|
Mavzu: Avtomatik intelektual transportlarning rivojlanish tarixi Reja
|
bet | 2/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 173,77 Kb. | | #249082 |
Bog'liq INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI RIVOJLANISH TARIXIIntellektual transport tizimi – o’z ichiga, zamonaviy axborot, kommunikatsion va telematik texnologiyalarni, boshqaruv texnologiyalarni va transportdan foydalanuvchilar va ekspluatatsion jarayonlarida qatnashadigan personalning (xodimlar) qulayligi uchun, transport jarayonini samarali tashkil etish va xavfsizlikni oshirish, transport-yo’l tarmog’ining foydalanish ko’rsatkichlarini maksimal darajada oshirish, axolini belgilangan xarakatlanish (mobilьnostь) darajasini ta’minlash maqsadida, konkret transport vositasi yoki transport vositalari guruxi tomonidan xudud (shahar, yo’llar) transport tizimini yuqori (maksimal) samarali boshqarish ko’rinishlarini (stsenariy) amalga oshirishni avtomatik tarzda qidirishni oladi.
1.INTELLEKTUAL TRANSPORT VOSITALARINI YARATISHDA JAHON TAJRIBASI
Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4deb nomlangan innovatsion xavfsiz avtomobilning to’rtinchiavlodini ishlab chiqdi. Tizimning asosiy vazifasi innovatsion texnologiyalar yordamida avtomobillar o’rtasidagi kommunikayatsilarni yaxshilash evaziga avariyalar sonini kamaytirish. Nissan kompaniyasi Nissan ASV-4 avtomobilida xar xil texnologiyalarni testdan o’tkazdi va ulardan tijorat ishlarida foydalanish uchun tayyorladi. Nissan ASV-4 avtomobilining ogohlantirish tizimi xaydovchini ogohlantirish uchun avtomobillar o’rtasidagi V2V kommunikatsiyasidan foydalanadiva qaramaqarshi xarakatlanuvchi avtomobilь to’g’risida ogohlantiradi natijada yo’lda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatni oldini oladi. Transport avariyalari to’g’risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar kuyidagi vaziyatlarda ko’pchilik xodisalar sodir bo’lishini ko’rsatmoqda: “ko’r” chorraxalarda ikki avtomobillar to’qnashuvi; chorraxada o’ng tomonga burilgan avtomobilь bilan qaqamaqarshi xarakatlanuvchi avtomobillar to’qnashishi; chapga burgan avtomobilь velosiped yoki mototsiklni turtib ketishi; orqadan bosib ketish. Navigatsiya tizimi tomonidan xavfli vaziyat aniqlanadi va u to’g’risida axborotlarni xaydovchiga xarakatlanish jarayonida yetkazadi, natijada yo’l- transport xodisasi sodir bo’lishini oldi olinadi.
|
| |