Mavzu: Bog`lovchi moddalar. 1 Mund




Download 304,41 Kb.
bet8/10
Sana30.11.2023
Hajmi304,41 Kb.
#108261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sopol buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Taqdimot 2, 4-амалий иш (2), Simsiz tarmoqlar, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “, ReadMe UzLAp Office 2003, Тесты - ПАХТ - Uz - полн, Hisobot namunasi
2.2. Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish

Sopol buyumlarni (asosan turmushda ishlatiladigan idish-tovoqlar, vaza va shu kabilar) ishlab chiqarish miloddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamonlarda paydo bo‗lgan. Ancha keyin cherepitsa, qoplama plitalar va g‗isht kabi sopol qurilish materiallarini tayyorlash boshlangan.

Hozirgi kun qurilishida sopol materiallar va buyumlardan devorlar qurish va

bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, o‗choq va tutun quvurlarini terish, oqova va drenaj quvurlarini qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Sopol buyumlar yasaladigan material sopol ishlab chiqarish texnologiyasida ―sopolak” deb ataladi.



Qurilishbop sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv tavsiflari, sirtining holati va h. bo‗yicha turlanadi.

Konstruktiv tavsiflari va ishlatilishi bo‗yicha sopol materiallar va buyumlar quyidagi guruxlarga bo‗linadi: devorlar uchun (g‗isht, sopolak toshlar, g‗ishtdan qilingan bloklar va panellar); tomlar uchun (ichi kovak toshlar, sopol toshlardan yasalgan to‗sinlar, tom va qoplama panellari); binolar fasadini qoplash uchun (sopol g‗isht va toshlar, fasad plitkalari, gilam sifatidagi sopolak va boshqalar); binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar); tom uchun mo‗ljallangan (shtamplangan pazli va tasmasimon gil cherepitsa, yassi va to‗lqinsimon tasma va boshqalar); oqova va drenaj quvurlari, santexnika buyumlari (chanoq, vanna, hojatxona tuvagi, yuvish idishchalari va boshqalar); kislotabardosh buyumlar (g‗isht, plitkalar, quvurlar); yo‗l materiallari (g‗isht va toshlar); issiqdan himoyalovchi materiallar (g‗ovakli ichi bo‗sh g‗ishtlar va toshlar, perlitli sopol va boshqalar); engil betonlar uchun to‗ldiruvchilar (keramzit, agloporit); olovbardosh buyumlar (g‗isht va shakldor buyumlar).

Sopolakning tuzilishiga ko‗ra sopol buyumlar g‗ovakli va zich xillarga bo‗linadi. G‗ovakli materiallardan yasalgan sopolak singanda xira ko‗rinadi, suvni oson shimib oladi, g‗ovakligi 5% dan ortiq. G‗ovakli sopol buyumlar jumlasiga


27
g‗isht, ichi kovak toshlar, cherepitsa va boshqalar kiradi. Oq yoki bir tekis bo‗yalgan

zich materiallar singanda yaltiroq chig‗anoqsimon ko‗rinadi, g‗ovakligi 5% dan oshmaydi, suyuqlik va gazlarni o‗tkazmaydi. Zich sopol buyumlar ichida pol plitkalari, kislotaga chidamli g‗isht va boshqalarni aytish mumkin. Sopol buyumlar sirlangan va sirlanmagan bo‗lishi mumkin Sir (bo‗yoq) kuydirish yo‗li bilan puxtalab singdirilgan shishasimon qoplamdir. U buyumlarni tashqi ta‘sirlarga chidamli, suv o‗tkazmaydigan va chiroyli manzarali qiladi.



