Title Lorem Ipsum




Download 4.95 Mb.
bet1/2
Sana26.03.2024
Hajmi4.95 Mb.
#177440
  1   2
Bog'liq
Avtomobil yo\'llarini qurush
8-DEKABR, Tosh materiallarini hosil qilish va ularning tahlili, konstruksiya, abbos 1

TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI “QURULISH” FAKULTETI “YO’L MUHANDISLIGI” 21V GURUH TALABASI SHAVKATOV JAVOHIRNING “AVTOMOBIL YO’LLARINI QURUSH” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.

“SHO’RLANGAN GRUNTLAR VA SHO’RXOQ GRUNTLAR VA SHO’RXOQ GURUNTLARDAN YO’L POYINI QURUSH TEXNOLOGIK JARAYONLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS TOMONLARI”

Reja:


1.Sho’rxoq va sho’rlangan tuproqlar.
2.Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar.
3. Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini qurish.
4.Adabiyotlar.
5.Xulosa.
Shoʻrxoqlar — yuqori qatlamida 1% dan koʻproq suvda oson eriydigan tuzlar (xlorid, sulfat, karbonat va boshqalar) koʻp boʻlgan tuproq tiplari guruhi. Dasht, choʻl, chala choʻllarning terlaydigan suv rejimi va quruq iqlim sharoitida minerallashgan grunt suvlarining bugʻlanishi va tuproqlarning shoʻrlanishi natijasida shakllanadi. Oson eruvchi tuzlar tarkibiga koʻra, shahrining xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali va sodali, kationlar tarkibiga bogʻliq holda natriyli, magniynatriyli, kaltsiynatriyli, magniyli va kaltsiyli xillari farqlanadi. Birlamchi va ikkilamchi shoʻrlangan sho’rxoqlar farqlanadi. Birlamchi shoʻrlangan sho’rxoqlar tabiiy boʻlib, dengiz, koʻl qirgʻoqlari, daryo vohalari va quyilish joylari, shuningdek, shoʻrlangan jinslar chiqib qolgan yerlarda rivojlanadi, ikkilamchi shoʻrlangan sho’rxoqlar esa notoʻgʻri sugʻorish natijasida paydo boʻladi. Shahrini oʻzlashtirishda grunt suvlar sathi drenajlar yordamida pasaytiriladi va tuproqdagi tuzlar yuviladi. Mavsumiy Sho’rlangan tuzning tuproqda qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida toʻplanishi. Bu, asosan, yoz oylarida sugʻorish natijasida sathi koʻtarilgan grunt suvlari bugʻlanishining kuchayishi tufayli yuz beradi. Mavsumiy shahriga qarshi tuproqda kuzgiqishki shoʻr yuvish ishlari oʻtkaziladi. Dogʻli Sh. maydondagi yaxshi yuvilmay qolgan va grunt suvlari kuchli bugʻlanadigan joylarda sodir boʻladi.
Yoppasiga sho’rlanish kuchli minerallashgan grunt suvlar sathi yer yuzasiga yaqin boʻlgan joylarda roʻy berib, sugʻoriladigan maydon yuzasining hamma qismini egallaydi. shahrida koʻpincha sulfat, xlorid va karbonat kislota tuzlari, ayrim hollardagina choʻllarda nitrat kislotaning natriyli va kaliyli tuzlari toʻplanadi.
Yer qatlamlarida ko'p miqdorda suvda eriydigan tuzlari bo'lgan tuproqlarga sho'rlangan tuproqlar deyiladi. Sho'r tuproqlar yer yuzasining quruq cho'l, yarim sahro va sahro mintagalarida keng tarqalgan. O'zbekistonda sho'rlangan yerlar maydoni 750 ming kmni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug'oriladigan maydoni 4,3 mln. gektar bo'lsa, shundan 55-60 % li sho'r yerlar hisoblanadi. Sho'rlangan yerlar ikki gruhga bo'linadi:
1)Sho'rxoqsimon va sho'rxoq yerlar.
2)Sho'rtob va sho'rtobli yerlar.
Tarkibida tuzlari oz bolgan (0,5 - 1,0%), yer usti (0-30 sm) qatlamida tuz to'planadigan tuproqlar sho'rxokli tuproqlar deyiladi. Tarkibida tuzlar oz bo'lgan (0,3 - 0,6 %) va yerning ostki (30-100 sm) qat lamlarida tuz to'plangan tuproqlar sho'roksimon tuproqlar deyiladi. Yerning ustki qatlamlarida tuzlar juda ko'p miqdorda (2-3 dan - 10-30 % gacha) bo'lgan tuproqlar sho'rxok tuproqlar deyiladi. Sho'rkoksimon va sho'rxok tuproqlar yer yuzining qurg’oqchil mintaqalarida, shu jumladan O'zbekistonda keng tarqalgan. Sho'rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, shorlanish darajasi va sho'rlanish tiplari bo’- yicha klassifikatsiyalanadi. Sho'rok tuproglarning kimyoviy tarkibi va morfologik belgilarigan ko’ra quyidagilarga bo'linadi: Ho'l sho’rxoqlar, qatqaloqli sho'rhoqlar, mayin sho'rhoqlar.
