Mavzu: Bahorgi davridagi muz ko’chishlarini va toshqinlarini izga solish. Reja




Download 175.46 Kb.
bet1/2
Sana20.04.2024
Hajmi175.46 Kb.
#203200
  1   2
Bog'liq
Bahorgi davridagi muz ko’chishlarini va toshqinlarini izga solish
tarbiya, 19-26 MUM kurs ish mavzulari, O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari, АЙҚ ва ЭҚ услубий кўрсатма узб янги 4 семетр 2024 LABORATORIYA, 1-mavzu. Kompyuterning texnik va dasturiy ta\'minoti, ERAMIZDAN AVVALGI IV-II ASRLARDA QADIMGI RIMDAGI YO`LLARNING ARXITEKTURA LANDSHAFTI., MUROD, O‘simliklarga qarash va begona o‘tlarga qarshi kurash texnologiyalari, 121191

Mavzu: Bahorgi davridagi muz ko’chishlarini va toshqinlarini izga solish.
Reja:

  1. Erigan qor va muz suvlarini o‘tkazish.

  2. Qor erishi natijasida hosil bo‘ladigan suvni chetlatish.

  3. Toshqinlarini izga solish.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.



Yo‘l poyini saqlash uchun bajarildigan ishlar uning geometrik shaklini saqlashga, yo‘l poyining, yo‘l yoqasi va qiyaliklarining talab etiladigan mustahkamligini va turg’unligini ta’minlashga hamda suvni chetlatuvchi va suv o‘tkazuvchi konstrukstiyalarning doimiy ishchi holatda saqlashga yo‘naltiriladi. Asosiy e’tibor noqulay grunt va gidrogeologik sharoitga ega bo‘lgan, ko‘pchish mavjud bo‘lgan va rivojlangan, botqoqliklar va suniy sug’oriladigan sharoitida joylashgan yo‘l bo‘laklariga qaratilishi zarur.
Yo‘l poyini yil fasllari davomida saqlashning asosiy vazifalari quyidagicha: bahor davrida – yo‘l poyining o‘ta namlangan gruntlaridan qor va grunt suvlarini chiqarib tashlash; yozgi davrda – yo‘l yoqasi, qiyaliklar va suvni chetlatish konstrukstiyalarini tozalash va ulardagi nuqsonlarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar bajariladi; kuzgi davrda – yo‘l poyining atmosfera yog’inlari bilan o‘ta namlanishini oldini olish, ular ta’sirida yo‘l poyida yig’ilgan namlikning eng kichik qiymatta bo‘lishini ta’minlash.
Erigan qor va muz suvlarini o‘tkazishni ta’minlash uchun novlar, qabul qiluvchu quduqlar, quvurlarning og’zi, drenajlar, drenajlarning qiyaliklardagi suv chiqadigan joylari va voronkalar, yon ariqlar va boshqa suvni chetlatish inshootlari qor va muzdan tozalanadi. Yon ariqlar avtogreyderning maxsus kyuvet tiklagichi yordamida butun kesimi bo‘yicha yoki qo‘l mexnati bilan eni 0,7 m, ariqning butun chuqurligi bo‘yicha qordan tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlarning tuyniklarini berkitib turgan to‘siqlar olib tashlanib, ko‘prik osti va quvur ichining eni bo‘yicha, uzunligi bo‘yicha esa suniy inshootdan yuqori va quyida 30 m masofada muz va qordan tozalanadi.
Agar yo‘l yoqasida tezda tozalashning iloji bo‘lmagan darajada qor uyumi yig’ilgan bo‘lsa, ushbu qor uyimida yo‘lning uzunligi bo‘yicha har 30…50 m masofada eni 0,5…0,7 m qilib yo‘l yoqasining yuzasigacha qordan tozalanadi. Bu qor erishi natijasida hosil bo‘lgan suvning qatnov qismida to‘planishini oldini oladi va uning yo‘l yuzasidan tez oqib ketishini ta’minlaydi.

Qor erishi natijasida hosil bo‘ladigan suvni chetlatish sxemalari: a — yo‘l poyi va kyuvetlarni qordan to‘liq tozalash; b — kyuvet bo‘ylab qordan yo‘l ochish; v, g — qordan bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘l ochish; 1 — qor uyumi; 2 — bo‘ylama ochilgan yo‘l; 3 — ko‘ndalang ochilgan yo‘lkacha.
Bahorgi havoning isishi boshlanishi bilan yo‘lda ko‘pchish alomatlarini vaqtida aniqlash uchun puxta nazorat o‘rnatilishi zarur. Birinchi alomat – bo‘ylama va ko‘ndalang yoriqlar paydo bo‘lgan alohida joylar yuzaga kelishi. Ko‘pchishni oldini oladigan yoki uni ta’sirini maksimal kamaytiradigan muhim tadbir bu mustahkamlangan yo‘l yoqasida qurituvchi drenajlar qazish hissoblanadi. Eni 0,25…0,50 m va chuqurligi tagidagi qum qatlami bilan yo‘l to‘shamasi qalinligiga teng qilib, ko‘pchish mavjud yo‘l bo‘lagining har bir tomondan bir biridan 4…8 m masofada drenajlar qaziladi. Ularning quyi qismiga qiyalik tomonga 40…50 ‰ nishablik beriladi. Issiq havo uriladigan va quyosh nurining to‘g’ridan-to‘gri ta’siriga uchragan drenajlarning qiyaliklardagi ochiq joylari yo‘l poyida yig’ilgan muz suvlarni eritib ularni chetlatishga yordam beradi.
Ko‘pchish alomatlari yuzaga kelganda qoplamani buzilishdan saqlash zarur. Buning uchun ko‘pchigan yo‘l bo‘lagida qoplama yuzasiga qozonxona shlakidan, muzlamaydigan quruq qumdan yoki shag’al qum aralashmasidan qalinligi 10... 15 sm bo‘lgan “yostiqcha” qilinadi. “Yostiqcha” ustiga yog’och qalqonlar yoki g’ildirak iziga qoplama yotqiziladi. Ko‘pchishga qarshi kurash yo‘l poyi to‘liq erib, qurigandan so‘ng to‘htatiladi. Qatnov qismiga to‘shalgan qalqonlar, shlak va qumlar tozalanib, yo‘l yoqasidan suvni chetlatish maqsadida qazilgan joylar o‘ldiriladi. Grunt quriganidan so‘ng qazilgan joylar shag’al yoki chaqiqtosh bilan to‘ldirilib me’yorlar talabi darajasigacha zichlanadi. Ko‘pchishga moyil yo‘l bo‘laklarida ko‘pchish sabablarini bartaraf qilish zarur. Aks holda keying yilda ko‘pchish yana yuzaga kelib yana oldini olish chora tadbirlariga zaruriyat tug’uladi. O‘ta namlangan gruntlardan suvni chetlatish uchun geotekstildan drenajlovchi filtr sifatida foydalanish mumkin, bunda yo‘l poyidagi va qudan qilinga asosdagi shimilgan suv ushbu filtr orqali qiyalikka chiqadi yoki yo‘l poyini quritadi.

