• 2. Kuzovlarni ta’mirlash, tanlash va bo’yash bo’limlari.
  • Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar. Reja




    Download 78.5 Kb.
    Sana25.01.2024
    Hajmi78.5 Kb.
    #145610
    Bog'liq
    ATXK Avtoservis korxonalari islab chiqarish MI
    1-amaliy, Reja Ip address haqida tushuncha-kompy.info, Didaktik o`yinlar, LANGUAGE, THINKING AND CULTURE ATTITUDE, file, ТИКУВЧИ УЧУН Й-МА, Nazorat sinov savollari analog (3), Mikrosxemotexnika topshiriq 1, matematika KO\'FN, 1-Hyper-threading texnologiyasi(120-135). docx-fayllar.org, Mustaqil ishi boshqariluvchi to’g’rilagichlar-fayllar.org, Boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar, turdiyev d. 2 vazifa, Genetika muhandislik

    Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar.
    Reja:
    1. Avtomobillarni tozalash, yuvish va quritish, qabul qilish va egasiga topshirish, diagnostika texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash postlari.
    2. Kuzovlarni ta’mirlash, tanlash va bo’yash bo’limlari.
    3. Avtomobillar agregatlari, detallari, yonilg’i bilan ta’minlash, elektr va elektron jihozlari, shina va g’ildiraklari va akkumulyatorini ta’mirlovchi ustaxonalarda bajariladigan ishlar.
    4. Yordamchi bo’limlar: ombor-xo’jalik, elektro-issiqlik, suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash tizimi.
    Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish korxonasi ishlab chiqarish binosining tarkibiy qismi 5.1- rasmda sxematik ko’rinishda keltirilgan. ASK ishlab chiqarish texnologik jarayonini to’g’ri tashkil etish maqsadida barcha postlar (avtomobil turar joylari) maxsus belgi (indeks)larga ega. Indekslarning birinchi raqami (nuqtagacha) ushbu postning qaysi mintaqaga tegishliligini bildirsa, ikkinchi raqam (nuqtadan so’ng) postning turini bildiradi: 0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 1-qo’zg’almas ko’tarish eltish jihoziga ega bo’lgan ishchi posti; 2-er usti ishchi posti; 3-yordamchi post; 4-tormoz tizimini tekshirish jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 5-boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post; 6-yoritish va signalizatsiya, shu jumladan dvigatel va uning tizimlarini tekshirish jihozlariga ega bo’gan ishchi post (quvvat jihozi o’rnatilishi ham mumkin). Post va ishlab chiqarish mintaqalari quyidagi indekslar bilan belgilanadi (5.1-rasm): 1-qabul qilish va topshirish mintaqasi; 1.3-nazorat, qabul va topshirish posti (yordamchi post); 2-yuvish bo’limi; 2.1- yuvish posti (ishchi); 2.3-quritish posti (yordamchi); 3-diagnostika bo’limi; 3.4-tormoz tizimini tekshirish jihoziga ega bo’lgan ishchi post; 3.5- boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jihozi bilan ta’minlangan ishchi post; 3.6-dvigatel, uning tizimlari va yoritish va signalizatsiya asboblarini tekshirish ishchi posti (quvvat jhoziga ega bo’lishi ham mumkin); 1-rasm. ASK postlari va mintaqalarini joylashish chizmasi. I-ishlab chiqarish mintaqasi; II-ma’muriy mintaqa 4-TXK mintaqasi; 4.0- avtomobillarning navbat kutish joyi; 4.1-qo’zg’almas kutarish jihoziga ega bo’lgan TXK ishchi posti; 4.2- TXK yer usti ishchi posti; 5-JT posti; 5.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 5.1-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan JT posti; 6- moylash bo’limi; 6.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 6.1.-qo’zg’almas ko’tarish jihoziga ega bo’lgan ishchi posti; 7-akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va zaryadlash ustaxonasi; 7.0- avtomobillarning navbatkutish joyi; 8-elektr jihozlari va asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 8.0- avtomobillarning navbat kutish joyi; 9-yonilg’i ta’minoti tizimi asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 9.0- avtomobillarning navbat kutish joyi;10-agregat-mexanika bo’limi; 10.