Sho'rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagicha nomlandi va turlarga bo’linadi;
1.Sho'rlanmagan - tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo'lib, tuzlar miqdori 0,3 % dan oshmaydi.
2.Kuchsiz sho'rxoksimon - tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo'lib, tuzlar miqdori 0,3 - 0,6 % bo 'ladi.
Sho'rok va sho'rxoksimon tuproqlar tarkibida ko'proq natriy xlor va natriy sulfat tuzlari bo'ladi. Ularning tuproq singdirish kompleksi tarkibida oz miqdorda natriy bo'ladi. Sho'rok va sho'rxoksimon tuproqlar asosan, qulay suv-fizik xossalariga ega, suv o'tkazuvchanligi yashi bo'lib, tuzlardan osonroq yuviladi va mexanik ishlov berishga moyil bo'ladi. Shu bilan birga ularning kapillyarlik xossasi yaxshi, shu tufayli sizot suvlaridan tuzlar kapillyar naychalar bo'ylab tuproqning ustki qatlamlariga tez harakat qiladi. Sho'rtob va sho'rtobli tuproqlar deb, singdiruvchi kompleksida Juda ko'p miqdorda natriy bo'lgan tuproqlarga aytiladi. Tuproqdagi singigan barcha kationlar yig'indisi (Ca, Mg, Na, K, H2, NHa) singish sig'imi deyiladi va 100g tuproqdagi milli-ekvavalentlarda ifodalanadi). Sho'rtob va shortobli tuproglar asosan yer yuzining namgarchilik yetarli miqdorda bo'ladigan, ya'ni kashtan, go'ngir, o'rmon-cho'l va gora tuproqli mintaqalarda keng tarqalgan. O'zbekiston sharoitida sho'rtob va sho'rtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari yaqin yerlarda uchrab turadi. I.P.Antipov - Karatayevning klassifikatsiyasi bo'yicha sho'rtob va sho'rtobli tuproglar quyidagi guruhlarga bo'linadi: Sho'rtobsiz - 5% dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan kationlar milligram - ekvivalentlar yig'indisiga nisbatan % hisobidagi miqdori. Sal sho'rtobli - 5 - 10%; Sho'rtobli - 10 - 20%; Sho'rtob - >20%.
Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq oson eriydigan tuzlar bo‘lgan tuproqlar sho‘rxoklar deb ataladi. Ular tarkibida eriydigan tuzlar bo‘lgan sizot suvlarining kapillyarlar bo‘yicha sirtga tortilishi natijasida xosil bo‘ladi. Bu tuzlar suv bug‘langanida gruntning yuqori qatlamlarida to‘planadi. Ayrim hollarda tuz miqdori shu qadar ko‘p bo‘ladiki, ular ajralib chiqib, grunt sirtida qatlam hosil qiladi.
Sho‘rlangan gruntlarning asosiy turlariga solonchaklar, solonslar, shuningdek, taqir gruntlari kiradi. Gruntlarning sho‘rlanish darajasi ko‘tarmaga
surilishi kerak bo‘lgan grunt qatlamidagi yengil eruvchan (xlorli natriy, sulfat natriysi, karbonat natriy) tuzlar miqdori o‘rtacha yig‘indisining quruq grunt massasiga nisbatini foyzda belgilash bilan tavsiflanadi. Sho‘rlanish xususiyati gruntda xlor SL ioni miqdorining SO4 miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Masalan, qabul qilingan yo‘l tasnifi bo‘yicha gruntlarning sho‘rlanishi ajratiladi.
Gruntlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha tuzlarning xususiyati va yo‘l-iqlim mintaqasiga qarab tavsiflanadi.
Sho‘rlangan gruntlarda rezervli ko‘ndalang profillar bo‘lishiga, sizot suvlari 1 m dan ortiq chuqurlikda yotganida, yo‘l qo‘yiladi. Bunda rezervning tubi sizot suvlarining eng baland sathidan kamida 0,9 m
baland turishi kerak. O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan gruntlarda suvni yo‘l poyidan chetlatish
tadbirlarini, ayniqsa, sinchiklab bajarish zarur.
