• BINOLARGA TA’SIR QILADIGAN TASHQI TA’SIRLAR
  • BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI BINOLARNING TUZILISHI




    Download 80 Kb.
    bet3/4
    Sana20.10.2023
    Hajmi80 Kb.
    #88876
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Binova va inshootlar
    «mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari», 1479-Текст статьи-4125-1-10-20200627, 12332132323, Fayl6, 8-sinf chizmachilik, 11-sinf test, 1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nur, Asomiddin 4-5-6 amaliy topshiriqlari, Jo\'rayev Asom, 64-69, vZUeNWhig1ID3i5OtuRz2IdUGaCmtQ6FOeHNWPYs, pivo rasim, English for Mathematics, Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit
    BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI BINOLARNING TUZILISHI
    Texnik tomondan muvofiqligi, ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirlar (past yoki yuqori harorat, yog'ingarchilik, shamol va h.k.)dan to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo'lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi lozim.
    Bino ko‘rinishi me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, uning tashqi (eksterper) va ichki (interper) ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrof-muhit bilan uyg'unlashgan bo'lishi kerak. Iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtni tejash ko'zda tutiladi.. \


    BINOLARGA TA’SIR QILADIGAN TASHQI TA’SIRLAR
    Yuqorida ta’riflangan bino konstruksiyalariga bir necha xil tashqi va ichki kuchlar ta’sir etadi, ularning ta’riflari quyidagilardan iborat:
    Tashqi kuchlar — bino elementlari (qismlari)ning xususiy og'irligi, shamolning ta’sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalaming tasodifiy buzilishi natijasidagi ta’sirlar va boshq; Atrof-muhit ta’siri — tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta’siri (qurilish ashyolarining xususiyatlarini o'zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta’siri (xona ichidagi mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta’siri (qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta’siri (konstruksiyaning yemirilishiga va buzilishiga olib keladi), biologik ta’sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta’siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi. Inshoot va binolarga ta’sir etadigan yuklar Inshoot va binolarga ta’sir etadigan yuklar kelib chiqish sababiga ko'ra asosan ikki guruhga bo'linadi.
    Tabiiy yuklar. Sun’iy yuklar. Tabiiy yuklamalar o'zgaruvchan atrof-muhitga bog'liq bo'Iib, uchga bo'linadi: Meteorologik. Gravitatsion. Zilzilaviy. Yuklar ta’siriga qarab quyidagicha bo'lishi mumkin: doimiy va vaqtincha;
    doimiy-tabiiy (binoning asosiy qismlarining vazni);
    Yerning bosimi. Vaqtincha yuklar uzoq muddatli, qisqa muddatli va o'ziga xos yuklaiga bo'linadi: uzoq muddatli yuklar: binoning ichidagi texnik jihozlar;
    qisqa muddatli yuklamalar: odamlar vazni, saqlanadigan yuk,
    harakatdagi transport, qor va muz bilan qoplanish, shamol kuchi; o'ziga xos yuklar: yer strukturasining buzilishiga bog'liq. Qor yuki. Qor yuki ko'p hollarda inshootlami avariya holatiga olib keladi. Qor yuklari gidromet xizmati yordamida tog'li rayon, notekis joylarda
    awaldan aniqlanadi. Respublikamizda qor, yomg'ir ma'Ium sharoitlarga bog'liq bo'lib, ulaming binolarga ta’siri me’yoriy ko'rsatkichlarda keltirilgan. Ularning ta’sirlari, asosan, bino va inshootlar konst ruksiyalarini loyihalash hamda hisoblashda alohida yuk sifatida inobatga olinadi. Shamol ta’siri. Dovul shamollari ko'pchilik muhandislik qurilmalarining