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 11-shinomontaj bo’limi; 11.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 12-qoplamachilik agregat ustaxonasi; 12.0-avtomobillarning navbat kutish joyi; 13-kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi; 13.0- avtomobillarning navbat kutish joyi; 13.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 13.2-er usti ishchi posti; 14-bo’yoqchilik ustaxonasi; 14.1-qo’zg’almas ko’targichli ishchi post; 14.2-er usti ishchi posti; 14.3- yordamchi post. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta ASKlarida yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining barchasi to’la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha variantlari ham bo’lishi mumkin, masalan, mayda ta’mirlash ishlari (3 ishchi-soat hajmigacha) TXK postlarida yoki alohida, kirishga va chiqishga qulay bo’lgan postlarda bajarilishi mumkin. Ba’zi ustaxonalar kichik ASKlarga birlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jihozlari ustaxonasi bilan, ta’minlash tizimi asboblarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasi bilan. SHuningdek, TXK ishlari ta’mirlash ishlari bilan birga bir postlarda tashkil etilishi ham mumkin. Avtoservis korxonalarida ko’riladigan xizmat turlarining bajarilish joylari Avtoservis korxonalarida ko’rsatiladigan servislarning turlarini va bajarilish joylarini ko’rib chiqamiz: 1. Avtomobillar salonini yig’ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek, ostidan yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlari avtomobillarni yuvish-tozalash va quritish bo’limida bajaradi. Zamonaviy ASKlarda bu ishlarni bajaruvchi uchastkalar kerakli jihozlar va suv tozalagich inshootlari bilan ta’minlanadi. Bu uchastka korxonaning quvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo’lda, shlang yordamida yuvadigan (2-rasm) bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar, yirik va ba’zi o’rta quvvatli ASKlarda yuvish uchastkasi mexanizatsiyalashgan, ba’zida esa avtomatlashtirilgan bo’ladi (4-rasm). 2-rasm. Avtomobillarni shlang yordamida qo’l bilan yuvish posti. 3-rasm. Avtomobillarni cho’tkalar bilan yuvish posti. Yuvilgan avtomobillar asosan issiq havo oqimi yordamida quritiladi (5-rasm). 4-rasm. Avtobuslarni yuvish posti. 5-rasm. Avtomobillarni issiq havo oqimi yordamida quritish jihozi. 2. Avtomobillarni servis xizmatiga qabul qilish, avtomobil va uning agregatlari, uzellari va tizimlarining texnik holatini aniqlash bajariladigan ishlar hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi ishlar avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish uchastkasida bajariladi. SHuningdek qabul qilish jarayonida, avtomobilning tashqi ko’rinishi ko’zdan kechiriladi, uning butligi tekshiriladi, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlar va uzellar tekshirib ko’riladi, hamda harakat xavfsizligini ta’minlovchi barcha mexanizmlar tekshirilib, sarf bo’ladigan ehtiyot qismlar, materiallar miqdori va taxminiy xaqi ham kelishilib olinadi. Bundan tashqari avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlar va qismlar ham, egasi buyurtmasidan qa’tiy nazar, ko’rib chiqiladi. Bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanib, mijoz bilan kelishilgandan so’ng hujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobillarni servisga qabul qilish korxona yoki soha rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish va servisga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi. Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi, agregatlari va barcha qismlari zavod mahsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruktsiyalarga o’zgartirishlar kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi. Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarning bajarilganligi, avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, topshiriladi. Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qabul qilish paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan hollarda u diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik holati aniqlanadi. 3. Avtomobillar, ularning agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash ishlari maxsus diagnostika uchastkasi (posti)da bajariladi. Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash avtomobilni qismlarga ajratmasdan maxsus dasturlarga asosan stendlar, o’lchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi. 6-rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti 7-rasm. Avtomobillarni kompьyuterli diagnostikalash 8-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatilish burchaklarini sozlash posti Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo’lib, uni bilib qo’llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va sifat, ish unumi oshadi, eng muhimi avtomobillar texnik holati yaxshilanadi. 4. TXK, ya’ni profilaktik, to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimoli oldini olish ishlari texnik xizmat ko’rsatish postlarida bajariladi. Ma’lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-mahkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib, kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaharliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir. 9-rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash postlari. 10-rasm. Motor moylarini almashtirish posti 11-rasm. Tizimlarni texnik suyuqliklar bilan ta’minlash posti 5. Joriy ta’mirlash, ya’ni avtomobillar agregat, uzel va tizim qismlarida sodir bo’lgan buzilishlar, nosozliklarni tuzatish ishlari ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlarida bajariladi. Ko’p hollarda bu buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo’lmaydi, buning uchun nosoz agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Ta’mirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko’targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilning ko’tarilishi va uning ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, alangalatish chaqmog’i yoki karbyuratorni almashtirish maxsus ajratilgan oddiy postlarda bajarilishi mumkin. 12-rasm. Avtomobillarni ta’mirlash postlari Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek, ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrik tallar bilan jihozlanadi va ko’chma domkratlar bilan ta’minlanadi. Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshik, qanot, bamperlar va h.k.) to’g’rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi. Postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari, maxsus ta’mirlash-tiklash ustaxonalarda bajariladi. ASKlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bog’liqdir. 6. Motor, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko’priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig’ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va h.k.larga turli xildagi mexanik, elektrogalьvanik, chilangarlik kabi ishlovlar berish yoki almashtirish va sinash ishlari agregatlarni ta’mirlash va mexanika uchastkasida bajariladi. 13-rasm. Agregatlarni ta’mirlash va mexanika ustaxonasi. 