Geotekstildan qilingan drenajlovchi filtrlar Filtrlar geotekstildan qobiq ko‘rinishida, diametric 15… 20 sm, uzunligi 1… 3 m, ichi geotekstil chiqindilari bilan zich qilib to‘ldirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Ular yo‘l to‘shamasining butun chuqurligi bo‘yicha qazilgan transheyalarga, filtrning bir tomonini qiyalikka chiqariladi va grunt bilan qoplanadi. Filtrlar orasidagi masofa 5… 10 m ni tashkil qiladi. Filtrlarni joylashtirish natijasida qoplamada yuzaga kelgan buzulish va deformastiyalar to‘girlanadi.
Bahorning ohirida yo‘l poyidagi buzilishlar to‘g’irlanadi: o‘yilib ketgan joylar to‘ldiriladi, yo‘l yoqasining qirg’oqlari to‘g’irlanadi, o‘yma va ko‘tarmalar qiyaliklari yuvilib oqib tushgan gruntlardan tozalanadi, qiyaliklarning emirilgan va yuvilgan qismlari to‘ldirilib mustahkamlanadi. Yozgi davrda yo‘l yoqasi, qiyaliklar va suvni chetlatish tizimlarida qarov ishlari bajarilib, ulardagi kichik deformastiya va buzulishlar bartaraf etiladi: yo‘l yoqasi, ajratuvchi tasma va suvni chetlatish tizimlari axlat va begona jismlardan tozalanib, yovvoyi mayslar o‘riladi va butalar kesiladi. Suvni chetlatish tizimlarini yozgi saqlash ishlarini suvni chetlatuvchi ariqlarning alohida bo‘laklarini 5 ‰ dan kam bo‘lmagan nishablikni ta’minlagan holda tozalash, buzilishga uchlargan alohida bo‘laklar mustahkamligini tiklsh, drenaj konstrukstiyalarining quyi qismlarini tozalash va ta’mirlash ishlari tashkil etadi. Kuzgi davrda yo‘l poyinig keying yil bahor davrida o‘ta namlanishini oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Suvni chetlatuvchi ariqlar, suv o‘tkazuvchi konstrukstiyalar va drenajlarning quyi qismlarini bahorgi davrda eng yuqor o‘tkazuvchanlikka tayyorlash uchun tizimli ravishda begona jismlar va ahlatdan tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlar tuynuklari inshoot ichiga qor tushmasligi uchun qalqonlar bilan berkitiladi. Mustahkamlanmagan yo‘l yoqasida izlar va yig’ilgan suvlarni yo‘qotish uchun tekislash ishlari bajariladi. Avtogreyder yordamida qor yig’iladigan bo‘laklarda qiyaliklar va ariqlar yaxshilab to‘g’irlanadi. Agar yo‘l uchun ajratilgan mintaqada aylanma yoki vaqtinchalik yo‘llar bo‘lsa ularni davriy ravishda profillash yo‘li bilan ishchi holatda ushlab turish zarur.
Xulosa.
Erigan qor va muz suvlarini o‘tkazishni ta’minlash uchun novlar, qabul qiluvchu quduqlar, quvurlarning og’zi, drenajlar, drenajlarning qiyaliklardagi suv chiqadigan joylari va voronkalar, yon ariqlar va boshqa suvni chetlatish inshootlari qor va muzdan tozalanadi. Yon ariqlar avtogreyderning maxsus kyuvet tiklagichi yordamida butun kesimi bo‘yicha yoki qo‘l mexnati bilan eni 0,7 m, ariqning butun chuqurligi bo‘yicha qordan tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlarning tuyniklarini berkitib turgan to‘siqlar olib tashlanib, ko‘prik osti va quvur ichining eni bo‘yicha, uzunligi bo‘yicha esa suniy inshootdan yuqori va quyida 30 m masofada muz va qordan tozalanadi.


Download 175.46 Kb.
  1   2




Download 175.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bahorgi davridagi muz ko’chishlarini va toshqinlarini izga solish. Reja

Download 175.46 Kb.