INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMINING HAYOTIMIZGA TA‘SIRI




Download 173,77 Kb.
bet5/6
Sana21.05.2024
Hajmi173,77 Kb.
#249082
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI RIVOJLANISH TARIXI

3.INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMINING HAYOTIMIZGA TA‘SIRI
Hozirgi kunda svetoforlarining betartib boshqaruvi, yo‘lovchilarning yo‘l qoidalariga yetarlicha amal qilmasliklari, piyodalar o‘tish yo‘lakchalaridan piyodalarning betartib harakatlanishi, transport vositalarining tez-tez toʻxtab turishi oqibatida atrof-muhitning ifloslanishi, birdaniga o‘t oldirishi yoki toʻxtab turish evaziga sodir bo‘ladigan yo‘l transport hodisalari va, tirbandlik kabi katta muammolar mavjud. XXI asrda yo’llarni zamonaviy texnolgiyalar bilan jixozlab, aqlli shahar ko‘rinishiga olib kelishga harakat qilayotgan mamlakatlar Intellektual Transport Tizimlari (ITT)dan unumli foydalanishga harakat qilinayotgan hisoblanadi. Intellektual Transport Tizimlari (ITT) bu yo’larning joriy holatidagi sharoitlarini aniqlash, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechim bera olish orqali ideal avtomobil oqimini optimallashtirish uchun yo‘llar, transport vositalari va aloqa tizimlariga elektr boshqaruv va masofaviy boshqaruv kabi ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydigan tizim hisoblanadi. Intellektual transport tizimi:ko‘plab ma‘lumotlar talab qiladigan ilovalar, ma‘lumotlar hajmi, xilma xilligi, tezligi va qiymati jixatidan mumim ahamiyat kasb etadi.
Hozirga kelib, Intellektual transport tizimi tranportning barcha sohalarida keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Yuqori tezlikda harakatlanish imkoniyati mavjud yo‘llarda, metro va temir yo‘l transportida ham ma’lumotlarni yuqori tezlikda o‘tkazish, hududlarni aniqlash va ularni to‘g‘ri analiz qilish kabi vazifalari mavjud. Intellektual transport tizimining qo‘llanilishi nafaqat yo‘l tarmog‘ining harakatlanish qobiliyatini balki yo‘l harakati axborot xizmati darajasini oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida turli xil qo‘llash istiqbollariga ega bo‘lib, transport vositalari orqali havoga chiqayotgan zaharli gazlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish kabi.xususiyatiga ham ega hisoblanadi. Aholining hayot tarzini yengillashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or transport axborot xizmati tizimini loyihalash va tuzish intellektual transport tizimining muhim ahamiyati va rivojlanish tendentsiyasidir. Intellektual transport tizimi tomonidan taqdim etiladigan aqlli transport axborot xizmatlarii ko‘plab transport vositalari yoki boshqa transport sohalariga qaratilgan. Hududlarda ketma-ket joylashgan ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar atrofida joylashgan svetaforlar,kameralarda o’zgaruvchan tezlik chegarasi belgilari va yo’l harakati haqida ma’lumot xizmati tizimlari, shuningdek, yo’l harakati qoidalarini boshqarish tizimlari, yo’l harakati boshqaruvi ma’lumotlarini integratsiyalashgan xizmat ko’rsatish tizimlari va shahar transporti ilovalari uchun yo’l harakati ma’lumotlarini oshkor qilish tizimlarini yanada takomillashtirish tavsiya etiladi. Aqlli transport tizimining amaliy qo’llanilishi sohasida, real vaqt rejimida shahar yoki yo’l harakati to’g’risidagi axborotni yetkazish intellektual transport axborot xizmatining asosiy ko’rsatkichidir. Boshqacha qilib aytganda, yo‘lning holati haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida turli xil ma’lumotlarni ko‘rsatish qurilmalari orqali namoyon qilinadi. Ushbu qurilmalar aksariyati umumiy va umumiu display qurilmalari va asosan quyidagilar LED displey ekrani, LCD displey ekrani, DLP displey ekrani, va boshqalar qo‘llaniladi.(1-rasm). DLP va LCD va LED display ekranlari haqida qisqacha tushunchalar: LCD Suyuq kristall displeyni bildiradi. Bu mashq jihozlari kabi konsollar uchun keng tarqalgan texnologiya shakli bo‘lib, proyeksiya va tasvirlash texnologiyasida yaxshi ishlaydi. DLP raqamli nurni qayta ishlashni anglatadi. Bu tasvirni loyihalashda raqamli yondashuvni oladi va potentsial muammoli suyuq kristalli texnologiyaga bo‘lgan ehtiyojni yo‘q qiladi. 1-rasm. DLP va LCD va LED display ekranlarining transport vositasida qo‘llanilishi LED yorug‘lik chiqaradigan diyotni anglatadi.


Biz buni proyeksiya tizimidan ko‘ra yoritish tizimi sifatida yaxshiroq bilib ololamiz, ko‘plab maishiy va dekorativ chiroqlar lampalaridagi LEDlardan foydalanadi. O‘rnatilayotgangan va qo‘llanilib kelinayotgan texnologiyaning rivojlanishi bilan, aqlli transport ma’lumotlarini ko‘rsatish tizimi funktsiyalarni kengaytirish bilan multimedia texnologiyasi va tarmoqqa ulanish. keng qamrovli tizimga aylandi. So’nggi paytlarda ushbu Intellektual Transport Tizimlariga sun’iy intellektning kiritilishi bilan u yanada samarali natija ko’rsatmoqda. Sun’iy intellekt va Intellektual Transport Tizimlari birgalikada qo’llanilgan yo’llarda avtotransport oqimini joriy holatini, aylanma ma’lumotlarini va boshqa holatlarini avtomatik ravishda aniqlaydi va uni yo’ldagi elektron belgilar, internet va mobil telefonlar orqali foydalanuvchilarga taqdim eta olish qobiliyati mavjud.

Download 173,77 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 173,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMINING HAYOTIMIZGA TA‘SIRI

Download 173,77 Kb.