7. Akkumulyatorlar batareyasiga TXK va ta’mirlash, zaryadkasini maromiga yetkazish yoki ular ta’mirlangandan so’ng yangidan zaryadlash, distillangan suv va elektrolit tayyorlash ishlari akkumulyator ustaxonasida bajariladi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi korpusi avtomarkazlar, yirik ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda almashtiriladi yoki mastika quyib tuzatish, plastinka va separatorlarini almashtirish, qo’rg’oshinli setka va klemmalarini qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi. 8. SHinalar bo’yicha ajratish-yig’ish, havo bosimini nazorat qilish, muvozanatlash, kamerani va mayda jarohatlangan shinalarni ta’mirlash hamda tashqi nazorat qilish ishlari shinalarni ta’mirlash ustaxonasida bajariladi. SHinalarni ajratish-yig’ish ishlari shina o’z muddatini o’tab bo’lgandan so’ng yoki kamera teshilganda bajariladi. Yig’ilgan shina me’yoriy havo bosimigacha damlanadi. Havo bosimini nazorat qilish har bir TXKda bajariladi. Yuk avtomobillar va avtobuslar shinalarini damlash paytida, zanjir halqasi chiqib ketib ishlovchini jarohatlashi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, ular maxsus metall qafaslarda damlanadi. 14-rasm. SHinalarni ta’mirlash ustaxonasi 9. Elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari, va h.k.) va boshqa nazorat-o’lchov asboblarini tekshirib ko’rish va zarurat bo’lganda ta’mirlash ishlari elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu jihozlarning nosozligini avtomobillarning o’zida ta’mirlash postlarida tozalash, qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishi iloji bo’lmagan hollardagina ustaxonaga keltiriladi. Ta’mirlashga keltirilgan avtomobil jihozlari avval maxsus stendlarda tekshirilib ko’rilib, so’ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so’ngra quritiladi va saralanadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, ba’zilari ta’mirlanadi va yana yig’ilib sinab ko’riladi. 10. Benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratish, yuvib tozalash, yaroqsiz detallarini almashtirish, qaytadan yig’ish, yaroqliligini tekshirib va sinab ko’rish ishlari yonilg’i bilan ta’minlash jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. 15-rasm. Yonilg’i bilan ta’minlash apparatlarini ta’mirlash ustaxonasi. 11. Avtoxalokat yoki zanglash, charchash yoki eskirish natijasida shikastlangan kuzovlar kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanadi. Ushbu ustaxona avtoservis korxonasidagi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo’lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi ko’p vaqtni talab etadi. SHuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan ko’p bo’ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi. Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan, chunonchi: -tunukasozlik; -bo’yashga tayyorlash; -bo’yash va quritish; -armaturalarni ta’mirlash majmuidan iborat. 16-rasm. Avtomobil kuzovini ta’mirlash joyi 17- rasm. Payvandchilik mintaqasi Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar, osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to’g’rilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformatsiyalanib to’g’rilashning iloji bo’lmagan qismlari avtogen yoki pnevmatik keskichlar yordamida kesib tashlanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash karbonat angidrid himoyali muhitda, yarim avtomatik elektryoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o’zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu usulda ulanadi. Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma keskichlar qo’llanadi. Kuzov detallarini bir-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi. o’g’rilangan va ulangan kuzovning payvandlangan choklaridan tozalanadi va, ayniqsa, maxsus asboblar yordamida qo’l zarbasi bilan obdon tekislanadi. Uzil-kesil to’g’rilangan, nafis holgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo’yashga tayyorlash uchastkasiga o’tkaziladi. Bu joyda kuzov sirtidan bo’yoqlari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, jilvir qog’oz bilan ishqalanib tozalanadi. Notekis joylari va tirqishlari maxsus shuvoq - shpaklevka bilan tekislanadi va kuzov bo’yash uchastkasiga o’tkaziladi. 