    vayron bo'lishiga sabab bo'ladi. Bino va inshootlarning shakli — ularning balandligiga qarab aerodinamik samarasi har xil bo'ladi. Bino tomi ikki nishabli bo'lsa, shamol keladigan tomoni ko'tarilishi mumkin. Binoning tomi yengil material bilan yopilganida esayotgan shamol kuchi uni og'irligidan ko'p kuch hosil qilib ko'tarib yuborishi mumkin. Binokor ustalar hamisha buni nazarda tutishlari lozim. Zilzila kuchi — zilzila paytida tebranishning binolarga ta’siri. Zilzila ko'plab vayronalaiga sabab bo'ladi. Shu sababli zilzila bo'ladigan hududlarda maxsus choralarni ko'rish kerak, qo'llanmaning oxirgi boblarida bu haqda to'liq m a’lumot berilgan.
    Konstruksiyalarni hisoblashda yuklar klassifikatsiyasi Inshootga ta’sir etadigan har qanday tashqi kuchlar yuklar (nagruzkalar) deb ataladi. Yuklar ta’sir etish xarakteri, ta’sir etish ko'rinishi, ta’sir etish usuli, ta’sir etish joyiga qarab turli xillarga bo'linadi (klassifikatsiyalanadi). Yuklar qo'yilish vaqtining davomiyligiga qarab statik va dinamik yuklarga bo'linadi. Statik yuklar inshoot yoki uning elementlariga shunchalik ohista qo'yiladiki, natijada elementlarda hosil bo'ladigan tezlanishlarning qiymatini hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, statik yuklar ta’sirida inshootda tebranish yo uyg'onmaydi, yoki uyg'onsa ham juda kichik bo'ladi.
    Dinamikyuklar ta’sirida inshoot va uning elementlarida tezlanish uyg'onadi, bu esa o'z navbatida tebranishlaming vujudga kelishiga sababchi bo'ladi. Ta’sir etish ko‘rinishiga qarab yuklar doimiy va muvaqqat (vaqtincha) bo'lishi mumkin. Muvaqqat yuklaming o‘zi o ‘z navbatida, uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus yuklarga bo'linadi. Doimiy yuk inshootning xizmat qilish muddati mobaynida o‘z qiymati va yo'nalishini o‘zgartirmagan holda mutassil ta’sir etib turadi. Bunga inshootning xususiy og'irligi, tuproq va suv bosimi kabilar misol bo'la oladi. Uzoq muddatli muvaqqat yuklarga uzoq vaqt xizmat qiladigan turli jihozlar (masalan kutubxonalardagi kitoblar), omonat pardevorlar va boshq.
    kiradi. Qisqa muddatli muvaqqat yuklar toifasiga shamol, iqlimiy harorat
    ta’siri, shuningdek qor, odamlar va mebellarning og‘irligi kabilar kiradi.
    Zilzila va portlash ta’sirlari, gruntlaming notekis cho'kishi maxsus muvaqqat
    yuklarga kiradi.
    Ta’sir etish usuliga ko‘ra yuklar birkarrali, takroriy-o‘zgaruvchan va
    harakatlanuvehan xillarga bo‘linadi. Birkarrali yuklarga inshootga noldan
    to oxirgi qiymatiga qadar bir varakayiga qo‘yiladigan kuchlar sistemasi
    kiradi. Takroriy o ‘zgaruvchi yuklar inshootga ta’sir etayotgan kuchlar
    sistemasining bir tashkiliy qismidirki, bu qism sistemadagi boshqa kuchlaiga
    bog'lanmagan holda o‘zining miqdor va yo'nalishini o'zgartira oladi.
    Masalan, shamol inshootga boshqa kuchlardan mustasno ravishda istalgan
    yo'nalishda va qiymatda ta’sir eta oladi. Inshootga ta’sir etadigan har
    qanday transport vositalari harakatlanuvchiyuklarga misol bo'la oladi.
    Ta’sir etish joyiga ko'ra yuklar bir nuqtaga to‘plangan (yig'iq), uzunlik
    yoki yuza bo'ylab yoyilgan (yoyiq) hamda hajmiy yuklarga bo'linadi.
    T a’kidlab o'tish joizki, real hollarda yukni bir nuqtaga to'plab
    bo'lmaydi. Aslida yuk m a’lum yuzachaga ta’sir etadi. Agar yuzachaning
    o'lchamlari konstruksiya elementlarining o'lchamlariga nisbatan kichik
    bo'lsa, ma’lum xatoliklarga yo'l qo'ygan holda, yuk yuzachaning og'irlik
    markaziga qo'yilgan, deb qabul qilinadi.
    Jism sirtiga ta’sir etuvchi yuklardan tashqari uning hajmi bo'ylab ta’sir
    etuvchi kuchlar ham bo'ladi. Jismning xususiy og'irligi, inersiya va
    magnetizm kuchlari ana shularjumlasidandir. Hisobjarayonidaular ham
    jism hajmining m a’lum nuqtasiga to'planadi. Sanab o'tilgan yuklar
    klassifikatsiyasi sxema ko'rinishida berilgan (1.1- rasm).
    Ko'rib o'tilgan tashqi yuklardan tashqari inshootlarga ta’sir etadigan
    boshqa ta’sirlar ham mavjud. Masalan, harorat o'zgarganda element
    deformatsiyalanadi, demak unda qo'shimcha ichki kuchlar paydo bo'ladi.
    Inshootlar uchun zilzila kuchlari ta’siri ham xatarlidir.

