektlaridan birortasi bo’yicha schyotlar yoki muomalalarni tekshirishni to’liq yoki qisman ichki nazorat tizimining ishlashini tekshirish natijasi bilan almashtirishi mumkin. Agar, ichki nazorat tizimi ishonchli va sezilarli darajada izdan chiqmasdan ishlayotganligini aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik ma’lumotlarida ham katta xatolar yo’q deb taxmin qilishga haqlidir. Agar, ichki nazorat tizimi samarasiz bo’lsa, auditor uning kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli vaziyatlarni bartaraf qilish uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi lozim. Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim. O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan tahlikali vaziyatlarni baholashda to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor olingan ma’lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, unda quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va printsiplari; rahbariyatning ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati.


Faoliyat sohasini bayon qilishda auditor asosiy diqqat-e’tiborini ichki nazoratning alohida uchastkalariga qaratadi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan ichki nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, natijada, noto’g’ri, befoyda qarorlar qabul qilish hamda zararlar vujudga kelishini imkon qadar kamaytiradi. Buning ustiga ichki nazorat yaxshi yo’lga qo’yilganda tasodifiy xatolar oson aniqlanadi, ataylab qasddan qilingan xatolar esa faqat puxta o’ylangan doimiy tekshiruv va mas’uliyatlarni taqsimlash tizimi yordamida bartaraf qilinishi mumkin.
Ko’plab mutaxassislar ta’kidlashicha, ichki nazorat tizimi faqat korxonada ichki nazorat ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgandagina yaxshi samara beradi, jamoatchilik taftish komissiyasiga yuklanganida esa yomon ishlaydi, boshqalar esa ichki audit ichki nazorat tizimi elementlaridan birigina xolos deb tasdiqlaydilar.
Ichki nazorat tizimi- bu buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan, hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir.
Yaxshi tashkil etilgan ichki nazorat tizimi quyidagi elementlari bilan tavsiflanadi:

  • axborotlarni to’plash tizimi mavjud xatolarni o’z vaqtida aniqlaydi;

  • amaldagi mas’uliyat tizimi har qanday vazifani boshdan oxirigacha yakka o’zi amalga oshirishiga yo’l qo’ymaydi;

  • har qanday muomalalarni muvofiqlashtirish tizimi mavjud;

  • inventarizatsiya muntazam ravishda o’tkaziladi;

  • buxgalteriya hisobotlari va rejadan chetga chiqishlar tahlil qilinadi.

Agar har kunlik ish ichki nazorat ostida bo’lsa, daromadlar ko’payadi. Kundalik ish ishonchli bo’lsa daromadni yo’qotish xavf-xatari ham pasayadi.
Ichki nazoratning tuzilishi turli xil bo’lishi, korxona faoliyati, uning hajmi, EHM bilan jihozlanganligi, rahbariyatning shaxsan nazorat qila olish imkoniyatlari va ko’plab boshqa omillarga bog’liq.
Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda hujjatlashtirishda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanishi zarur:

  • maxsus ishlab chiqilgan testlar;

  • rahbar xodimlar va buxgalteriya xodimlarining fikrlarini aniqlash uchun namunaviy savollar ro’yxati;

  • maxsus blankalar va tekshiruv varaqalari; bloksxemalar va grafiklar;

  • kamchiliklar ro’yxati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar.

O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida ichki nazoratga taaluqli qandaydir maxsus talablar yo’q. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baholashda ikkita omilga tayanadi:

  • ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun ham bir xil buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash;

  • auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza qilish natijalarini aks ettirish zarur.

Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi auditni rejalashtirish, shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqti va hajmini aniqlash uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik, auditor tomonidan dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan ishlarning borishi to’g’risida ma’lum tasavvurga ega. Dastlabki dastur sifatida o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvining dasturi olinib, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimini dastlabki tahlil qilish va samarasizlik xavf-xatarini baholash natijalariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Auditorlik tekshiruvi dasturi moliyaviy hisobotdagi axborotlarning ishonchliligini tasdiqlashga qaratilgan amallar ro’yxatidan iborat. Har bir auditorlik amalining turi, o’tkazish vaqti va miqyosi aniqlanib, u moliyaviy hisobotning bir yoki bir necha ko’rsatkichlari bilan bevosita bog’liq. Auditorlik amallarining ettita asosiy turi mavjud: qayta sanash, kuzatish, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, nusxa ko’chirish va tahlil qilish amallari.
Ichki nazorat tizimini baholashning navbatdagi maqsadi -bu uni takomillashtirish bo’yicha konstruktiv takliflar ishlab chiqishdir. Auditor ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, o’z takliflarini mijozga taqdim etiladigan maxsus xatda bayon qiladi. Auditorlar ushbu takliflarni auditorlik tekshiruvining elementi sifatida rasman qabul qilib, ularni konsultatsiya xizmatlari qatoriga kiritmaydi. Berilgan takliflarga rioya qilish yoki qilmaslikni mijozning o’zi hal etadi. Takliflar bayon qilingan xat audit jarayoni yakunlanganidan so’ng yoziladi.
Xatda ichki nazorat tizimining muammolari bilan bog’-liq faktlar bayon qilinib, auditor bular haqida mijoz-korxona boshqaruvini xabardor qilishi lozim. Chunki, bu muammolar ichki nazorat tizimining tarkibi va faoliyat ko’r-satishida sezilarli kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi va korxonaning moliyaviy axborotlarini ro’yxatga olish, qayta ishlash va moliyaviy hisobotda umumlashtirish layoqatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday kamchiliklar quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • xizmat vazifalarining taqsimlanmaganligi;

  • xo’jalik muomalalarining tekshirilmasligi va zarur nazoratning o’rnatilmaganligi;

  • nazorat amallarining samarasizligi;

  • nazoratdan qochish maqsadida mansabdor shaxslar tomonidan nazorat amallarining ataylab buzilishi;

  • korxona rahbariyati yoki xodimlarining ataylab qilgan xatolari, masalan, buxgalteriya yozuvlarini qalbakilashtirish yoki almashtirish.