0-rasm. Bo’yash-quritish kamerasi Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo so’rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sirtiga, avvalo, homaki bo’yoq - grunt sepiladi, shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo’yoq sepiladi. Nitroemalli bo’yoqlar tez, 20 minut ichida, 18÷200 S oddiy haroratda quritiladi, agar sintetik emal bo’yoqlari ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110÷1300 S haroratli kamerada 30÷50 minut ushlab turishga to’g’ri keladi. Bo’yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni avtomobil pasportidagi kod belgisi asosida kompьyuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislar bajaradilar. Kuzov majmuasining yana bir uchastkasi - armatura uchastkasi bo’lib, bu joyda eshik, kapot, yukxona oshiqmoshiqlari, qulflari, oynalarni ko’tarish -tushirish mexanizmlari va hoshiyalari ta’mirlanadi. SHuningdek, kuzov majmuida alohida, o’rindiqlar va suyanchiqlarni ta’mirlovchi va radiator, benzobaklarni kavsharlovchi mustaqil uchastkalar ham bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar va ATXKSlarida ma’muriymaishiy xonalar qatori albatta mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. 21- rasm. Avtomobillarni bo’yash. 22-rasm. Bo’yoq tayyorlash xonasi 12. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish va axborot yetkazish vazifasini mijozlar uchun xonalar va xizmat punktlari bajaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga chidash va unda muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo’yilgan tovar yoki xizmat yuqori sifatli bo’lishi va unga beriladigan kafolat hisoblanadi. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan holis emas. Xizmat ko’rsatish sohasida, jumladan, avtoservisda ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobil egalari- mijozlarga qilinadigan muomala madaniyatidan iboratdir. Mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar ular shu korxonaning doimiy mijozlariga aylanishlarini ta’minlab beradi. Avtomobillarida yuzaga kelgan kichik nosozliklarni tuzatish yoki kam hajmdagi servis xizmati bilan kirgan mijozlar uchun kutish va dam olish saloni, unda televizor, dam olish kreslolari, divanlar, stol va stullar gazeta va jurnallar, prospektlar bo’ladi, bufet xizmat ko’rsatadi. Mijozlarga ko’rsatiladigan madaniy-maishiy xizmat quyidagi majmualardan tashkil topishi mumkin: - mijozlar uchun kutish va dam olish saloni; - kafe-barlar; - savdo shoxobchalari, sotiladigan avtomobillar, ehtiyot qismlar do’konlari; - avtosalonlar. 23-rasm. Mijozlar bilan ishlash xonalari Avtoservis korxonasiga kelgan mijozlar avtosalon yoki ko’rgazma zallarida mavjud avtomobillar bilan tanishib, ularning o’zlariga yoqqan rusum va modellarini tanlab olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Xuddi shunday, sotib olinadigan avtomobillar mijozlar tomonidan o’z vaqtida olinishini ta’minlash uchun savdo korxonalari o’z tarkiblarida sotiladigan avtomobillar, ehtiyot qismlar omborlarini tashkil qiladilar. Avtomobillarga servis ko’rsatuvchi ko’pgina korxonalarning tijoriy ishlariga avtomobillar, ularga ehtiyot qismlar va avtomateriallar bilan savdo qilish ham kiradi. Ayniqsa bu ishlar diler servis korxonalarining birinchi vazifasi hisoblanadi. Avtosavdo joylari – avtosalonlar, ehtiyot qismlar sotish do’konlari korxonalarning kiraverish qismidagi eng nufuzli joyida joylashtiriladi. Ular xaridorlar didiga mos tushishiga, zamonaviy, qulay va shinam bo’lishiga va jihozlanishga katta ahamiyat beriladi, chunki sotiladigan avtomobillarni xaridorlarga namoyish etish va reklama qilish san’ati tijoriy ishlarning muhim tarkibiy qismidir. Mijozlarga madaniy-maishiy xizmatni yaxshilash uchun korxonalar yonida restoranlar, oshxonalar, kafe-barlar va choyxonalar tashkil etiladi. 24-rasm. Extiyot qismlar savdo do’koni 25-rasm. Avtosalonlar Mijozlarga yanada ko’proq qulayliklar yaratish maqsadida avtosavdo salonlari yonida tijorat banklari bo’limlari tashkil qilinadi. 