Mavzu. Blokcheyn texnologiyasi




Download 406,73 Kb.
bet2/6
Sana18.01.2024
Hajmi406,73 Kb.
#140096
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
blokchayn
Qizlar jurnali, Bug, 3 04 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sirtqi 5 6 sem 2022, VIRTUAL BORLIQ VA UNING XUSUSIYATLARI, Namuna tarjimayi hol
Blokcheyn – bu jamoaviy kelishuv va taqsimlangan buxgalteriya kitobi yoki jurnal algoritmi vositasida barcha ishtirokchilar orasida ishonch, javobgarlik va shaffoflikni ta’minlab beradigan texnologiya bo‘lib, tranzaksion dasturlarning yangi avlodini ishlatadi.
Blokcheyn – bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo‘lib, internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to‘liq foydalanadi. Ushbu taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini o‘zgartirib yoki yo‘qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv, xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari (tugunlar) orasidagi o‘zaro ishonch (konsensus) asosida ma’lumotlarni falsifikatsiya qilishdan himoyalangan.
Blokcheyn – bu tranzaksiyalarning taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, uni juda katta va markazlashmagan «grossbux» bilan solishtirish mumkin. Unda internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda himoyalanganlar va avtonom ravishda saqlanadilar. Ammo bu jarayonlarni nazorat qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv, xronologik tartibda tuzilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan ishonch (konsensus) asosida falsifikatsiyadan himoyalangan. Tarmoqning har bir ishtirokchisi kvazireal muhitda «grossbuk»ning aktual nushasiga ega bo‘ladi va uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb xulosa chiqarishimiz mumkin:

  • Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi.

  • Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir.

  • Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir.

Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz:

  • Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr bo‘ladi.

  • Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish – blokcheyn hech qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin qolmaydi.

  • Konsensus: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan tashkilotning qarori emas.

  • O‘zgarmaslik va doimiylik: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish mumkin emas.

  • Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik: ma’lumotlar, amallar va konsensus bir-biridan ajratilgan.


Download 406,73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 406,73 Kb.