Avtomobilning xarakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion




Download 173,77 Kb.
bet4/6
Sana21.05.2024
Hajmi173,77 Kb.
#249082
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI RIVOJLANISH TARIXI

2.Avtomobilning xarakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion


texnologiyalar
GM muxandislari bir nechta amaliy misollarda yangi texnologiyaning yutuqlarini namoyon etishdi. Oldinda qo’zg’almas avtomobilь joylashgan.Agarda avtomobilь buzilishi tufayli yo’lning chetida to’xtasa tizim xaydovchini ogohlantiradi.Qo’zg’almas avtomobilь boshqa avtomobilь xarakat qilayotgan qatordan tashqari joylashgan xolda xam yaqinlashayotgan avtomobilning xaydovchisini ogohlantiradi. Ushbu xolat vizual kontaktgacha amalga oshiriladi.SHu tariqa xaydovchi oldindan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatning oldini olish imkoniga ega bo’ladi.

  1. Favqulodda to’xtash to’g’risida ogohlantirish. Xozirgi paytda zamonaviy avtomobillarda tezkor to’xtash amalga oshirilganda stop-signallar o’chib yonishi tezlashadi.

  2. V2V tizimi yordamida xozirgi paytda samarali ogohlantirish sharoiti mavjud va orqadan xarakatlanayotgan transport vositasi xaydovchisiga ma’lumot uzatilgandan so’ng unda avtomobilь tezligini pasaytirish imkoni paydo bo’ldi. Bu vaziyat xaydovchi xavfli zonani ko’rishdan ilgari erta sodir bo’ladi. Ushbu xolatda displeyga chiqariladigan vizual belgi ishlatiladi.

    1. Tirbandlik xolatida yoki avtomobilь buzilib yo’lning chekkasida to’xtab qolgan taqdirda avariya xolati sodir bo’lishi mumkin: avtomobilь sekin xarakatlanadi yoki to’xtab qoladi, natijada orqadan xarakatlanib kelayotgan avtomobilь uchun xavfli vaziyat paydo bo’ladi. V2V tizimi yordamida qatordagi xavfli manbaga avtomobilь yaqinlashganligi va to’qnashish sodir bo’lishi mumkinligi to’g’risida xabarni xaydovchi displey orqali oladi. Orqadan avtomobilь yaqinlashib kelgan sari to’xtab turgan avtomobilning orqa chiroqlari tez-tez (migatь) yona boshlaydi, ovozli signal va o’rindiq vibratsiyasi esa yaqinlashib kelayotgan avtomobilь xaydovchisini ogohlantiradi. Bunday xolatda xaydovchida avtomobilni to’xtatishga yoki zarurat tug’ilganda xatarli joyni aylanib o’tishga vaqti yetarli bo’ladi. “Ko’rinmas zonada” avtomobilь borlig’i to’g’risida ogohlantirish (ayniqsa xarakat qatori o’zgarganda). Xarakat qatori o’zgarganda yordam ko’rsatish funktsiyasi “ko’rinmas zonada” avtomobilь mavjudligi to’g’risida xaydovchilarni ogohlantiradi, ushbu jarayon ko’pqatorli yo’llarda intensiv transport oqimi mavjud sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun katta ahamiyatga ega. Vizual signal xaydovchini ogohlantiradi, agarda boshqa avtomobilь orqa ko’rinish oynasida ko’rinmas zonada xarakatlansa. Avtomobilь kuzovining tegishli tomonida orqa ko’rinish oynasining korpusida o’rnatilgansvetodiod chirog’i yonadi. Signalning yonish intensivligi keskin oshadi, agarda xaydovchi xarakat qatorini o’zgartirib xavfli vaziyatni yaratsa.Ushbu xolatda svetodiod chirog’i tez-tez yonib o’chadi, xaydovchini o’rindig’i esa vibratsiya beradi.

    2. Favquloddagi xizmatlar avtomobilining yaqinlashishi to’g’risida ogohlantirish.Favqulodda yordam ko’rsatish avtomobilining signalini eshitgan xaydovchilar uni qaysi tomondan xarakat qilayotganini aniqlashga qiynaladilar, ayniqsa xarakatlanish shahar sharoitida amalga oshirilsa. V2Vtizimi yordamida xaydovchilar ushbu avtomobillar xarakatining yo’nalishlari to’g’risida axborot oladilar va zarur bo’lgan xollarda to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatma oladi “Yo’lning chetiga o’ting” yoki “CHap qatorni bo’shating”. Bunday xolatda avariya xizmatlarining avtomobillari qisqa vaqt ichida manzilga yetib borish va jabrlangan insonlarga tez yordam ko’rsatish imkoniga ega bo’ladi.

    3. Yo’lning bir qismida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to’g’risida

ogohlantirish. Xar bir xaydovchiga tanish vaziyat: yo’lni ajratuvchi bo’lakda maysa o’rish ishlari olib borilmoqda va xavfsizlik choralari ko’rilgan, ta’mir ishlarini olib boruvchi texnikasi ketidan ogohlantiruvchi chiroqlari yoqilgan xolda xizmat avtomobili xarakatlanayapti va u yo’lni aylanib o’tish (ob’ezd) yo’nalishini ko’rsatmoqda. Bu choralarga qaramasdan ayrim xollarda diqqati pasaygan xaydovchi aybi bilan orqadan kelayotgan avtomobilь oldinda xarakatlanuvchi transport vositasi bilan to’qnashadi. Bunday to’qnashuvning xavfi pasayadi, agarda xizmat avtomobili ogohlantiruvchi signalni uzatsa va u orqada xarakatlanayotgan avtomobilь displeyida aks ettirilsa, misol: “CHap qator band. O’ng tomondan xarakatlaning”.

    1. CHorrahada to’qnashish xavfi to’g’risida ogohlantirish. Yaxshi ko’rinmagan va svetoforlar bilan jixozlanmagan chorraxalar juda xavfli, chunki xaydovchilar bir-birini yaxshi ko’rmaydi. V2Vtizimi avtomobillarga bir-birini to’g’ridan-to’g’ri ko’rishdan ilgari aloqa bog’lashga va xavfli vaziyatni oldini olishga imkon yaratadi. Ularda avtomobilni to’xtatishga yoki aylanib o’tish uchun boshqa yo’lni tanlash imkoni va vaqti bo’ladi.Agarda bunday vaziyatda to’qnashish xavfini bartaraf qilish imkoni bo’lmasa V2Vavtomatik ravishda avtomobillarni to’xtatadi. GMmutaxassislari V2Vtizimini ko’pchilik avtomobillar butlovchi qismlarining asosiy tarkibiga kirgan komponetlar asosida yaratgan.


Download 173,77 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 173,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobilning xarakatlanish jarayonida xavfli vaziyat paydo bo’lishi to’g’risida xaydovchini ogohlantiruvchi innovatsion

Download 173,77 Kb.