• Tayanch tushunchalar
  • Mavzu. Blokcheyn texnologiyasi




    Download 406.73 Kb.
    bet1/6
    Sana18.01.2024
    Hajmi406.73 Kb.
    #140096
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    blokchayn
    Qizlar jurnali, Bug, 3 04 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sirtqi 5 6 sem 2022, VIRTUAL BORLIQ VA UNING XUSUSIYATLARI, Namuna tarjimayi hol

    MAVZU. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI
    Reja:

    1. Blokcheyn texnologiyasi va uning asosiy komponentlari.

    2. Blokcheyn texnologiyasining ishlash prinsiplari.

    3. Blokcheyn texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari.

    4. Kriptovalyuta va bitkoin.

    Tayanch tushunchalar: Blokcheyn texnologiyasi, tranzaksiya, bitkoin, bitkoin-adres, kriptovalyuta.
    Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish sohalarini tasavvur ham qila olmaydi.
    Blokcheyn – jamiyat va iqtisodiyotni batamom transformatsiya qiluvchi, bir qancha biznes modellarni tubdan o‘zgartiruvchi va bularning natijasida ilmiy texnik yangilik sifatida ishonchni hayotga olib kiruvchi raqamli innovatsion texnologiyadir. Ishonch mavjud bo‘lgani uchun ommaviy axborot vositalariga bosim ancha kamayadi, ko‘pchilik korxona va tashkilotlar blokcheyn texnologiyalari bilan ta’minlanadilar, blokcheyndan foydalanadigan loyihalar soni esa ko‘payadi, investorlar buni tushungan xolda o‘z kuch-g‘ayratlarini bunday texnologiyalarni rivojlantirishga qaratadilar. Natijada biz ham blokcheyn texnologiyalari tufayli dunyoga ishonch nuqtai-nazaridan qaray boshlaymiz va bizga blokcheyn texnologiyalari ozodlik va ishonch bahsh etadi.Bu atamaning ma’nosini tushunish uchun quyida uning turli xildagi nuqtai-nazar va yondoshuvlardan kelib chiqqan aniqlanuvlarini beramiz, bu uni yanada to‘liqroq tushunishga imkon beradi:
    Blokcheyn – bu butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan kompyuterlarda joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal (grossbux) bo‘lib, unga har bir inson yozuvlar qo‘shishi va uni istalgan vaqtda o‘qishi mumkin.
    Blokcheyn – bu markaziy boshqaruv organiga ega bo‘lmagan xolda ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o‘zgartirish imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir.
    Blokcheyntranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini (raqamli konveerni) anglatadi.

    Download 406.73 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 406.73 Kb.