• Universallik
  • Firibgarlik
  • Kriptovalyuta va bitkoin “Bitkoin
  • Blokcheyn texnologiyasining afzalliklari




    Download 406,73 Kb.
    bet5/6
    Sana18.01.2024
    Hajmi406,73 Kb.
    #140096
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    blokchayn
    Qizlar jurnali, Bug, 3 04 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sirtqi 5 6 sem 2022, VIRTUAL BORLIQ VA UNING XUSUSIYATLARI, Namuna tarjimayi hol
    Blokcheyn texnologiyasining afzalliklari:

    • Markazsizlanganlik - tarmoq ishtirokchilari o‘zaro teng va to‘g‘ridan- to‘g‘ri ma’lumot alamasha oladi;

    • Ishonchlilik - ma’lumotlarni almashtirish va xakerlar hujumi imkonsiz, chunki maxsus shifrlangan kalitlar ishlatiladi;

    • Shaffoflik - barcha bloklar ommaviy ko‘rish uchun ochiqdir. Har qanday tranzaksiya uchun o‘tgan yo‘lini tekshirish mumkin;

    • Universallik - blokcheyn nafaqat moliyaviy sektorda, turmushning boshqa sohalarida (yurisprudensiya, ko‘chmas mulk) qo‘llanilishi mumkin.

    Blokcheyn texnologiyasining kamchiliklari:
    Masshtablilik - agar Bitkoin blokcheyniga Viza tranzaksiyalarining bir ulushi to‘g‘ri kelganda edi, uning o‘lchami yuzlab terabaytlarga yetardi.
    Firibgarlik - blokcheyn ma’lumotlarini uzatish qaytarilmas ravishda sodir bo‘ladi. Shu sababli amaliyotni orqaga qaytarish imkonsiz, u hatto adashib qilinganda ham.
    Hujum 51% - agar Bitkoin blokcheynida hisoblash quvvatlarining 51%i bitta qurilmaga qarashli bo‘lsa, u holda yaxlitlik buziladi.
    Kriptovalyuta va bitkoin
    Bitkoin” atamasi ikki ingliz so‘zlarining qisqartmasidan iborat: bit – ikkilik sanoq tizimidagi informatsiya birligi va coin – tanga. Yana bosha bir tarafdan, bitkoin internet tarmog‘ining protokolini hamda ushbu to‘lov tizimida ishlatiladigan hisob birligini anglatadi.
    Bitkoin blokcheyni ochiq va erkin texnologiya bo‘lib, bir rangli (per-to-peer yoki P2P) tarmoqda markaziy hokimiyatsiz (moliyaviy organlar ishtirokisiz) faoliyat ko‘rsatadi. Bu texnologiya har bir tranzaktsiyani vaqti va sanasini hisobga olgan holda katta buxgalteriya kitobi (ledger)ga yozib qo‘ygan holda bitkoin yoki BTC ob’ektlarini o‘zaro almashinishga imkon beradi va ushbu elektron kitobda hech nimani o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi. Tranzaktsiyalarni boshqarish va bitkoinlar hosil qilish tarmoqda jamoaviy ravishda amalga oshiriladi va ushbu boshqaruvning tuzilishi ochiqdir. Bitkoin bloklari zanjiriga hech kim ega bo‘la olmaydi va uni hech kim boshqara olmaydi ham. Ammo istalgan shaxs unga qo‘shilib olishi mumkin. Bitkoin o‘zining bir qancha unikal hossalari tufayli, zamonaviy to‘lov tizimlari amalga oshirib bera olmaydigan bir qancha imkoniyatlarning amalga oshirilishini ta’minlab beradi. Boshqa turdagi valyutalardan farqli-o‘lariq, bitkoin-valyuta qandaydir davlat organini, bankni yoki biror-bir kompaniyani o‘zida mujassam qila olmaydi. Unda har bir bitkoin o‘zi yaratilganidan boshlab ishtirok etgan barcha amallar vositasida hisob-kitob jurnalida qayd qilinadi.
    Rauggnit kompaniyasi bosh direktori P’yer Nuazaning ta’kidlashicha:
    Bitkoin bu internetdagi raqamli valyuta ko‘rinishidagi naqd pul birligi bo‘lib, to‘lovlarni avtoritetli uchinchi tomonsiz amalga oshirish imkonini beradi. An’anaviy valyuta turlaridan farqli o‘laroq, bitkoin programmalashtiriladigan valyutalar sirasiga kiradi va u markaziy banklarsiz ishlaydi Agarda sizda bitkoin hamyoni bo‘lsa, siz o‘zingiz bank sifatida faoliyat ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi”.
    Bitkoinning blokcheyni kriptografik protocol asosida ishlaydi va quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: Bir tomondan, kriptovalyutalar ko‘rinishidagi raqamli valyutalar paydo bo‘lishi uchun to‘siq bo‘lib kelayotgan “ikki marta sarf” masalasini hal qilib beradi (ya’ni, S sub’ektga ham parallel ravishda nimadir berilmaganiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina, A sub’ekt B sub’ektga nimadir beradi). Boshqa tomondan, ikki tomonning identifikatorlarini qalbakilashtirish mumkin emasligini hamda elektron hamyonlardagi bitkoinlarning qiymati o‘zgarmasligini kafolatlaydi. Bitkoin blokcheyning ishlashini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin (13.2-rasm):

