• To‘r yaqinidagi zarbalar.
  • Mavzu: badmintonchilarning sport trenirovkasining umumiy asoslari reja: kirish




    Download 0.59 Mb.
    bet7/11
    Sana27.02.2023
    Hajmi0.59 Mb.
    #43645
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    BADMINTONCHILARNING SPORT TRENIROVKASINING UMUMIY ASOSLARI
    4-tema, Zamonaviy jamiyatning bosma ommaviy axborot vositalariga bo, 4610 118 Kislorod va oltingugurt (docx) (1), Microsoft Word 1-amaliy ish 1, Filosofiya-9, Klass dizimi, ASLIDDIN2005, Mavzu, Ekaterina saroyi, Aholini omonatlarini kafolatlash fondi va uning faoliyati, Документ Microsoft Word, Mavzu 5, Mavzu 22, Mavzu 8
    Pastdan beriladigan zarbalar. Pastdan beriladigan zarbalar. asosan, himoya zarbalari hisoblanadi. Badmintonchi raqibining muvaffaqiyatli hujumkor harakatlariga qarshi ularni qo‘llashga majbur bo‘ladi. Ular: o‘ngdan, chapdan va tana yuzasidan beriladi (40 va 41-rasmlar).


    41- rasm. Pastdan-chapdan zarba.


    Pastdan beriladigan zarbalar, yuqorida qayd etilganidek, odatda, majburiy bo‘lishi bois, ular taktik vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Tajribali sportchi hatto qiyin vaziyatlarda ham volanning uchishiga istalgan trayektoriyani bera oladi. Ammo bu holatda, hatto tajribali badmintonchiga ham volanni yoki balandolis zarba bilan raqib maydonchasining orqa chizig‘iga, yoxud past qisqa zarba bilan to‘ming yoniga yo'Ilash taktik jihatdan foydali hisoblanadi. Birinchi holatdagi zarbani berish texnikasi xuddi baland-olis zarbadagi kabi, ikkinchisi esa past oshirishga o‘xshaydi. To‘g‘ridan pastdan zarba berilganda ba’zi hollarda volanni o‘zidan shunchaki irg‘itib yuborish yo`li bilan qaytarishga to‘g‘ri keladi. Pastdan beriladigan barcha zarbalar sportchining zarba beradigan qo`li yelkasining pastga tushgan holatida bajariladi.


    To‘r yaqinidagi zarbalar. To‘r yaqinidagi zarbalar o‘yin natijasiga katta ta’sir ko‘rsatishi bois, ularni alohida bo`limda ko‘rib chiqishni ma’qul topdik. Aksariyat hollarda aynan to‘r yaqinidagi zarba ochko olib keladi, juftlik va mikst bahslarida esa to‘r yaqinida o‘ynovchi sportchining mahorati g‘alaba uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
    To‘r yaqinidagi aksariyat zarbalar boshqa barcha zarbalardan ikkita muhim jihati bilan ajralib turadi, bular: gavdaning past holatda bo`lishi va yelkaning kerish harakatining bo`lmasligi. Tirsak, panja va bilak ishlaydi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, volan to‘r ustidan qanchalik pastlab uchib o‘tsa, uni qaytaradigan sportchining gavdasi ham shunga mos tarzda past holatda bo`lishi zarur.
    Bajarilishtexnikasiga ko‘ra, to‘r yaqinidagi zarbalar: baland- olis, baland hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa bo`ladi (42-rasm). Ushbu barcha. zarbalar uchun xos bo`lgan umumiy jihat - vaqtning kamligi.
    To‘r-volan uchun kurashning oldingi chizig`i bo`lib, ungacha volan orqa chiziqqa nisbatan tezroq yetib keladi. Shu bois, to‘r yaqinidagi o‘yin texnikasi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
    Baland-olis, baland hujumkor zarbalar, hattoki yassi va hujumkor (qisqa smesh) zarbalar ham qo`lni keng kerishsiz bajariladi. Asosiysi - panjaning kuchli va tezkor ishlashidir. Aksariyat hollarda ushbu zarbalar uloqtirma zarbalar deb ataladi (hujumkorlari bundan istisno).
    Har doim yodda tuting, agar to‘r yonida zarba berganda volan to‘r yuqori qismidan salgina balandda bo‘lsa, unga yuqoridan pastga qarab hujumkor zarba bergan ma’qul. Shunda raqibga bosim o‘tkaziladi (43-rasm).
    Qisqa zarbalar o‘ziga xos boTib, shartli ravishda “taglik” (podstavka) atamasi bilan nomlanadi. Klassik podstavkada volan to‘r ustidan pastlab uchib o‘tadi va unga parallel ravishda tikkasiga maydonchaga tushadi (44-rasm). Badminton ustalari raketka kallagini shunchaki volanning tagiga qo‘yishmaydi, balki ular, shu bilan birga, panjalari bilan to‘rning yuqori chetiga qarab, ba’zida esa uni yoqalab gorizontal yuza bo‘ylab, xuddi volanni tagidan kesgandek va uni gorizontal o‘qi bo‘ylab aylantiruvchi keskin harakatni ham amalga oshirishadi. Mazkur element to‘g‘ri baja- rilganda volan aylana boshlaydi va raqibning uni qaytarishi nihoyatda mushkullashadi.
    To‘r yaqinidagi qisqa zarba bilan volan uni yoqalab ham yo‘naltirilishi mumkin. Bunda raqib uchun kutilmaganda panja bilan yopiq harakat qilinadi va yutuqli vaziyatga erishiladi. Volan to'rning yuqori qismidan pastroqda turganda ushbu usuldan ko‘proq foydalaniladi.




    Download 0.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: badmintonchilarning sport trenirovkasining umumiy asoslari reja: kirish

    Download 0.59 Mb.