rasm. Baland-olis zarbaga burchakdagi ustunlar tomonga yo ‘naltirilgan javoblar




Download 0.59 Mb.
bet4/11
Sana27.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#43645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BADMINTONCHILARNING SPORT TRENIROVKASINING UMUMIY ASOSLARI
4-tema, Zamonaviy jamiyatning bosma ommaviy axborot vositalariga bo, 4610 118 Kislorod va oltingugurt (docx) (1), Microsoft Word 1-amaliy ish 1, Filosofiya-9, Klass dizimi, ASLIDDIN2005, Mavzu, Ekaterina saroyi, Aholini omonatlarini kafolatlash fondi va uning faoliyati, Документ Microsoft Word, Mavzu 5, Mavzu 22, Mavzu 8

rasm. Baland-olis zarbaga burchakdagi ustunlar tomonga yo ‘naltirilgan javoblar.


Baland-olis zarbaning afzal variantlari: o‘ng tomondan raqibning markaziy olis burchagiga, chap tomondan chap olis burchakka. Bunday zarbalarga to‘g‘ri javob qaytarish variantlari 50-51 -52-rasmlarda ko'rsatib o‘tilgan.
  1. rasm. Baland-olis zarbaga yon chiziq ustiga yo‘naltirilgan “yarim maydon ” hujumkor zarbasi bilan javob qaytarish.





  1. rasm. Baland-olis zarbaga orqa chiziq burchaklariga yo‘naltirilgan baland zarba bilan javob qaytarish.

Volanni oshirgandan keyin tezda maydon markazida asosiy o'yin holatini egallash zarur (53-rasm).
  1. rasm. Asosiy o ‘yin holati.




1.2.Badminton o’yining asosiy qoidalari.
Zarbaning yakuni raketkani ushlab turgan panjani uchib kelayotgan volan tomonga qarab keskin tez chiqarish bilan amalga oshiriladi, bunda zarba berilganga qadar tirsak panjadan oldinda, panja esa raketkaning kallagidan oldinda bo`lishi kerak. Raketkani ushlab turgan qo‘l yuqoriga tik ko‘tarilgan bo‘ladi, Volan raketkaning simli yuzasiga kelib tegishi bilan panja tezda yoziladi, bu esa zarba beruvchi harakatning kuchini oshiradi (35-rasm, 5-holat). Masalan, hujumkor zarbada (smeshda) panja oxirigacha buriladi. O‘ng oyoq maydonchaga qo‘yilgandan, og‘irlik markazi unga o‘tkazilgandan keyin darhol zarba berilsa, to‘g‘ri bo‘ladi.
Izoh: zarba berish chog‘ida qadamlar soni bar bir sportchining shaxsiy jismoniy ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi.
Shuni yodda tutish kerakki, butun zarba nisbatan yengillashgan holatda amalga oshiriladi, bosim esa faqatgina zarba beriladigan paytning o‘zigagina xosdir.
Raketkaning yopiq tomoni bilan yuqoridan beriladigan zarbalarning turlicha trayektoriyada bo'lishidagi farqlar zarbaning yakuniy bosqichida panjaning bukilish darajasiga va uning bilak atrofida buralishiga bog'liq bo‘ladi. Aynan panjaning holati va harakati volanga uchishning kerakli trayektoriyasini beradi, uning bilak atrofida buralishi esa zarbaning kuchli chiqishini ta’minlaydi. Demak, butun e’tiborni zarbani panjada yakunlashga qaratish kerak bo‘ladi.
Yuqori-olis zarbada volan raketkaning simli yuzasiga kelib tegishi smeshdagidan ko‘ra ancha oldin boshlanadi, bu yerda asosiy zarba harakati nisbatan oldinroqdagi bosqichda yakunlanadi va yuqoriga hamda to‘r tomonga oldinga yo‘nalgan bo‘ladi. Shu bois, zarba berishning yakuniy bosqichida panjaning tirsakka nisbatan juda ham bukilishi sodir bo‘lmaydi. Yuqori hujumkor zarbada ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin. Bunda volan deyarli qiyalab uchishi kerak. Shu sababli, smesh bilan solishtirganda, zarbani yakunlashning nisbatan boshlang‘ich bosqichida volanga deyarli uzunasiga zarba beriladi hamda bu holatda ham
panjaning keskin bukilishi kuzatilmaydi. Zarbalarning har xil turlarida raketkaning holati 36- rasmda ko‘rsatilgan.



    1. rasm. Yopiq tomon bilan yuqori dan beriladigan zarbada raketkaning holati:

1 — hujumkor trayektoriya (smesh), 2 baland hujumkort rayektoriya, 3 - baland-olis trayektoriya.
Ta’riflab o‘tilgan texnika qisqa (to‘r yaqiniga tashlash) zarbalardan tashqari barcha zarbalar uchun xosdir. Yuqoridan o‘ngdan beriladigan zarbalarda bo'lgani kabi, bular ham qo‘lni qattiq kerishni va kuchli yakunni talab qilmaydi. Panja harakati nisbatan keskin, ammo qisqa bo‘lib, oz vaqt davom etadi. Volanni kuzatish deyarli mavjud bo'lmaydi. Bu shunday zarba bo`lishi kerakki, volan tezda raqib maydonchasigacha uchib borib, to‘rdan minimal balandlikda uchib o‘tib, darrov uning ortiga tushsin.



    1. Download 0.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Baland-olis zarbaga burchakdagi ustunlar tomonga yo ‘naltirilgan javoblar

Download 0.59 Mb.