«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 7-moddasi-ga muvofiq buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot, shuningdek ichki nazorat tizimini tashkil etish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari javobgardir.
Auditor mijoz uchun samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishga javobgar emas. Ichki nazorat tizimi tuzulmasi uchta tarkibiy qismga bo’lingan:

  • nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo’lgan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig’indisidir;

  • korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi - tegishli xo’jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallardir;

  • nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.

Ushbu uchala tarkibiy qism o’zaro bog’liqlikda axborotlardagi jiddiy xatolarning oldini olish, aniqlash va tuzatishni ta’minlaydi.
Nazorat muhiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.
Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat:

  • siyosat va boshqaruv uslublari;

  • korxonaning boshqaruv tuzulmasi;

  • direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati;

  • boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari;

  • nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit;

  • kadrlar siyosati va amaliyot;

  • tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati).

Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, hujjatlarni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’liq muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar tomonidan bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt deb baholanadi.
Ichki nazorat tizimi samarali bo’lishi uchun funktsional mas’uliyatlar yoki xizmat vazifalarining etarli darajada taqsimlanishi juda muhimdir. Bu nazorat amallari samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat:

  • xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish. Bu vazifani xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni sotishga ruxsat etish) bo’lishi mumkin.

  • xo’jalik muomalalarini ro’yxatga olish. Ko’pchilik korxonalarda xo’jalik muomalalarini yozish (hisob yuritish) va hisobot ishlari kompyuter yordamida bajariladi;

  • xo’jalik faoliyatida korxona mablag’larining saqlanishini ta’minlash. Bunda korxonaga tegishli aktivlarga haqiqatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat o’rnatish nazarda tutiladi;

  • schyotlarda aks ettirilgan summalarni va haqiqatda mavjud aktivlarni vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish. Bu erda aktivlarni muntazam inventarizatsiya qilish va tafovutlar aniqlangan hollarda tegishli choralarni qo’llash tushuniladi.

Xizmat vazifalarining mos kelmasligi - bu shunday kombinatsiya bo’lib, unda xatoga yo’l qo’ygan yoki axborotni buzib ko’rsatgan xizmatchi o’zining oddiy faoliyati chog’ida bu faktlarni yashirishi mumkin. Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, xizmatchilardan hech biri yuqorida sanab o’tilgan to’rtta funktsiyaning ikki yoki undan ortig’ini bajarmasligi lozim. Birinchi va to’rtinchi funktsiyalar boshqaruv, ikkinchi funktsiya hisob, uchinchisi esa saqlash funktsiyasi hisoblanadi. Bu funktsiyalarni turli shaxslar va bo’linmalar o’rtasida taqsimlash ikkita afzallikka ega.

  1. ishlarni muvofiqlashtirish (bitta xo’jalik muomalasining turli jihatlarini ko’rib chiqish) hisobiga ataylab qilinmaydigan xatolarni aniqlash va to’g’rilash osonlashadi.

  2. axborotlarni buzib ko’rsatish qiyinroq bo’ladi, chunki bu ikki yoki undan ortiq ishchi shaxslarning til biriktirishini talab etadi.

Nazorat qilib turish nazorat muhitining muhim elementi hisoblanadi. Korxonada hisob funktsiyalari va nazorat amallarini korxona xodimlari va kompyuter tizimi bajarishi mumkin. Menejerlar tomonidan bu funktsiyalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatilishini ta’minlash e’tiborga molik. Kreditlash bo’yicha menejerlar ishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi nazoratchi, masalan, debitorlar schyotlaridagi saldolarni nazorat schyoti ma’lumotlariga vaqti-vaqti bilan taqqoslab turishi mumkin. Bo’linmalar rahbarlari yoki nazoratchilari xizmatchilar tomonidan topilgan xatolarni tuzatishlari, shuningdek, korxonadagi hisob tizimiga taalluqli qarorlar qabul qilishi va ruxsat etishi mumkin. Nazorat o’rnatish boshqaruv nazoratining muhim vositasi va butun ichki nazorat tizimi faoliyat ko’rsatishining sharti hisoblanadi.
Tomonlar o’rtasida kelishilgan dastur bajaradigan ishlar (xizmatlar) hajmi va qiymatini aniqlashda asos bo’lib, quyidagi shakldagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi:

XULOSA
Ushbu mablag‘lar to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bеrgan asosiy vositasi kamomad chiqqan asosiy vosita qiymatiga tеng yoki kam bo‘lsa, ushbu asosiy vosita bеlgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yеtishmaydigan qismi esa moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va buxgaltеriya hisobida bеlgilangan tartibda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni chеt el valutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan asosiy vositalarning qiymati opеratsiya sodir etilgan (bojxona yuk dеklaratsiyasini to‘ldirish yoki yеtkazib bеrilganligini tasdiqlovchi tеgishli hujjatlar rasmiylashtirilgan) sanadagi O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chеt el valutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan bеlgilanadi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulklarini boshqa tashkilotlarga ijaraga bеrish, shuningdеk, ijaradan tushgan mablag‘larni hisobda aks ettirish qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi.
Ijaraga bеrilgan asosiy vositalar ijaraga bеruvchi tashkilotlarda balansdan (hisobdan) chiqarilmaydi, ijaraga oluvchilarda esa mazkur asosiy vositalar 01 «Ijaraga olingan asosiy vositalar» nomli balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi.


Download 52.95 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 52.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichki nazorat tizimini o’rganish

Download 52.95 Kb.