    ZAMONAVIY QURILISHLARDA MEHNAT MUHOFAZASINI O'RNI.


    Bizning davlatimizda ishchi va xizmatchilarning mehnat jarayonida sog'liqini saqlash ya'ni kasbiy kasalliklar va tasodifiy jarohatlanish kabi baxtsiz hodisalarni oldini olish davlat nazorati ostiga olingan.
    Mustaqil O'zbekiston Respublikasining 1992 - yil 8 - dekabrda qabul qilingan.
    Konstitusiyasida O'zbekiston Fuqorolariga o'zlariga ma'qul va jamiyatga foydali bo'lgan mexnat bilan shug'ullanish xunar o'rganish, ilm olish, ijod qilish, dam olish, sog'liqni muhofaza qilish va boshqa huquqlar kafolatlangan.
    Hukumatimiz qonunlaridan yana biri O'zbekiston Respublikasining "Mexnat Kodeksi"dir. Bunda mexnat muxofazasiga taalluqli barcha masalalar qonun asosida tasdiqlangan.
    1996 - yil 1 - apreldan buyon amalda qo'llanib kelinayotganyana bir qonun O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksidir. Bunda mexnatkashlarning sog'ligi va mexnatini muxofaza qilish maqsadida ma'muriy huquqbuzarliklarga nisbatan majburiy javobgarlik jazo choralari tayinlangan.
    Bu qonunlar ishchi va xizmatchilarni ish jarayonida xavfsizliklarini muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini sanitariya va xavfsizlik talablariga javob bera oladigan saviyada ta'minlanishini nazorat qilishga xizmat qiladi. Bu qonunlar ishchilarning mehnatini muhofaza qiladi.
    Sanoat korxonalari va fuqaro binolarini loyihalash, qurish va ularni foydalanishda
    albatta mexnat muxofazasi tartib - qoidalariga rioya qilinmog'i shart. Loyihalarda qurilish
    jarayonidagi mexnat xavfsizligi to'la ta'minlanmagan bo'lsa, bunday loyihalar ishlab chiqarishga ruxsat etilmaydi va qurilayotgan biror sanoat korxonasi yoki jamoat binolari qurilishda inson salomatligi xavfsizlik qoida va me'yorlarida ko'rsatilganidek ta'minlanmagan bo'lsa, bunday binolar ham foydalanishga qabul qilinmaydi.
    Yuqoridagi qonunlardan tashqari qurilishda mexnat muxofazasini boshqaradigan bir qator xavfsizlik me'yorlari mavjudki, ularga quyidagilar misol bo'la oladi:
    - San Pin 0029-94-Radiatsiya xavfsizligi bo'yicha sanitariya qoidalari va me'yorlari;
    - Mexnat muxofazasini boshqarish qoidalari (qurilish sanoati va qurilish - montaj
    tashkilotlarida mexnat xavfsizligi xizmati haqida umumiy qoidalar);
    - Xotin - qizlar, yoshlar va ish faoliyati sust bo'lgan shaxslar mexnatini maxsus muxofazasi haqida qoida va me'yorlar;
    - Mexnat muxofazasi borasida davlat jamoa nazorati tashkilotlari faoliyatini
    boshqaradigan qoidalar (Davlat tog' - texnik nazorati qo'mitasi - Gosgortexnadzor);
    - Mexnat muxofazasiga taalluqli qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik va h.k.



    Download 80 Kb.
    1   2   3   4




    Download 80 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI BINOLARNING TUZILISHI

    Download 80 Kb.