    13.2-rasm. Bitkoin blokcheyning ishlashini sxematik ko‘rinishi
    Bitkoin blokcheynining ishlash jarayonini quyidagi to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin:
    1. Ikki tomon amal haqida kelishib oladilar;
    2. Blokcheyn yordamida ushbu amal shifrlanadi va konsensus (bajarilgan ishning tasdiqlanishi/mayning) asosida tasdiqlanadi;
    3. Keyin esa amal blokcheynga yozib qo‘yiladi va so‘ngra blokcheynning oxirgi blokida bloklatirilib qo‘yiladi;
    4. Oxirgi bosqichda bloklar zanjiri tarmoq ishtirokchilarining barcha tugunlariga yozib quyiladilar (replikatsiya).
    Agarda siz bitkoin sotib olmoqchi bo‘lsangiz, uch qadamdan iborat ishni bajarishingiz kerak bo‘ladi:
    Birinchi qadam: hisob raqami ochish va ushbu hisob raqamiga biror bir valyutani bitkoinga almashtirish uchun bank o‘tkazmasi qilish. Bank o‘tkazmasi uchun kerakli vaqt o‘tganidan so‘ng, hisob raqamida sizga kerakli bo‘lgan pul paydo bo‘ladi;
    Ikkinchi qadam: Bozorda bitkoin sotuvchilari tomonidan taklif qilinayotgan bitkoinlarning narxlari bo‘lgan talablar kitobi (“kotirovka”) ni ko‘rib chiqish;
    Uchinchi qadam: Endi bitkoinlar sotib olish uchun talabingizni chegaraviy narxini ko‘rsatgan holda kerakli joyga joylashtiring. Agarda sizning chegaraviy narxingiz bozor narxidan past bo‘lsa, sizga ushbu narxda bitkoin sotadigan sotuvchi topilmaguncha talabingiz bajarilmaydi. Qachonki sizning ko‘rsatgan narxingizga bitkoin sotishga kimdir rozi bo‘lsagina, siz bitkoin egasi bo‘lasiz”.
    Bitkoin sotib olish uchun valyuta almashinuv punktlaridan tashqari, yana bir qancha imkoniyatlar ham mavjud, shu jumladan, deponirlaydigan platformalar, bir tomonlama savdo shahobchalari va avtomatlardagi almashinuv punktlari. Nazariy jihatdan bitkoinlarni mayning yordamida ham olish mumkin. Ammo bu usul uchun kompyuterga kerakli bo‘lgan dasturiy ta’minotni o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bunday dasturiy ta’minot tekin bo‘ladi, lekin oddiy inson uchun bir qancha qiyinchiliklar mavjud, chunki bu dasturiy ta’minotni o‘rganish, o‘zlashtirish hamda quvvatli kompyuter sotib olish kerak bo‘ladi.

    Download 406,73 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 406,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Blokcheyn texnologiyasining afzalliklari

    Download 406,73 Kb.