Mavzu: boshlang'ich maktabni integratsiya qilish reja: Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi




Download 51,28 Kb.
bet1/9
Sana27.06.2024
Hajmi51,28 Kb.
#265951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: BOSHLANG'ICH MAKTABNI INTEGRATSIYA QILISH
REJA:
1. Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish.
2. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi
3. ESTS kredit texnologiyasiga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad
Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish.
Hozirgi kunda boshlang‘ich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida ko‘p gapirilayapti. Bu tushunarli - kichik maktab o‘quvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o‘quv predmetlarini nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talab.
Bu savol qanday yechilishi kerak, uning mohiyati nimada?
Ta’limni integratsiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi. Agar kichik maktab ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirish yetsa, integratsiyanning asosi qilib turli fanlarni o‘rganish obyektlari bo‘lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo‘yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatlarini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha tomondan ko‘rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, so‘z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o‘rnatish ta’limga integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli darslarga tushunchalarga ko‘p marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan, tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «bo‘ron», kabi tushunchalar o„qish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san’at darslarida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning taxlil qilish boshqa o„quv darslarida o‘zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o‘ziga xos o‘tish metodikasiga ega bo‘ladi.
Umumiy ta’limning poydevorining qo‘yadigan boshlang‘ich maktabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunlslik, rus tili, musiqa, tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va metodik asosiy bo‘lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish lozim.
Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Tekshirish davomida o‘quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun, metod, usullarni tanlash.

Download 51,28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 51,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: boshlang'ich maktabni integratsiya qilish reja: Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi

Download 51,28 Kb.