Suvni chetlatish uchun rezervlarning chetlari bo‘ylab novlar qilinadi.
Sho‘rxok gruntlardagi yo‘l poyining ko‘ndalang profillari:
a-bir tomonida rezerv joylashgan ko‘tarma; b-rezervli va bo‘ylama novli ko‘tarma; v-bermali va chuqur-rezervli ko‘tarma; 1-ajratilgan joymintaqasi; 2-rezerv; 3-yo‘l
poyining yon tomonini mustahkamlash
Yo‘l poyini qurish uchun yaroqliligi tumanning iqlim sharoitiga, gruntni sho‘rlanish xususiyati va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Gruntni ko‘tarmaga solishda qiyin eriydigan tuzlarning (gips) birlik massadagi qismi 3 % gacha ruhsat beriladi. Sodali sho‘rlanish sho‘rlangan gruntning yuzasiga bitum materially qoplama qurilganda ahamiyatga ega. Ortiqcha sho‘rlangan gruntlarni trassa bilan aylanib o‘tish mumkin bo‘lmaganda, yo‘l poyi sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan gruntlardan (iloji boricha drenajlanadigan), sho‘rlanishining oldini olib quriladi. Kuchli sho‘rlangan gruntli sharoitda yo‘l poyi ko‘tarma holida yo‘l to‘shamasining tagi yer yuzidan ko‘tarib va grunt suvlari sathidan, odatdagi sho‘rlanmagan gruntlarga nisbatan 20 % baland quriladi. Kuchli sho‘rlangan bog‘langan gruntlarda va kerakli balandlikdagi ko‘tarmani qurish mumkin bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yo‘l poyini mustahkamligini oshirish va yuqori qatlam gruntlarini kapillyarlari
bo‘yicha ortiqcha sho‘rlanishning oldini olish uchun ko‘tarma tarkibida uni hamma kengligi bo‘yicha 65-75 sm chuqurlikda yoki yo‘l to‘shamasining tagiga kapillyar to‘suvchi 15-20 sm qalinlikda 10-20 mm o‘lchamli shag’aldan qatlamcha quriladi. Qatlamcha grunt bilan ifloslanmasligi uchun ostidan va ustidan qalinligi 3-5 sm bo‘lgan yirik qum yoki mayda tosh yotqiziladi. Agar grunt suvlari yaqin yotishi natijasida o‘ta namlangan holatdagi nam solonchaklarni (gilli va qumloq tuproqli) kesib o‘tish kerak bo‘lsa, ko‘tarmalar tashib keltiriladigan qumli yoki supesli gruntlardan quriladi.
Gruntning namligi qulay namlikka yaqin bo‘lganda yer ishlari bajariladi. Sho‘rlangan gruntlar uchun yer ishlarini bajarishning eng ratsional vaqti: grunt suvlarining sathi yuqori bo‘lganda gilli solonchaklar uchun yoz va kuzdir (yog‘ingarchilik boshlanishidan avval); grunt suvlarining sathi yuqori bo‘lganda qumli solonchaklar uchun bahor va yozning boshlanishi. Gruntlar kuchli sho‘rlaganda uncha katta bo‘lmagan ko‘tarma qurilganda yer ishlari yuqori gorizontda (chuqurligi 0,5 m bo‘lgan rezervda) sho‘rlanish kamayganda, bahorda bajariladi. Solonchaklarda yoz oylarida uchraydigan yupqa tuzli qobiq ko‘tarmani qurishdan avval rezerv va ko‘tarma asosining yuzasidan buldozer bilan rezervdan 15-20 m nariga suriladi. Rezervda grunt buldozer yoki avtogreyder bilan kavlanib, ko‘tarmaga suriladi. Solonchaklarda ko‘tarma qurish uchun grunt suvlari yer yuzasidan 1 m
dan kam bo‘lmaganda greyder-elevatorni qo‘llash mumkin. Solonchaklarda tashib keluvchi gruntlardan ko‘tarmalar skreperlar yoki avtomobil-samosvallarda tashish masofasiga qarab keltiriladi; gruntni yotqizish «boshidan» boshlanadi. Ko‘tarmaga grunt avval ishchi belgidan baland
yotqiziladi, (lekin yo‘l poyining hamma kengligi bo‘yicha emas), so‘ng bulldozer bilan uni bir vaqtda zichlashtirib, chetga suriladi. Grunt yopishib qolmasligi uchun suvga qarshi kam mustahkam solonsovli va taqirli gruntlarning namligi 0,9 qulay namlikka keltiriladi. Tabiiy namligi qulay namlikdan yuqori bo‘lgan bog‘langan gruntlarning har bir qatlamini zichlashtirish uni havoda dastlabki quritishdan so‘ng boshlanadi.

Download 4.95 Mb.
  1   2




Download 4.95 Mb.