Blokcheyn texnologiyasining ishlash prinsiplari




Download 406,73 Kb.
bet3/6
Sana18.01.2024
Hajmi406,73 Kb.
#140096
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
blokchayn
Qizlar jurnali, Bug, 3 04 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash sirtqi 5 6 sem 2022, VIRTUAL BORLIQ VA UNING XUSUSIYATLARI, Namuna tarjimayi hol
Blokcheyn texnologiyasining ishlash prinsiplari
Blokcheynning ishlashini to‘rt bosqichga bo‘lgan xolda o‘rganib chiqamiz:
1-bosqich: Ikki ishtirokchi tranzaksiya shartlarini kelishib oladilar (masalan, pulni uzatish jarayoni, aktivlar, moliyaviy xujjatlar va xokazolar).
2-bosqich: Jurnal tarmoq a’zolari tomonidan «skaner»lanadi. Ushbu jurnalning xronologiyasini taxlil qilish asosida tarmoq a’zolari sotuvchining haqiqatan ham e’lon qilingan aktivlarga yoki fondlarga ega ekanligiga ishonch xosil qiladilar.
3-bosqich: Agar barcha ishlar joyida bo‘lsa, u xolda tranzaksiyalar tasdiqlanadi va blok zanjirining oxiriga qo‘shiladi.
4-bosqich: Jurnal barcha tarmoq ishtirokchilariga tarqatiladi. Uning tarqoq xolatdaligi himoyasini ta’minlab beradi. Istalgan tranzaksiyani falsifikatsiya qilish uchun tarmoq (tugun)lari a’zolarining jurnallarini ham o‘zgartirish talab etiladi. Bu esa tabiiyki, mumkin emas. Muhokamaga oydinlik kiritish uchun quyidagi ta’kidlovni keltiramiz: «Bitkoinning blokcheyni birinchi marta bloklar zanjiri sifatida aniqlangan edi. Unda har bir tranzaksiya bloklardan biri bo‘lishi uchun shifrovka qilinadi. Keyingi tranzaksiya ham o‘z navbatida undan oldingi blok asosida shifrlanadi va xokazo – xuddi shu amallar ketma-ketligi bloklar zanjiri tushunchasiga yoki boshqa so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn tushunchasiga olib keldi». Shunday qilib, ishonchli degan statusni olish uchun har bir kelishuv (yoki operatsiya) asimmetrik kriptografiya (ochiq yoki yopiq kalit) yordamida imzolanishi lozim. Shunday qilib, bitkoin turidagi blokcheynda tranzaksiyani amalga oshirish uchun uch xil ma’lumot kerak bo‘ladi:

  • Debet adresining shaxsiy kaliti.

  • Kredit adresining umumiy kaliti.

  • Tranzaksiyaning summasi.

Bitkoin adres ABSM (ASCII - American Standard Code for Information Interchange) yoki ma’lumot almashinish uchun ishlatiladigan amerika standart kodi formatida ifodalangan. Bu kodlashtirish tizimida 58 ta alfavit raqamli simvollar mavjud. Ular raqamlar, katta va kichik harflar bo‘lib, bitkoinni yaratishda Satoshi Nakomoto I, i, O va o larni chiqarib tashlagan, chunki bir qancha shriftlarda ularning ko‘rinishi bir xil ekan. Ilk bora yaratilgan adres esa quyidagicha bo‘lgan:

Download 406,73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 406,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyasining ishlash prinsiplari

Download 406,73 Kb.