3. Avtoservis korxonalarining yordamchi bo’limlari Avtomarkazlar va ASKlarda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. Ishlab chiqarish binolari va ustaxonalaridan tashqari texnologik jarayonlarning uzluksiz va to’xtovsizligini ta’minlovchi elementlardan biri ombor xo’jaligidir. Uni barpo etish va faoliyatini ishlab chiqarish jarayonlari talablari asosida tashkil etish, ayniqsa, muhimdir. Ombor xo’jaligining tarkibi, ularda saqlanadigan zaxiralar hajmi va xillari, avtoservis korxonalarining turlari va ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq bo’ladi. Avtomarkaz va ASKlarning omborlarida quyidagi zaxiralar saqlanadi: - sotiladigan avtomobillar; - avtomobillarga ehtiyot qismlar; - almashtiriladigan (yangi va ta’mirlangan), almashilgan avtomobillar agregatlari va uzellari; - ta’mirlash materiallari (lok-bo’yoqlar, elektrodlar, kislorod ballonlari, kislotalar, karbidli bochkalar, turli metallar va h.k.); - yonilg’i-moy materiallari; - asbob-uskunalar; - shinalar; - avtomobillarning turli xil ashyolari. Avtomobillar, ehtiyot qismlar va materiallarning ishlab chiqarishga sarflanadigan va sotiladigan qismlari uchun alohida omborlar yoki umumiy zaxira omborlarini tashkil etish mumkin. Omborlarni loyihalash saqlanadigan ehtiyot qismlar va materiallarning xillari bo’yicha zaxiralar miqdori asosida amalga oshiriladi. Materiallarning xillari bo’yicha to’g’ri tanlab shakllantirilgan zaxiralar hajmi TXK va ta’mirlashni uzluksiz ta’minlovchi mustahkam moddiy-texnik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Zaxiralarni shakllantirish usullari esa servis korxonalar tarmog’ining tashkiliy tarkibi, korxona xizmatining avtomobillar turlari va ishlariga qarab ixtisoslanganlik darajasi va quvvatiga bog’liqdir. Zaxiralarni shakllantirish mustaqil va markazlashtirilgan bo’lishi mumkin. ASKlar o’z omborlari zaxiralarini maxsus ishlab chiqarilgan maksimal va minimal me’yorlar asosida to’ldirib turadilar. Omborlarda saqlanayotgan materiallarning zaxirasi minimal me’yorga qadar kamayib ketgan holda, u maksimal darajaga qadar to’ldiriladi. Amalda zaxiralarning me’yorlari natural sonlarda (sonlari, massalari) belgilanadi va ma’lum muddat (kun, oy, kvartal) davomida to’la foydalanishga mo’ljallanadi. Mustaqil ASKlari o’z zahira mollari turlari va hajmini o’zining o’tgan davrdagi amaliy faoliyati hisobotidan olingan statistik ma’lumotlar, shuningdek, xizmat ko’rsatiladigan avtomobillar sonining kelajakdagi ehtimoliy o’zgarishlarini nazarda tutgan holda aniqlaydilar. Zaxiralar aniqlangach ularni saqlash me’yorlari orqali omborlar hajmini (quvvatini) aniqlash mumkin. Har bir molning xili bo’yicha quyidagicha saqlash me’yorlari belgilangan: - maydon birligiga to’g’ri keladigan massasi (0,2 – 3 t/m2); - xona hajmiga to’g’ri keladigan massasi (0,1 - 2,0 t/m3); - maksimal saqlash balandligi. Saqlash me’yorlari asosida ombor jihozlari tanlab olinadi (stellaj-taxmonlar, ko’tarish-siljitish mexanizmlari, maxsus yashiklar, tagliklar, aravachalar va h.k). Ombor maydonini aniqlashda undagi jihozlar, yurish va transport yo’lakchalari, mol qabul qilish, tarqatish, shuningdek bo’sh idish- anjomlarni saqlash joylarining o’lchamlari ham hisobga olinadi. Avtomarkazlar va yirik ASKlarda omborlar yong’inga chidamli materiallardan alohida bino holatida yoki ishlab chiqarish majmuasi bilan biriktirilgan (blok usulida) bir necha bo’lim, xonalar sifatida barpo etiladi. O’rta va kichik quvvatli stantsiyalarda esa omborlar uchun odatda ishlab chiqarish binosi majmuasida bir yoki bir necha xonalar ajratiladi. Ammo har qanday holda ham yonilg’i-moylash materiallari alohida binoda saqlanishi zarur. Ombor maydonining shakli to’rtburchak bo’lib, uning bo’yi bilan eni 1:4 nisbatda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Avtoservis