Plastik usulda qoliplash, ya‘ni, buyumlarni plastik gil massalardan presslarda

tayyorlash qurilishbop sopol buyumlar ishlab chiqarishda eng samarali usuldir. Namligi 18-23% qilib tayyorlangan gil massasi tasmali pressning qabul qilish bunkeriga yo‘naltiriladi. Massa shnek yordamida qo‘shimcha aralashtiriladi, zichlanadi va almashinuvchi mushtuk bilan jihozlangan pressning chikish teshigi orqali brus kurinishida sikib chiqariladi. Mushtukni almashtirib, shakli va o‘lchamlari turlicha bo‘lgan brus olish mumkin. Pressdan to‘xtovsiz chiqayotgan brusni tayyorlanayotgan buyumlarning o‘lchamiga muvofiq avtomatik kesish qurilmasi alohida qismlarga qirqib ajratadi. Zamonaviy tasmali presslar vakuum kamera bilan jihozlangan bo‘lib, ularda gil massasidan qisman havo chiqarib yuboriladi. Massa vakuumlanganda uning plastikligi ortadi va qoliplanish namligi kamayadi, xom ashyoni quritish vaqti qiskaradi va bir yo‘la mustahkam bo‘ladi. Bikr usulda qoliplash plastik usulning takomillashgan zamonaviy usuli bo‘lib, xom ashyo (gil) namligi 13–18% atrofida bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik press yordamida 10–20 MPa bosim ostida qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan xom qoliplangan buyum olinadi. Yarim quruq usulda xom ashyo materiallar quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, dezintegratorlar yoki sharli tegirmonlarda maydalanadi, kurakli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Gil kukunning namligi 9– 11% ga teng bo‘lib, u to kerakli namlikka ega bo‘lmaguncha suv yoki bug‘ bilan namlanadi. Bunday usulda har bir buyum alohida yuqori unumli maxsus presslarda

28
qoliplanadi. Bunda gilli aralashmalar qoliplarda 15 MPa gacha bosim ostida ikki



tomonlama presslanadi. Ushbu usulda plastikligi past, kam gilli xom ashyolardan g‘isht va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Yarim quruq usulda qoliplashning plastik usulda qoliplashga nisbatan muhim afzalligi namligi kam (8–12%) gil massasi ishlatiladi, bu esa xom ashyoning qurish vaqtini ancha kiskartiradi. Bu usulda qoplama plitkalar, pol plitkalari va boshqa yupqa, sirti tekis sopol buyumlar ishlab chiqariladi. Quruq usul yarim quruq usulning takomillashgan usuli bo‘lib, presslangan gil 2– 6% namlikka ega bo‘ladi. Bunda gil massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bulmaydi. Bu usulda zich sopol plitkalar, yo‘lak g‘ishtlari va sh. k. tayyorlanadi. Shliker (quyma) usulda gil oldindan maydalab kukun qilinadi, so‘ngra esa suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bunda bir jinsli eritma (shliker) hosil bo‘lishi kerak. Quyish usuli sanitariya-texnika fayans buyumlari (quvurlar, vannalar, issiqlik radiatorlari, alohida biriktirish detallari va x.k.) va kattaroq o‘lchamli qoplama buyumlar (cherepitsa, plita va sh. k.) tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bu usulda namligi 40% gacha bo‘lgan, oldindan maydalangan gil massasi (shliker) maxsus qoliplarga quyiladi. Qoliplangan buyumlarning namligini kamaytirish uchun ularni kuritish zarur, masalan xom g‘isht 8–10% namlikkacha quritiladi. Qurishi hisobiga xom ashyoning mustahkamligi oshadi, pishirish jarayonida darzlar hosil bo‘lishi va shakli o‘zgarishining oldi olinadi. Sopol buyumlar tabiiy va sun‘iy usullarda quritiladi. Tabiiy usulda quritish ayvonlarda amalga oshirilganda yokilgi sarflash talab qilinmaydi, ammo uzoq vaqt (10–15 kun) davom etadi va havoning harorati hamda namligiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, tabiiy usulda quritish uchun keng xonalar talab qilinadi. Hozirgi vaqtda yirik korxonalarda, odatda, buyumlar vaqti-vaqti bilan ishlaydigan kamerali quritgichlarda va uzluksiz ishlaydigan tunnelli quritgichlarda sun‘iy usulda quritiladi. Quritish tartibi buyum turiga qarab tanlanadi. Bunda pishirish xumdonlarining tutun gazlari va maxsus utxonalarda hosil bo‘ladigan gazlardan foydalaniladi. Buyumni quritish muddati 1 kundan 3 kungacha davom etadi. Yupqa buyumlar esa bir necha soatda quritilishi mumkin. Sopol buyumlar ishlab chiqarish texnologik jarayonining hal qiluvchi bosqichi bu buyumlarni pishirishdir. Pishirish 29
jarayonini shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: buyumni qizdirish,

