|
Mavzu: Avtomatik intelektual transportlarning rivojlanish tarixi Reja
|
bet | 3/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 173,77 Kb. | | #249082 |
Bog'liq INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI RIVOJLANISH TARIXIGeneral Motorstomonidan avtomobilь xarakatlanish jarayonida yordam berish uchun ishlab chiqilgan va V2V (vehicle-to-vehicle)deb nomlangantizim avtomobillar o’rtasida axborot almashuvini xaydovchisiz amalga oshirishga imkon beradi. V2V tizimi avtomobillar o’rtasida simsiz aloqani o’rnatadi va uning yordamida joylashgan xududi va tezligi to’g’risida axborotlar uzatiladi. Undan tashqari tizim uzluksiz ushbu ma’lumotlarni taxlil qiladi va boshqa avtomobillar tomonidan keltirib chiqishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatlar to’g’risida axborotlarni xaydovchiga yetkazish evaziga yo’l-transport xodisasini oldini oladi. V2V asosiy apparat vositalariga kuyidagilar kiradi: mikroprotsessor, signallar qabul qiluvchi GPS (navigatsiya sputnik tizimi) va LANyuqoritezlikli tarmoq orqali axborotlarni simsiz modulь orqali uzatish. V2V tizimigaega bo’lganavtomobillarxuddi noutbuk aeroport yoki kafeda «xot-spot» usuli kabi bir biri bilan aloqa bog’laydi. Ushbu aloqani amalga oshirish asosida simsiz aloqa yordamida tarmoqni bog’lash texnologiyasi WLAN (Wireless Local Area Network) va IEEE 802.11 protokoli yotibdi. V2V tizimini WLAN-uzatish va qabul qilish uskunasi bilan xar bir avtomobilni jixozlash g’oyasi mashinalarga o’zaro axborotlar bilan almashish imkonini beradi.Wi-Fi uzunligi cheklanganligi tufayli xar bir avtomobilь marshrutizator sifatida axborotlarni keyingi manzilga (adres) uzatadi. Marshrutlashtirish algoritmi aniq mashina joylashishidan kelib chiqqan xolda barcha tarmoqning konfiguratsiya o’zgarishiga tezkor moslashish imkonini yaratadi. WLAN-uzatish uskunasining ta’sir qiluvchi masofasi tahminan uch yuz metrni tashkil qiladi, lekin avtomobillar zanjir shaklida bog’lanadi va “tasodifiy tarmoqni” (adhoc network) tashkil etadi. Axborotlar bilan zudlik almashish (xar bir habar xajmi kilobaytga teng bo’ladi) V2V tarmog’i yordamida xattoki zich xarakatlanish xududlarida xam taxminan ikki yuz avtomobillarga ma’lumotlarni uzatadi. Plyus xar bir modulь nafaqat qabul qiluvchi-uzatuvchi, xattoki ma’lumotlarni “tashuvchi” sifatidao’zini namoyon qiladi. Masalan, bo’sh yo’lda qarama-qarshi kelayotgan mashina bergan xabarini V2V tizimi buferda saqlaydi va bir necha kilometrdan keyin uchragan qarama- qarshi kelayotgan mashinaga uzatishi mumkin. Avtomobillar o’zining xududiy joylashishini GPS sputnik signallari yordamida aniqlaydi va boshqa avtomobillar bilan axborot almashadi, masalan, xarakat tezligi, yo’l sharoitlari yoki tezlashish to’g’risida. Bugungi kunda avtomobillarningxavfsizlik tizimi ko’pchilik datchiklar bilan jixozlanishi mumkin, xususan, avtomobilning “ko’rinmas zona”sida ob’ektlarni aniqlovchi datchiklar yoki kruiz-nazorat tizimi bilan bog’langan radar datchiklar. V2V tizimi yordamida GM mutaxassislari ayrim datchiklarning qoplash xududi va ishchi diapazonini kengaytirish evaziga avtomobilni qurshab olgan sharoitlarni baholash va xar tomonlama kuzatuvni ta’minlovchi samarali va arzon usulni yaratishdi.
|
| |