korxonalari mollarini ko’p qavatli (34) taxmonlarda saqlash mumkin. Bu holda ombor maydonidan foydalanish darajasi 40-60 % ga yetadi (5.28-rasm). Avtomarkazlar, katta va o’rta quvvatli avtoservis korxonalarida ehtiyot qismlar va agregatlar alohida xonada, ko’p qavatli peshtxtalarda, maxsus tokchali shkaflarda, mayda detallar esa (bolt, gayka, shayba va h.k) yashiklarda saqlanadi. Kerakli detallarni tezda izlab topish uchun ular avtomobil qismlari bo’yicha guruhlanib katalog nomlari asosida joylashtiriladi. Mahsulot va materiallarni shu yorliqlarga asosan maxsus peshtaxtalarga joylashtirish ishlab chiqarishga kerakliklarini bir zumda topishga imkon beradi. Dumaloq shakldagi metalllarni gorizontal shaklda ko’p qavatli peshtaxtalarda, yassi metalllar vertikal shaklda peshtaxta tokchalarida saqlanadi. Ehtiyot qismlar va agregatlar saqlanadigan ombor avtomobillarga TXK va joriy ta’mirlash postlariga yaqin joylashgan bo’lishi zarur, chunki ular o’zaro texnologik bog’langanlar. Lok-bo’yoq, kuzov detallari, payvandlash materiallari, kislorod ballonlari, yupqa metall listlarini va shuningdek, shikastlangan kuzovlari tiklanayotgan avtomobillar ashyolarini saqlash ombor-lari kuzovlarni ta’mirlash uchastkasida yoki uning yonida joylashtiriladi. 26-rasm. Ehtiyot qismlar ombori Engil o’t oluvchi materiallar va kislotalar (laklar, bo’yoqlar, sulьfat kislotasi, sulьfat va xlorid kislotasi) ajratilgan holda, alohida yong’inga chidamli xonalarda saqlanadi. Kislotalar yumshoq tagliklarga o’rnatilgan shisha idishlarda, alohida ajratilgan xonalarda saqlanadi. SHina omborlarida yangi, ayrim hollarda ta’mirlashga topshirilgan va ta’mirlangan shinalar ham vertikal holatda saqlanadi. Bu ombor ham shinalarni ta’mirlash uchastkasi yonida joylashuvi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Katta va o’rta quvvatli stantsiyalarda TXK va ta’mirlash jarayonida har doim kerak bo’lib turadigan ayrim mayda detallarning bir qismi (boltlar, gayka, shayba, prokladkalar, karton qog’ozlari, 80 elektrosaqlagichlar, avtolampochkalar va h.k.) ishlab chiqarish uchastkalari boshliqlarida saqlanadi. Kichik quvvatli stantsiyalarda yuqorida keltirilgan barcha vazifani markaziy ombor bajaradi. Yonilg’imoylash materiallari uch kunlik zahira hisobida alohida, yong’inga chidamli binolarda saqlanishi talab etiladi. SHuningdek barcha turdagi korxonalarda ishdan chiqqan, yaroqsiz detallar va anjomlar saqlanadigan alohida ombor bo’lishi lozim. SHina va boshqa rezinatexnik mahsulotlar hamda materiallar maxsus omborlarda saqlanadi. Bu omborlarning tuzilishi yerto’la yoki yarim yerto’la shaklida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. SHinalar ham 2 qavatli peshtaxtalarda tik turgan holda saqlanadi. Kameralar ozroq dam berilgan holatda ilgaklarda saqlanadi. Ular vaqti-vaqti bilan bir oz aylantirilib turiladi. SHinalar ombori qorong’i bo’lib, u yerda havo harorati +100 S t …200C va namligi 50-60% oralig’ida bo’lishi kerak. SHinalarni saqlash xonalariga yorug’lik nuridan himoyalash uchun maxsus oynali derazalar o’rnatiladi. Rezina materiallarni saqlash omborlarida ularga salbiy ta’sir etuvchi materiallar (kerosin benzin, skipidar, moy) bilan birgalikda saqlash taqiqlanadi. Ta’mirlash uchun ishlatiluvchi xom rezinalar yog’och tiqinga ega bo’lgan o’ramlarda peshtaxta ustida saqlanadi. Ta’mirlash uchun ishlatiladigan yelim yopiq oynali idishda saqlanadi. Ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil etish undagi saqlanayotgan mollar hisobotini to’g’ri va aniq olib borishni ta’minlaydi. Bunda kompьyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Download 78.5 Kb.




    Download 78.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Avtoservis korxonalari islab chiqarish bo’limlari va ustaxonalarida bajariladigan ishlar. Reja

    Download 78.5 Kb.