pishirish va sovitish. Buyumni qizdirishda harorat astasekin 100–1200C gacha ko‘tariladi, bunda undan erkin suv chiqarib yuboriladi. Shundan keyin harorat 500– 7500C gacha ko‘tariladi, gilli mineraldagi va xom ashyo aralashmasining boshqa birikmalaridagi organik aralashmalar yonib bitadi va kimyoviy bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat ko‘tarilgan sari giltuproq minerallari parchalanib, kristalli tuzilishi o‘zgaradi va amorf shaklidagi A12O3 va SiO2 hosil bo‘ladi. Harorat 900– 10000C ga etganda oson eriydigan birikmalar eriydi va erimagan zarrachalarni o‘rab oladi, bunda buyumning chiziqli o‘lchamlari kichrayadi va zichlanadi. Yangi kristall moddalar, masalan silimanit (A12O3 SiO2) hosil bo‘ladi. Keyinchalik harorat 1200–13000C ga etganda gil massasi qovushadi, ya‘ni u ―mullet‖ga (3A12O3 2SiO2) aylanadi. Shu bilan bir qatorda sopol massa tarkibidagi tez eriydigan birikma va qo‘shilmalar ham erib, ma‘lum miqdorda suyuq faza hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan eritma sopol massa zarralarini biriktirib, ular orasidagi g‘ovaklarni to‘ldiradi, zarralar bir biriga jipslashib zichligi ortadi. Bu jarayon pishirish deyiladi. Sopol buyumlar xalqasimon, tunnelsimon, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi. Halkasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900–11000C ga teng. Xumdonda to‘liq pishirish jarayoni 3–4 kun davom etadi. Bunday xumdonlarda buyumlarni pishirishda harorat kanal kesimi bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaydi, natijada buyumlarning qandaydir miqdori o‘ta pishib ketadi (ayniqsa g‘ishtlarda). Tunnelsimon xumdon uzunligi 100 m gacha bo‘lgan, boshi va oxiri ochiq kanaldan iborat bo‘lib, unda pishiriladigan buyumlar joylangan vagonchalar temir izlarda xarakatlanadi. Bunday xumdonda xalqasimon xumdondagi kabi alohida bo‘lmalar bo‘lib, ularda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va o‘chokdan chiqarib olish jarayonlari bajariladi. Tunnelsimon xumdonlar gaz yoki ko‘mir bilan isitiladi. Bunday xumdonlarda mahsulotni yuklash va tushirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, shuningdek, pishirish jarayonini avtomatlashtirish oson bo‘ladi. Pishirish jarayoni 18–38 soat davom etadi. Tunnelsimon xumdonlar xalqasimon xumdonlarga nisbatan ancha unumli va tejamli hisoblanadi. Sopol materiallar, jumladan sirlangan qoplama fayans plitkalar ikki 30
marotaba pishiriladi. Birinchi bosqichda pishirishda maxsus qolipga joylashtirilgan

plitkalar tunnel o‘choqlarda 1240–12500C haroratda pishiriladi. So‘ngra sovutilganidan keyin navlarga ajratiladi, sirlanadi, qolipga joylashtiriladi va ikkinchi marta xumdonda 11400C haroratda pishiriladi. Sopol buyumlarni navlash va saqlash. Sopol buyumlar xumdondan chiqarib olingach (pishirib bulingach) navlarga ajratiladi. Buyumlar sifati pishirilish darajasi, tashqi ko‘rinishi, shakli va o‘lchamlari, shuningdek, turli xil nuqsonlari bor-yo‘qligiga qarab aniqlanadi. Buyumlarning navi tashqi ko‘rinishi, shakli va o‘lchamlarining davlat standarti talablariga mos kelishi bo‘yicha belgilanadi. Buyumlar navlarga ajratilganidan keyin omborga yuboriladi va omborda iste‘molchiga junatilgunga qadar saqlanadi. G‘isht va sopol toshlar archa shaklida yoki maxsus tagliklarga terib qo‘yiladi va yarim ochiq yoki ochiq omborlarda saqlanadi. Sanitariya-texnika buyumlari maxsus yashiklarga joylanib, berk omborlarda saqlanadi.

31


Download 304,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 304,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bog`lovchi moddalar. 1 Mund

Download 304,41 Kb.