Mavzu: Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash uslubiyati




Download 27,13 Kb.
Sana08.12.2023
Hajmi27,13 Kb.
#113669
Bog'liq
kiber

MUSTAQIL ISHI


621.22 GURUH TALABASI OXUNJONOV OLIMJONNING KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI FANIDA
Mavzu: Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash uslubiyati.
  • Axborot tizimlari
  • Axborot tizimlari va ularning boshqarishning axamyati 3.Axborotlashtirish

  • 4.Xulosa
    1. YAngi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. YA’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o’rni tobora yuksalmokda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot va
    bilimlarning 90 % i so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikatsiyalar
    texnologiyalaridan keng ko’lamda samarali foydalanishni talab
    etmoqda. Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor [`13,18,19]. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi. Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to’plagan tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan,
    turli-tuman voqea, xodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini,

o’zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib
ko’rish maqsadida ko’pdan ko’p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham kengayishiga olib keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, o’tgan asrning 70-yillar o’rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun
yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo’ladi. Tabiiyki, bunday
murakkab hisob - kitobni cho’t qoqib amalga oshirib bo’lmaydi. 10
milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni echa olishi mumkin. Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik
resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda axborot — bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir. XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar . sohasidan mehnat resurslarining og’ishmay axborot sohasiga o’tib borishi tendentsiyasi tobora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o’sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot hajmi oshib bormoqda. Bu o’sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy,
texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo’lmoqda.
Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining
rivojlanmaganligi insonning u to’g’risida ta’savvurga ega bo’lishi va ulardan foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko’plab vaqt axborotni qidirishga, ajratishga va foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga xizmat qilishi uchun yangi, zamonaviy vositalar kerak bo’ladi. SHuning
uchun XX asr o’rtalariga kelib axborotni ishlash sohasida ko’p odamlar shug’ullana boshladi. Axborot bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog’liq. Axborotlashtirish jarayoni deganda – inson faoliyatining muxim yo’nalishlarida olingan
bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan kopleks chora- tadbirlar tushuniladi. Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun ko’plab, struktura jihatidan murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ko’plab mablag’larini shu sohaga jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish
yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda yangi axborot oqimi qanchalik tez ko’paysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham tezlashmoqda, bu o’z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda. Har bir injener, xizmatchi, rahbar o’z faoliyati davomida ko’plab qog’ozlarga bitilgan axborotni tahlil qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun ko’plab vaqt sarflashga to’g’ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday muammolarni samarali echish jamiyatni axborotlashtirish masalasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir2 . Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etilishini talab etadi: 1 Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq qilish. 2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o’rgatish. 3. Jamiyat a’zolarining turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash. Axborotlashgan jamiyat – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir. Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta`minotini jadallashuvi,
tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma`lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish
kompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta
ishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta`minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi. Inson va kompyuterning axborotni qabul qilishdagi prinsipial farqqa qaramasdan ikkalasida ham axborot jarayoni ma`lumotni qabul qilish va uni ajratishdan boshlanadi. Axborotning o`zi — elektr, akustik,
optik va shular kabi fizik kanallar orqali uzatish uchun qulay bo`lgan signal mazmunidir.
Axborotni qabul qilish — uni boshqa subyekt yoki qabul qilish qurilmasi tomonidan ikkilamchi qabul qilinishidir. Axborotlarga ishlov berish inson yoki texnik qurilma, jumladan kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Kompyuterda axborotlarga ishlov berishning ma`nosi - qat`iy dastur yoki algoritm bo`yicha kelayotgan ma`lumotlarni raqamli yoki analogli qilib o`zgartirishdir. Ma`lumotlarga ishlov berish va biror masalani yechish uchun kompyuterda uncha ko`p bo`lmagan o`zgaruvchilar to`plami bo`lishi kerak. Kompyuterdan farqli o`laroq, inson ma`lumotlarni fikran va mantiqan qayta ishlash qobiliyatiga ega.
Axborot jarayoni iste`molchiga axborotni taqdim etish, ya`ni turli ko`rinishdagi tasvirlarni namoyish va qaror qabul qilish bilan
tugallanadi. Ma`lumotlarni saqlash muhim bosqich bo`lib, u boshqa bosqichlar oralig`idagi holatni egallaydi va axborot jarayonining ixtiyoriy etapida amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, kompyuter ma`lumotni qabul qilishdan boshlab to unga ishlov berishning tugallanishigacha bo`lgan axborot jarayonining
ixtiyoriy bosqichida qo`llaniladi. Har bir axborot jarayonining mazmuni ushbu axborotga ishlov berilayotgan soha faoliyati bilan aniqlanadi.
Axborot jarayonlari murakkablik darajasi bilan farqlanadi.
Axborot jaryonining ancha sodda bo`lgan ko`rinishi – ma`lumotlardan nusxa olishdir.
Download 27,13 Kb.




Download 27,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash uslubiyati

Download 27,13 Kb.