Sho'rlangan hududlarda yo'llarni loyihalashning o'ziga xos liklari




Download 46,77 Kb.
bet6/12
Sana05.12.2023
Hajmi46,77 Kb.
#111794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Avtomobil yo\'llarini arxitekturaviy landshaftli loyihalas-kompy.info

Sho'rlangan hududlarda yo'llarni loyihalashning o'ziga xos liklari.


  • Reja:

  • sho’rlanish darajasi

  • Sho‘rlangan gruntlarning asosiy turlari

  • rezervli ko‘ndalang profillar

Yuqorigi bir metrlik qalinligida tarkibida massasi bo‘yicha 0,3% dan ortiq oson eriydigan natriy, kalsiy va magniyning xlorli, sulfatli va karbonatli tuzlari bo‘lgan gruntlar sho‘rlangan gruntlar hisoblanadi. Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq oson eriydigan tuzlar bo‘lgan tuproqlar sho‘rxoklar deb ataladi. Ular tarkibida eriydigan tuzlar bo‘lgan sizot suvlarining kapillyarlar bo‘yicha sirtga tortilishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu tuzlar suv bug‘langanida gruntning yuqori qatlamlarida to‘planadi. Ayrim hollarda tuz miqdori shu qadar ko‘p bo‘ladiki, ular ajralib chiqib, grunt sirtida qatlam hosil qiladi.


Yengil eruvchan tuzlar suv ta'sirida yo‘l poyi gruntining mustahkamligini kamaytiradi, undan tashqari, grunt tarkibidagi suvda eriydigan ortiqcha tuz 142 ko‘pligi, sho‘rlangan gruntlarning mos ravishda o‘sha granulometrik tarkibli sho‘rlanmagan gruntlarning qulay zichligigacha zichlashishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun har qanday sho‘rlangan grunt yo‘l poyi qurish uchun yaroqli bo‘lavermaydi. Ulardan foydalanish imkoniyatini laboratoriya sharoitida, sho‘rlanish xususiyati va darajasi bo‘yicha gruntlarni tasnlashasosida aniqlanadi.
Sho‘rlangan gruntlarning asosiy turlariga solonchaklar, solonslar, shuningdek, taqir gruntlari kiradi. Gruntlarning sho‘rlanish darajasi ko‘tarmaga surilishi kerak bo‘lgan grunt qatlamidagi yengil eruvchan (xlorli natriy, sulfat natriysi, karbonat natriy) tuzlar miqdori o‘rtacha yig‘indisining quruq grunt massasiga nisbatini foyzda belgilash bilan tavsiflanadi. Sho‘rlanish xususiyati gruntda xlor SL ioni miqdorining SO4 miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Masalan, qabul qilingan yo‘l tasnifi bo‘yicha 9.1-jadvalda ko’rsatilgan gruntlarning sho‘rlanishi ajratiladi. Gruntlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha tuzlarning xususiyati va yo‘l-iqlim mintaqasiga qarab tavsiflanadi
Sho‘rlangan gruntlarda rezervli ko‘ndalang profillar bo‘lishiga, (9.1, a-rasm) sizot suvlari 1 m dan ortiq chuqurlikda yotganida, yo‘l qo‘yiladi. 143 Bunda rezervning tubi sizot suvlarining eng baland sathidan kamida 0,9 m baland turishi kerak. O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan gruntlarda suvni yo‘l poyidan chetlatish tadbirlarini, ayniqsa, sinchiklab bajarish zarur. Suvni chetlatish uchun rezervlarning chetlari bo‘ylab novlar qilinadi (9.1, b -rasm).
Yo‘l poyini qurish uchun yaroqliligi tumanning iqlim sharoitiga, gruntni sho‘rlanish xususiyati va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Gruntni ko‘tarmaga solishda qiyin eriydigan tuzlarning (gips) birlik massadagi qismi 3 % gacha ruhsat beriladi.
Sodali sho‘rlanish sho‘rlangan gruntning yuzasiga bitum materialli qoplama qurilganda ahamiyatga ega. Ortiqcha sho‘rlangan gruntlarni trassa bilan aylanib o‘tish mumkin bo‘lmaganda, yo‘l poyi sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan gruntlardan (iloji boricha drenajlanadigan), sho‘rlanishining oldini olib quriladi. Kuchli sho‘rlangan gruntli sharoitda yo‘l poyi ko‘tarma holida yo‘l to‘shamasining tagi yer yuzidan ko‘tarib va grunt suvlari sathidan, odatdagi sho‘rlanmagan gruntlarga nisbatan 20 % baland quriladi.
Kuchli sho‘rlangan bog‘langan gruntlarda va kerakli balandlikdagi ko‘tarmani qurish mumkin bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yo‘l poyini mustahkamligini oshirish va yuqori qatlam gruntlarini kapillyarlari bo‘yicha ortiqcha sho‘rlanishning oldini olish uchun ko‘tarma tarkibida uni hamma kengligi bo‘yicha 65-75 sm chuqurlikda yoki yo‘l to‘shamasining tagiga kapillyar to‘suvchi 15-20 sm qalinlikda 10-20 mm o‘lchamli shag’aldan qatlamcha quriladi. Qatlamcha grunt bilan ifloslanmasligi uchun ostidan va ustidan qalinligi 3-5 sm bo‘lgan yirik qum yoki mayda tosh yotqiziladi.

Download 46,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 46,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sho'rlangan hududlarda yo'llarni loyihalashning o'ziga xos liklari

Download 46,77 Kb.